Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


Global iqlim oʻzgarishi va migratsiya


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
Bog'liq
иклим кулланма

Global iqlim oʻzgarishi va migratsiya. Insoniyat tarixida migratsiya har 
doim katta rol oʻynagan. Migratsiya tufayli odamlar butun dunyoda yashash 
joylarini tark etgan. Bu zamonaviy rivojlangan dunyoning madaniy, irqiy, etnik va 
boshqa turli xil xalqlarning shakllanishini belgiladi. Aynan odamlarning yer 
yuzidagi migratsiyasi texnologiyalar, iqtisodiy va madaniy yangiliklar tarqalishiga 
hissa qoʻshdi. Bundan tashqari, har doim katta migratsiyalar harbiy-siyosiy 
fenomen (hodisa) boʻlib, hududlarda ijtimoiy-siyosiy tartibni silkinishiniga olib 
keladi. 
Bugungi kunda migratsiya insonlarning zamonaviy iqtisodiy, ijtimoiy


26 
madaniy va siyosiy rivojlanishiga katta ta’sir koʻrsatmoqda. Agar oldingi 
migratsiyalar 100-yillikda yorqin namoyon boʻlsa, bunday oʻzgarishlarni har kuni 
kuzatish mumkin. Bugunga kelib koʻpchilik uchun kutilmaganda migratsiya yana 
dunyoning eng dolzarb siyosiy muammosiga aylandi. Dunyo aholisining 
demografik portlashi natijasida yuzaga kelgan global vaziyat toʻgʻrisida jamiyat 
ongli ravishda yaxshi anglamagan.
Statistik ma’lumotlarga koʻra, 1950-yildan 2015-yilgacha dunyo aholisi 4,5 
mlrd. kishiga (2,9 barobar) oshdi va oshishni davom etmoqda. Buni “Shimol” va 
“Janub” ning demografik muvozanatining buzilishida koʻrish mumkin. Bu 
migratsiyaning 
tez 
oʻsishiga, 
sayyoramizning 
shimolidagi 
rivojlangan 
mamlakatlarga bosim va xalqaro migrantlarning koʻpayishiga olib keldi. Jahon 
bankining 2013-yilda hisob-kitoblariga koʻra, 2010-yilda migrantlarning butun 
dunyoda soni 247 mln. boʻlsa, 2015-yilda 250 mln.dan oshdi. Kelajakda migratsiya 
bosimi faqat oshadi.
1950-yillarda xalqaro migratsiyaning yoʻnalishiga eʻtibor berilmas edi. 
1960-yildan boshlab janubdan shimolga migratsiya sonini oshib borishini kuzatish 
mumkin. Aynan 1950-yildan 2015-yilgacha janubdan shimolga 100 mln. odam 
koʻchib oʻtdi. Migratsiya bosimi nafaqat global, balki lokal oʻlchovlari boʻlib, 
globalizatsiya natijasida nisbiy geografik yaqinlik omilining ahamiyati sifatida 
saqlanib qoladi. Shimoliy Amerikada hozirgi kunda migratsiya bosimi 
kuzatilmoqda. Bunday bosimning biri Lotin Amerikasi boʻlsa, ikkinchisi 
Yevroosiyo – asosiy migratsiya manba - Osiyo va Afrika mamlakatlari 
hisoblanadi. Rossiya davlatining geografik joylashuvi Osiyo davlatlarining xaqiqiy 
va mutlaq migratsiya bosimiga uchramoqda. 1950-yildan beri 40 mln.dan ortiq 
odam Osiyo mamlakatlaridan chiqib ketdi. BMTning bashoratiga koʻra asr 
oxirigacha 100 mln. dan oshishi mumkin. 
Hozir migratsiyaning asosiy turi – iqtisodiy migratsiya, boshqa davlatlarning 
iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan farqlanadi. 1950-2015-yillarda yuqori daromadli 
mamlakatlar (Jahon banki klassifikatsiyasiga koʻra) 134 mln. muhojirlarni qabul 
qildi, qolgan davlatlar esa migratsiya donorlari boʻlib qoldi. Hozirgi zamon 


27 
migratsiyaning iqtisodiy xarakteri - bu migrantlar tomonidan mamlakatlarga 
oʻtkaziladigan mablagʻlarning chiqishi (transfer) hisoblanadi. Jahon bankining 
hisob-kitobiga koʻra, 1970-yilda qabul qilingan pul oʻtkazmalari atigi 1,9 milliard 
dollar, 1980-yilda 36 milliadr dollar, 1990-yil – 127 milliard va 2014-yilda 580 
milliard dollarni tashkil etdi. 
Iqtisodiy migratsiya bilan birga, odatda ixtiyoriy, har xil ijtimoiy sabablarga 
koʻra majburiy migratsiya mavjud yoki tabiiy ofatlar, urushlar, texnogen falokatlar 
va shunga oʻxshash holatlar migratsiya oqimining koʻpayishiga, muhojirlarning 
qochib ketishiga olib keladi.
Yevrostat ma’lumotiga koʻra, 2015-yilda 1,25 million odamlar yashash 
uchun Yevropa davlatlardan ruxsat soʻradilar. Migrantlar soni koʻpayishni davom 
etmoqda. Chunki nafaqat yuqorida koʻrsatilgan omillar, balki yangi omil boʻlgan 
iqlim oʻzgarishi, dunyo okeanida suvning koʻtarilishi, qurgʻoqchilik va boshqalar 
ham sabab boʻlmoqda.
Iqlim migratsiyasining mexanizmi: 
1.Global iqlim oʻzgarishi; 
2. Xavfli tabiiy ofatlar, atrof-muhit degradatsiyasi masshbatining oʻsishi; 
3. Jismoniy halokat va ijtimoiy-iqtisodiy krizis; 
4. Majburiy yoki ixtiyoriy migratsiya. 
Tabiiy falokatlar iqlim oʻzgarishi orqali yuzaga kelib millionlab odamlar uy-
joysiz qoladi. Barcha tirik organizmlar kabi odamlarni xam ekologik nishasi – 
yashash muhiti mavjud. Lekin inson flora va faunadan koʻra kuchliroq boʻlgani 
sababli oʻz ekologik nishasini kengaytirdi. Ammo iqlim oʻzgarishi va biosferaning 
ifloslanishi odamlarni tabiat qonunlariga itoat qilishga majbur etmoqda.
2050-yilga kelib Sharqiy yevropa va Markaziy Osiyoda 5,1 mln nafargacha 
iqlim muhojirlari paydo boʻlishi mumkin. Bu umumiy prognoz qilinayotgan 
aholining 2,3%ini tashkil qiladi. Ulardan 2,4 mln nafargachasi Markaziy Osiyoda 
yashaydi. Mutaxassislarning taxmin qilishicha, Fargʻona vodiysi (Qirgʻiziston, 
Tojikiston va Oʻzbekiston hududida), Toshkent atrofida va Tojikiston janubidagi 
pasttekisliklar (shu jumladan Dushanbeda), shuningdek, Qozogʻiston shimolidagi 


28 
aholi zich joylashgan shaharlar (Qaragʻanda, Nur-Sulton va Kostanay) iqlim 
muhojirlari zonasiga aylanadi. Bu Markaziy Osiyoning ushbu hududlarida suv 
ta’minoti va ekinlar hosildorligi ortishi kutilayotgani bilan bogʻliq.
Jahon bankining hisobotida, global chiqindilarni kamaytirish hamda yashil, 
inklyuziv va barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash uchun zudlik bilan 
birgalikda choralar koʻrish iqlim migratsiyasini 80%ga kamaytirishi mumkin. 
Mutaxassislar iqlim migratsiyasi ta’sirini kamaytiradigan va kutilayotgan 
migratsiya oqimiga tayyorgarlik koʻradigan bir qator siyosiy tavsiyalarini berdilar: 
➢ Global miqyosda chiqindilarni kamaytirish va haroratga nisbatan Parij 
shartnomasi (atmosferada karbonat angidrid gazini kamaytirish boʻyicha chora-
tadbirlarni tartibga soluvchi BMTning iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi 
konvensiya boʻyicha kelishuv) maqsadlariga erishish uchun barcha choralarni 
koʻrish; 
➢ Ekologik toza, barqaror, inklyuziv rivojlanishni uzoq muddatli rejalashtirishda 
ichki iqlim migratsiyasi omili hisobga olinishi toʻliq ta’minlash; 
➢ Ichki iqlim migratsiyasi moslashish strategiyalaridan biriga aylanishi 
va rivojlanishning ijobiy natijalarini berishi uchun migratsiyaning har bir 
bosqichiga tayyorgarlik koʻrish; 
➢ Maqsadli siyosatni oqilona ishlab chiqish uchun ichki iqlim migratsiyasi 
sabablarini chuqur oʻrganishga sarmoya kiritish. 
2050-yilga kelib, Sharqiy yevropa va Markaziy Osiyo pessimistik 
boshlangʻich ssenariyning yuqori qismiga koʻra 5,1 milliongacha “iqlim” 
migrantlari yoki prognoz qilinadigan aholi sonining 2,3 foizi paydo boʻlishi 
mumkin. Ulardan 2,4 milliongacha “iqlim” migrantlari Markaziy Osiyoda yashadi. 
Respublikamizning 
Fargʻona 
vodiysi 
(Qirgʻiziston, 
Tojikiston 
va 
Oʻzbekiston hududida), Toshkent shahri atroflari va Tojikiston janubining 
pasttekisliklari (shu jumladan Dushanbe), shuningdek, Qozogʻiston shimolidagi 
aholi zich joylashgan shaharlar (Qaragʻanda, Nur-Sulton va Kostanay) “iqlim” 
migrantlari oqimi keladigan hududga aylanadi. Bu Oʻrta Osiyoning shu qismlarida 


29 
suv ta’minoti va ekinlar hosildorligining kutilayotgan oʻsishi bilan bogʻliq
“Iqlim” migrantlari chiqib ketadigan joylar - Qozogʻistonning janubiy 
chegarasidagi hududlar, Oʻzbekiston va Tojikistonning Fargʻona vodiysiga tutash 
hududlari, shuningdek, Bishkek shahri atrofidagi yerlar boʻlishi kutilmoqda. Bu 
Oʻrta Osiyoning shu qismlarida suv ta’minoti va ekinlar hosildorligining pasayishi 
prognozi bilan bogʻliq. Xuddi shu sabablarga koʻra, Sharqiy Turkmaniston 
va Oʻzbekiston janubining Amudaryo boʻyida joylashgan kichikroq hududlari ham 
“iqlim” migrantlari uchun potensial chiqib ketish zonalari hisoblanadi.
Xalqaro bir guruh olimlarning fikriga koʻra, 2070-yilda 1 mlrd. dan 3 
mlrd.gacha odamlar noqulay iqlim sharoitiga yashash ehtimoli bor. Ushbu 
muammolar iqlimi issiq hududlarga toʻgʻri keladi. Olimlarning taxminiga koʻra, 
3,5 mlrd odamlar Afrika, Janubiy Amerika, Shimoliy Avstraliya va Janubiy-
Sharqiy Osiyo mamlakatlari 2070-yilga kelib Sahroi Kabir sharoitida yashashga 
majbur boʻladi (1-rasm). Issiq hududlar sharoitida yashash koʻpchilik insonlarda 
ogʻir kechadi. Yuqori darajali harorat odamning fizikaviy, psixologik 
salomatligiga, ishchanlik, kayfiyat va xulq-atvoriga salbiy ta’sir koʻrsatadi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling