Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54
Bog'liq
иклим кулланма

Okean oqimi va iqlim. Okeanlar oqimi dengiz yuza qismida va atmosfera 
sirkulyatsiyasi taqsimlanishiga ta’sir oʻtkazib, dengiz usti turli keskin harorat 
tartibini yaratadi. Okean oqimlari barqarorligi atmosferaga iqlim mazmunini 
beradi. Golfstrim Shimoliy Atlantikaning sharqiy qismi va Gʻarbiy Yevropa 
iqlimiga iliq ta’sir oʻtkazadi. Sovuq oqimli rayonlar uzra tumanlar tushishi, 
masalan, Nyufaundlend oroli yaqinidap Golfstrim ning iliq suvi Labrador 
oqimining sovuq suviga qoʻshilib ketishi kuchayadi. Passatli zonadagi sovuq 
suvlarda konveksiyalarga barham beriladi va bulutlilik keskin kamayadi. Bu, oʻz 
navbatida, qirgʻoq boʻylaridagi choʻllarning barpo boʻlishi omillaridan biridir. 


14 
Iqlimga qor va oʻsimliklar qoplamining ta’siri. Qorli qatlam (muzlik) 
tuproqning iliqligini yoʻqotishni kamaytiradi va uning haroratini tebrantiradi. 
Yuqori qatlami kunduzi quyosh radiassiyasini aks ettiradi va kechasi nurlanish bois 
sovutadi. Shu bois u yer qatlami havosi darajasini tushiradi. Bahorda qor qatlami 
erishiga atmosfera bilan kurashadigan iliq havo koʻp sarflanadi: shu sababli havo 
harorati eriyotgan qor qatlami 0 darajaga yaqin boʻladi. Qor qatlamining erishi 
tuproqni namlik bilan toʻyintiradi va yilning iliq mavsumlari iqlim tartibiga katta 
ta’sir etadi. 
Quyuq oʻt qoplami sutkalik tuproq harorat amplitudasini kamaytiradi va 
uning oʻrtacha haroratini tushiradi. Natijada u havoning sutkali harort 
amplitudasini kamaytiradi. Oʻrmonlar yogʻingarchiliklarni koʻpaytiradi, yuza 
qismining gʻadir-budurligi oqibatida iqlimga murakkab ta’sir oʻtkazadi.
Yerning iqlim tizimi atmosfera, okeanlar, quruqlik, kriosfera (muz va qor 
qatlami) va biosferani oʻz ichiga oladi. Bu ierarxik qismlardan iborat tizim bir 
qator koʻrsatkichlari bilan izohlanadi, jumladan, havo harorati, atmosfera 
yogʻinlari, tuproq va havo namligi, qor va muzlar qoplamasining holati, dengiz 
sathi va boshqalar. Shu bilan birga iqlim tizimini murakkabroq tavsiflash mumkin: 
atmosfera havosi va okeanlardagi global sirkulyatsiyaviy oʻzgarishi, ekstremal 
meteorologik holatlarning qaytarilishi va kuchi, oʻsimlik va hayvonot dunyosining 
areallari. Meteorologik oʻlchamlarni kenglik boʻyicha va vaqt davomida 
taqsimlanishini Yer kurrasida lokal(mahalliy) iqlimni belgilaydi. Koʻpincha 
“oddiy” koʻrsatgichdagi kichik oʻzgarishlar “murakkab” oʻzgarishlarga olib keladi, 
bu esa oʻz navbatida iqlim oʻzgarishini bildiradi 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling