Reja qulay va noqulay iqlim sharoitlari; iqlim sharoitlarini inson hayoti va faoliyatiga, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga ta’siri


-rasm. Iqlim oʻzgarishining oq ayiqlarning migratsiyasiga ta’siri


Download 0.52 Mb.
bet7/8
Sana23.09.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1685378
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-мавзу

3-rasm. Iqlim oʻzgarishining oq ayiqlarning migratsiyasiga ta’siri


Dengiz sutemizuvchilar biri morjlar uchun muz boʻlaklarining dengiz sohilidan ajralib ketishi hayvonlar uchun xavfli hisoblanadi. Morjlarning asosiy oziq mahsuloti mollyuskalar boʻlib, muz parchalari koʻchib ketadigan boʻlsa morjlar oziq uchun dengiz tubiga chuqurroq shoʻngʻishga majbur etadi.
Kanada, Grelandiya, Norvegiya va AQShdagi tadqiqotchilar “Ecological Applications” (2007) jurnalida oʻz maqolalarini chop ettirdilar. Aniqlanishicha, Arktikaning bir qator dengiz sutemizuvchilariga iqlimning isishi yashash muhitiga ta’sir etadi, oziq tanqisligi va koʻpayishiga ta’sir etadi. Tadqiqotchilar 9 ta koʻrsatkich sutemizuvchi hayvonlarning iqlim oʻzgarishiga qarshi moslashishi mumkinligini ta’kidlab oʻtishdi, bular: populyasiya soni, yashash muhitining oʻziga xosligi, xilma-xil ovqat rejimi va oʻzgarishlarga moslashish, asosan muzliklar bilan yuzaga keladigan holatlar. Britaniya olimlarining fikricha, soʻnggi yillarda kiyiklar populyasiyasining kengayishi koʻpgina mayda sutemizuvchilarning nobud boʻlishiga olib keladi, chunki hayvonlar oʻsimliklar qoplamini nobud qiladi va oʻzidan keyin boshqa hayvonlarga oziq qoldirmaydi.
Tropiklarda yashaydigan Uchadigan tulkilar pishgan mevalarni qidirishi muntazam ravishda ommaviy migratsiya boʻlishiga olib kelmoqda. Masalan, Ugandada yashaydigan Uchadigan tulkilar Afrikaning janubiga koʻchadi, agar Janub yarimsharda yoz kelsa, yomgʻir kelishi bilan qayta shimolga – Nil daryosining qirgʻoqlariga uchib keladi (4-rasm)

4-rasm. Uchar tulkilar


Shimoliy yarim sharlarda kemiruvchilardan lemminglar yashaydi. Bu mayda hayvonlar yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Umuman olganda bu hayvonlar qor qoplami koʻp boʻlgan paytda qor ostiga oʻsimliklardan keng foydalanadi va qishning yakuniga kelib koʻpayadilar.
Norvegiya tadqiqotchilarning fikriga koʻra, 1994-yildan boshlab lemminglarning populyasiyasining oʻzgardi.
Populyasiya dinamikasining oʻzgarishi asosan iqlim isishi degan xulosaga kelishdi. Iqlimning oʻzgarishi qishning kech kelishi va bahorning erta boshlanishi bilan kuzatiladi. Bunday holatda qor qoplamining pastki qatlami muzlaydi. Lemminglar uchun qor osti maydon qisqaradi. Hayvonlarning koʻpayshishi uchun joy qolmaydi. Oziq resurslarning yetishmasligi lemminglarning migratsiyaga oʻtishga majbur etadi. Lemminglarning migratsiyasida millionlab hayvonlar yangi hududlarga oʻtadilar. Koʻchish vaqtida koʻpgina lemminglar daryolardan oʻtishda nobud boʻladilar.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling