Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi
Mavzuni oʻzlashtirish uchun savollar
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
иклим кулланма
Mavzuni oʻzlashtirish uchun savollar 5. Iqlim oʻzgarishining tabiiy va antropogen sabablar nimalardan iborat? 6. Iqlim oʻzgarishiga sabab boʻluvchi ichki va tashqi omillarga nimalar kiradi? 7. Iqlim oʻzgarishiga sabab boʻluvchi antropogen ta’sirlarga aniq misollar keltiring? 8. Iqlim oʻzgarishiga namlikning va harotatning ta’siri? 9. Qanday gazlar “issiqxona gazlari” deyiladi? 10. “Issiqxona gazlari” ga sabab boʻluvchi asosiy omillar nimalardan iborat? 11. Atmosferadagi issiqxona gazlari konsentratsiyasi oʻsishi iqlim oʻzgarishiga qanday ta’sir koʻrsatadi? 12. Yerdan foydalanishdagi oʻzgarishlar va urbanizatsiya haqida qanday fikrdasiz? 22 2-MAVZU. IQLIM OʻZGARISHI OQIBATIDA BIOSFERADA BIOLOGIK VA EKOLOGIK OʻZGARISHLAR REJA 1. Qulay va noqulay iqlim sharoitlari; iqlim sharoitlarini inson hayoti va faoliyatiga, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga ta’siri. 2. Global iqlim evolyusiyasi, asosiy kuzatilgan oʻzgarishlar, global isish tushunchalari. 3. Jahon sogʻliqlin saqlash tashkilotlari ma’lumotlari. 4. Iqlim isishi oqibatlarining aholi sogʻligiga bevosita va bilvosita ta’siri. Iqlim oʻzgarishi, uning barqaror emasligi nafaqat olimlar nigohida, balki butun dunyo jamoatchiligi koʻz oʻngida yorqin aks etmoqda. Ob-havoning keskin oʻzgarishi natijasida yuz berayotgan toʻfonlar, suv toshqinlari, bir tomondan qurgʻoqchiliq jazirama issiqlar, muzliklarning jadal erishlari ikkinchi tomondan anomal, ya’ni noodatiy koʻrinishga ega boʻlmoqda. Bizning keyingi kelajagimiz bir-birimiz va tabiat bilan oʻzaro uzviy aloqa bogʻlashimizga bogʻliq. Bizning zimmamizga tabiatni, oʻsimliklar, hayvonot olamini saqlab qolish va kelajak uchun asrashdek masʻuliyatli vazifa yuklangan. Kelajak taraqqiyotimiz atrof-muhitga va iqlim oʻzgarishiga mutlaqo zarar yekazmaydigan energiya manbalarini ishlab chiqarishga ham bogʻliqdir. Biz duch kelgan muammo gʻoyat ulkan, ammo unga yechim topish uchun biz avvalo, tejamkorlikka, masʻuliyat hissini tuyishga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak. Biz eng oddiy narsalarga: masalan, oʻz ixtiyorimizdagi energiyani tejab ishlatishga, energiyaning atrof-muhitga bezarar va samarali turlarini qoʻllashga harakat qilishimiz kerak. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling