Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


Issiqxona samarasi va issiqxona gazlari emissiyasi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54
Bog'liq
иклим кулланма

Issiqxona samarasi va issiqxona gazlari emissiyasi. Iqlim oʻzgarishini 
tabiiy va antropogen sabablari; issiqxona samarasi; issiqxona gazlari; issiqxona 
gazlarini emissiyasi; boshqarilmaydigan issiqxona samarasii; urbanizatsiya va 
yerdan foydalanishning optimallashtirish hisoblanadi. 
Darhaqiqat, bizning sayyoramiz iqlimi doimiy ravishda oʻzgarib bormoqda. 
Geologik ma’lumotlarga yondashgan holda turli geologik davrlarda oʻrtacha dunyo 
miqyosidagi harorat +7 dan +27
o
C gacha tebrangan. Hozir Yerning oʻrtacha 
harorati taxminan+14
o
C ni tashkil etadi va maksimumdan ancha uzoqda. Olimlar, 
davlat rahbarlari va jamoatchilik nimadan havotirdalar? Loʻndasini aytganda, iqlim 
oʻzgarishining yana bir muhim omillaridan biri-antropogen (inson faoliyati 


16 
natijasi) ta’sirdir, tadqiqotlar yildan-yilga iqlim oʻzgarishi tahdid solib 
borayotganini qayd etmoqdalar. 
Tabiiy sabablar. Iqlim oʻzgarishining tabiiy omillari orbitalar aralashuvi va 
Yerning nishab tortishi, quyosh faolligining oʻzgarishi, vulqonlarning otilishi va 
tabiiy ravishda atmosfera aerozollari sonini oʻzgarishini oʻz ichiga oladi.. 
Vulqonlarning otilishi. Vulqonlarning otilishi natijasida atmosferaga 
sezilarli hajmda muallaq zarrachalar-aerozollar chiqadi, ular troposfera va 
stratosfera shamollari orqali atrofga yoyiladi va quyosh radiatsiyasini bir qismini 
toʻsib qoʻyadi. Bu holat uzoqqa choʻzilmaydi, chunki zarrachalar tezda choʻkadi. 
Eramizdan avvalgi 1600-yilda Oʻrta Yer dengizidagi yirik vulqonning otilishiga, 
balki Minoy imperiyasi qulashiga va daraxtlarning yillik oʻsishiga qaraganda 
atmosferani sezilarli darajada sovushiga olib keldi. 1815-yilda Indoneziyadagi 
Tambor vulqonining otilishi oʻrtacha global darajaning 3
o
C darajaga pasayishiga 
olib keldi.  
Soʻnggi yillarda Yevropada va Shimoliy Amerikada yoz deyarli boʻlmadi, 
keyinchalik bu hol toʻgʻrilanib, iziga tushib ketdi. 1991-yilda Filippinda balandligi 
35 km boʻlgan oʻzidan cheksiz kul qoldirgan Penatubo vulqoni otilishi natijasida, 
quyosh radiatsiyasining oʻrtacha darajasi 2,5 Vt/m kamaydi, bu esa global sovushi 
0,5-0,7
o
C darajaga pasayishiga sabab boʻldi. Lekin shunga qaramasdan, XX 
asrning oxirgi oʻn yiligida eng iliq havo hukm surdi. Vulqonlar otilishi va uning 
atrofga qancha kul sochishi muhim emas, balki bu holatning qancha balandlikka 
otilishi va radiatsiya samarasini ifodalashi muhimdir.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling