Reja qulay va noqulay iqlim sharoitlari; iqlim sharoitlarini inson hayoti va faoliyatiga, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga ta’siri
Download 0.52 Mb.
|
2-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Iqlim isishi oqibatlarining aholi sogʻligiga bevosita va bilvosita ta’siri.
- Iqlim sharoitlarini inson hayoti va faoliyatiga ta’siri
2-MAVZU. IQLIM OʻZGARISHI OQIBATIDA BIOSFERADA BIOLOGIK VA EKOLOGIK OʻZGARISHLAR REJA1. Qulay va noqulay iqlim sharoitlari; iqlim sharoitlarini inson hayoti va faoliyatiga, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga ta’siri. 2. Global iqlim evolyusiyasi, asosiy kuzatilgan oʻzgarishlar, global isish tushunchalari. 3. Jahon sogʻliqlin saqlash tashkilotlari ma’lumotlari. 4. Iqlim isishi oqibatlarining aholi sogʻligiga bevosita va bilvosita ta’siri. Iqlim oʻzgarishi, uning barqaror emasligi nafaqat olimlar nigohida, balki butun dunyo jamoatchiligi koʻz oʻngida yorqin aks etmoqda. Ob-havoning keskin oʻzgarishi natijasida yuz berayotgan toʻfonlar, suv toshqinlari, bir tomondan qurgʻoqchiliq jazirama issiqlar, muzliklarning jadal erishlari ikkinchi tomondan anomal, ya’ni noodatiy koʻrinishga ega boʻlmoqda. Bizning keyingi kelajagimiz bir-birimiz va tabiat bilan oʻzaro uzviy aloqa bogʻlashimizga bogʻliq. Bizning zimmamizga tabiatni, oʻsimliklar, hayvonot olamini saqlab qolish va kelajak uchun asrashdek masʻuliyatli vazifa yuklangan. Kelajak taraqqiyotimiz atrof-muhitga va iqlim oʻzgarishiga mutlaqo zarar yekazmaydigan energiya manbalarini ishlab chiqarishga ham bogʻliqdir. Biz duch kelgan muammo gʻoyat ulkan, ammo unga yechim topish uchun biz avvalo, tejamkorlikka, masʻuliyat hissini tuyishga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak. Biz eng oddiy narsalarga: masalan, oʻz ixtiyorimizdagi energiyani tejab ishlatishga, energiyaning atrof-muhitga bezarar va samarali turlarini qoʻllashga harakat qilishimiz kerak. Iqlim sharoitlarini inson hayoti va faoliyatiga ta’siri. Sayyoramizdagi barcha insonlar hayoti va faoliyati tabiat unsurlari yoki inʻomlari-suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, tuproqlar, mineral ashyo, atmosfera havosiga bogʻliqdir. Bularsiz Yerdagi hayot, inson faoliyatini tasavvur qilib ham boʻlmaydi. Insonlarni oʻrab turgan barcha borliq uning hayotiga sezilarli darajada ta’sir etadi. Qulay tabiiy sharoit insoniyat taraqqiyotining ilk pogʻonalaridayoq barqarorlikning asosiy omili boʻlib xizmat qilgan. Keyinchaliq mehnat qurollari takomillashgan sari, tabiiy sharoitlarning insonlar hayoti va faoliyatidagi oʻrni murakkablashdi. Negaki, ishlab chiqarish va yashash uchun inson oʻziga “tabiatni boʻysindirish”ga harakat qildi. Oʻrta asrlarga kelib insonlar pishiq va issiq uylar qura boshladilar, kiyim-boshni turli xil turlarini oʻylab topdilar, intensiv dehqonchilik bilan shugʻullana boshladilar. Natijada “tabiiy xona iqlimi” samarasi kamayib, “sunʻiy xona iqlimi” sharoiti yuzaga kela boshladi. Nainki iliq iqlim, balki sovuq iqlim sharoiti ham jamiyat taraqqiyotining barqarorlashuvi uchun belgilovchi omil boʻlib ta’sir koʻrsatdi. Iqlim oʻzgarishi jamiyat rivojinigina emas, balki tabiatdan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish yoʻlini ham tezlashtirdi. Insonlar passiv istemolchidan faol ishtirokchiga aylana boshladi. Lekin uning faol ishtirokchiligi keyingi III-IV asr mobanida atrof tabiiy muhitga oʻz salbiy ta’sirini oʻtkazdi, ya’ni oʻzi oʻtirgan daraxtini oʻzi kesa boshladi. Ekologiya fanining ham XIX asrning ikkichi yarmida yuzaga kelishi ham aynan tabat-jamiyat oʻrtasidagi ziddiyatlarning kelib chiqishidan boshlandi. Endilikda insonlar bor kuchi va qudratini ushbu ziddiyatlarni yumshatishga qaratmoqda. Insonlar singari, oʻsimlik va hayvonot dunyosining hayoti ham iqlim bilan bogʻliqdir. Iqlimning alohida belgilarini bilish nafaqat qiziqarli, balki xalq xoʻjaligining koʻplab tarmoqlari uchun juda foydalidir. Inson muayyan iqlimga koʻnikadi va moslashadi. Iqlimning oʻziga xos xususiyatlariga moslashib, oʻz hayotini yaxshilashga urinadi. Masalan, shaharlarning loyihalash va qurishda shamolning yoʻnalishini bilish zarur. Bu esa sanoat korxonalarini uning atrofidagi aholi yashash hududlarini sanoat chiqindilar bilan ifloslanmasligida kerak boʻladi. Shamolning asosiy yoʻnalishi aerodromlardagi qurilmalarni oʻrnatishda, ya’ni samolyot qoʻnish joyidagi chiziqlarni belgilashda ham hisobga olinadi. Iqlim odamlarning hayoti va salomatligiga, shuningdek xoʻjalik faoliyatiga ham ta’sir koʻrsatadi. Inson organizmi iliqlikni tanasining yuza qismida kuyish, issiqlik oʻtkazuvchanliq konveksiyalar va namlikning bugʻlanishi orqali yoʻqotadi. Agar bu yoʻqotishlar ulkan boʻlsa, ya’ni sovuq havoda yoki jazirama issiqda inson oʻzini noqulay ahvolda xis etadi va kasallanishi kuchayadi. Past namlik va shamolning katta tezligi havoning sovish samarasini oshiradi. Ob-havoning keskin oʻzgarishi turli “stress”li holatlarga olib keladi-ishtahani pasaytiradi, bioritmlarni buzadi va immunitetni tushiradi. Iqlim oʻzgarishi patogen mikroorganizmlarning umr kechirishi sharoitiga ta’sir etib, kasallikni chaqiradi. Shu bois mavsumiy va hududiy kasalliklarning kelib chiqishi yuz beradi. Zotiljam va tumov epidemiyasi asosan qishda koʻp tarqaladi. Bezgak tropik va subtropik joylarda keng tarqaladi va bu kasallik bezgak tarqatuvchi chivinlar koʻpayadigan joyda uchraydi. Notoʻgʻri ovqatlanish tufayli kelib chiqadigan kasalliklar asosan iqlimga bogʻliq, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlaridan, hududiy tarqalgan oʻsimliklar va tuproq tarkibida ayrim ozuqa elementlarini yetishmasligi natijasida sodir boʻladi. Ming yillar davomida insonning xoʻjalik faoliyati uni oʻrab turgan iqlim sharoitiga qarab moslashgan, lekin inson bu sharoitlar iqlimning oʻziga salbiy yoinki ijobiy ta’sir oʻtkazishini esa inobatga olmagan. Mikroiqlim, mahalliy, mintaqaviy va global iqlim koʻrsatgichlari uzviy bogʻlangan. Yer planetasi iqlimi mintaqaviy, u oʻz navbatida mahalliy va mikroiqlim koʻrsatgichlarini umumlashtirish va tizimlashtirishdan kelib chiqadi. Chunki biron bir viloyat miqyosida turli iqlim koʻrsatgichlari hukm suradi. Masalan, Toshkent viloyatining togʻ oldi tekislik hududlarining iqlimi (Bekobod shahri atrofi) oʻrta yoki baland togʻ (Piskom tizmasi) iqlimidan anchagina farq qiladi. Shuning uchun ham kelajakda radio yoki televideniyada iqlim yoki obhavoni ma’muriy chegara boʻyicha emas, balki tabiiy geotizimlar doirasida eʻlon qilish maqsadga muvofiqdir. Bizga ma’lumki, iqlim oʻzgarishi muammosi ilmiy tadqiqot yoki ta’lim mavzusidan kengroq doiraga chiqib, davlat va jamiyatning barqaror rivojlanishiga ta’sir etayotgan masalalar turkumiga aylandi. Zero iqlim nafaqat joyning, balki davlat va hamjamiyatning iqtisodiy, ekologiq ijtimoiy, siyosiy havfsizligini belgilamoqda. Bunga Orol dengizi suv havzasida yuzaga kelgan suv muammosi hamda tarnschegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari yaqqol misol boʻla oladi. 60 yil ichida Orol muammosi Markaziy Osiyo davlatlari uchun ekologik fojia doirasidan chiqib har tomonlama ijtimoiy hayotni belgilab beruvchi muammoga aylandi. Hozirgi kunda bu muammoga nafaqat kishilik faoliyatining salbiy harakatlar natijasi, balki iqlim harorati koʻtarilishining natijasi deya qaralmoqda. Iqlimning bunday oʻzgarishida Orol dengizining saqlanishi dargumon. Ehtimol mumkindir, ammo bunga insoniyatning global miqyosdagi ommaviy tashabbusi darkor. Ob-havo qaysidir joy yoki mintaqada tez-tez oʻzgarishi mumkin. Kun va soat sayin, fasllar yoki yillar mobaynida, hattoki ular bir maromdagi iqlim sharoitida boʻlsada. Bu havo harorati, yogʻingarchilik miqdori, shamol va bulutlarning oʻzgarishidir. Iqlim sharoiti va iqlim oʻz tabiatiga koʻra muhim jihatlarga ega. Ularning asosiy xususiyatlari-harorat rejimi, yogʻinlarning yogʻishi kabilar. Ular turgʻun, yildan yilga kam oʻzgaruvchan boʻladi, farqi esa ularning takroriyligidadir (yillik va uzoq geologik davrlar mobaynida). Iqlim sharoiti vaqt oʻtishi bilan oʻzgaruvchanlik xususiyatiga egadir, lekin bu oʻzgaruvchanlik cheklangan va asta sekinlik bilan boʻladi. Koʻpincha iqlim-bu biz kutgan, ob-havo esa biz ega boʻlgan holatlardir. Meteorologik koʻrsatgichlarning kenglik boʻyicha (atmosfera, gidrosfra, litosfera, kriosfera, biosfera) va vaqt mobaynida taqsimlanishi Yer kurrasidagi global, mintaqaviy va mahalliy iqlimlarning xilma-xilligini belgilaydi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling