Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


Iqlim oʻzgarishining tabiiy va antropogen sabablari


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
иклим кулланма

Iqlim oʻzgarishining tabiiy va antropogen sabablari. Iqlim tizimi, iqlim 
tizimi komponentlari va ular orasidagi bogʻliqlik, teskari aloqalar mexanizmi, 
iqlim oʻzgarishi va shakllanishiga ta’sir etadigan ichki va tashqi jarayonlar, issiqlik 
va namlik almashinuvi, atmosfera sirkulyatsiyasi, geografik kenglik ta’siri, Yerda 
dengiz va quruqlikning taqsimlanishi, qor va oʻsimlik qoplami, orografiya va 



iqlim, iqlimning balandlik boʻyicha oʻzgarishi, iqlimning kontinentalligi. Iqlim 
tizimi oʻzida beshta muhim komponentlarni: atmosfera, gidrosfera, kriosferalar 
(muz va qor), quruqlik va biosferasi yuza qismi va ular oʻrtasidagi oʻzaro 
bogʻliqlikni oʻz ichiga olgan murakkab tizim. Iqlim tizimi komponentlari va turli 
jarayonlar iqlim oʻzgarishi shakllanishini tashqi va ichki qismlarga boʻladi. 
Tashqi jarayonlarga quyidagilar kiradi: 
- quyosh radiatsiyasining quyilishi; 
- atmosfera tarkibi oʻzgarishi, litosferada boʻladigan jarayonlar va koinotdagi 
aerozollar va gazlar oqimi; 
- okeanlar, materiklarning koʻrinishi oʻzgarishi; 
Ichki jarayonlarga quyidagilar kiradi: 
- atmosferaning okeanlar, quruqlikning yuza qismi va muzning (issiqlik 
almashuvi, bugʻlanish, yogʻingarchiliklar) bilan oʻzaro harakati; 
- muz-okean oʻzaro harakati; 
- atmosferaning gaz va aerozollar tarkibini oʻzgarishi; 
- bulutlilik; 
- qorli va oʻsimlik qoplami
Bu majmuali tizim quyidagi parametrlar bilan izogʻlanadi: harorat, 
atmosfera yogʻingarchiliklari, havo va tuproq namligi, qorli va muz qoplami holati, 
dengiz sathi. Iqlim tizimi shuningdek, ancha murakkab tarzda xarakterlanadi: 
atmosfera va okean sirkulyatsiyasningi yirik masshtabdagi dinamikasi, ekstremal 
metereologik holatlarning kuchi va chastotasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosining 
yashash muhitini chegaralari.
Atmosfera - atmosfera sharoitida issiqlikni Yer tizimida olish, uzatish, 
oʻtkazish va yoʻqotish kabi murakkab jarayonlari bilan xarakterlanadi. Toʻgʻridan-
toʻgʻri quyosh radiatsiyasi atmosferadan oʻtib va tarqatilgan radiatsiya atmosferada 
qisman aks etadi. Ammo koʻp miqdorda u nurni oʻziga yutadi va suv havzalari, 
tuproq yuzalarini isitadi. Yer yuza qismi infraqizil radiatsiyani oʻzidan chiqarib, 
uni atmosfera yutib, isiydi. Atmosfera oʻz navbatida infraqizil radiatsiyani oʻzidan 
chiqaradi, uni esa yer yuzasi oʻziga qamrab oladi. Yer va atmosfera radiatsiyasi 



birgalikda doimo dunyo miqyosiga chiqarib turiladi va quyosh radiatsiyasi bilan 
birgalikda quyosh radiatsiyasini sayyoramizga kelishini tenglashtiradi. Quyosh 
nuri energiyasining bir qismi Yer yuzasi va atmosferani isitishga yoʻnaltiriladi.
Nurlanish yoʻli bilan issiqlik almashinuvidan tashqari, Yer yuzasi va 
atmosfera oʻrtasida issiqlik almashuvi issiqlik oʻtkazish yoʻli bilan amalga 
oshiriladi. Atmosfera ichida issiqlik oʻtkazishda vertikal yoʻnalishda havoni 
aralashtirish muhim ahamiyatga ega. Yer yuzasiga tushadigan issiqlikning katta 
qismi suvni isitishga sarflanadi. Atmosferada suv bugʻi yigʻilishi natijasida issiqlik 
chiqadi, u esa oʻz navbatida havoni isitishga yoʻnaltiriladi. Issiqlik almashuvi havo 
oqimi orqali issiqlikni gorizontal oʻtkazish muhim jarayondir. Havo harorati 
havoni gorizontal tarzda okeandan quruqlikka, quruqlikdan okeanga oʻtishi, 
radiatsiyani turli darajada qamrab olishi va turli qizishiga qarab, quruqlik va 
dengizlarni taqsimlanishiga, kengliklar boʻyicha quyosh radiatsiyasini kelishiga 
qarab sutkali va yillik yurishi boʻladi. 
Atmosfera va yer yuza qismi oʻrtasida doimiy namlik almashuvi yuz beradi. 
Suv yuzasi, tuproq, oʻsimliklardan atmosferaga suv bugʻlanadi, bu esa suvning 
ustki qismi va tuproqdan katta miqdorda issiqlik sarflanadi. Real sharoitlarda 
atmosferada suv bugʻi kondensatsiyalanadi, buning oqibatida tuman va bulut 
paydo boʻladi. Bulutlardan paydo boʻladigan yogʻingarchiliklar butun yer shari 
uchun bugʻlanishni tenglashtiradi. Yogʻingarchiliklar soni va ularning tarqalishi 
dehqonchilik va oʻsimliklar dunyosining asosini tashkil etadi. Yogʻingarchiliklar 
soni boʻlinishi, ularni oʻzgaruvchanligi suv havzalarining gidrologik tartibiga 
bogʻliq. Issiqlikning atmosferada notoʻgʻri taqsimlanishi atmosfera bosmiini 
notoʻgʻri taqsimlanishiga va havo harakatini izdan chiqaradi. Yerning sutkalik 
harakati yer yuza qismiga nisbatan havoning harakatiga katta ta’sir koʻrsatadi. 
Atmosfera qatlami chegaralarida havoga ta’sir qiladigan kuch bu ishqalanishdir. 
Atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasi–bu havo oqimining asosiy majmui 
boʻlib, havo massasining gorizontal va vertikal almashinuvini amalga oshiradi. 
Uning paydo boʻlishi atmosferada doimiy ravishda turli tezlikdagi toʻlqinlar va 
dovullarni hosil boʻlishiga bogʻliq. Mazkur atmosfera gʻalayonlari-siklon va 


10 
antisiklonlar–atmosfera sirkulyatsiyasining xarakterli belgilaridir. Atmosferaning 
umumiy sirkulyatsiyasi iqlim tizimi holati tavsiflaridan biridir. Havoni koʻchishi 
ob-havoni oʻzgarishiga ta’sir qiladi. Global iqlim tizimi holati iqlim hosil qiluvchi 
jarayonlar-atmosfera sirkulyatsiyasi, issiq almashinuvi va namlik almashinuvi, turli 
joʻgʻrofik hududlarda koʻrinishini ifodalaydi. Iqlimning lokal turlari kengliklar
quruqlik va daryolar taqsimlanishi, orografiya, tuproqlar, oʻsimlik va qor 
qatlamlari, okean oqimilariga bogʻliqligidir.
Olimlarning fikriga koʻra, iqlim oʻzgarishi koʻproq insoniyatning oʻz 
faoliyati davomida atmosferaga tobora koʻp parnik gazlarini chiqarishi tufayli yuz 
beradi. va bu bilan yer kurrasining isib ketishiga sabab boʻladi. Biz kazilma 
yoqilgʻisini yoqamiz. Zavodlar atmosferaga katta xajmdagi karbonat angdrid 
gazini chiqarib yubormoqda. Atmosfera xuddi issiqxona oyna devorlari tarzida 
ishlaydi: koʻrinib turgan nurni kiritadi va ichida nurlangan infrakizil nurni saqlab 
qoladi. Birtomondan, parnik gazlari koʻplab kaytgan quyosh nurlarini ushlab 
kolishga yordam beradi va bu bilan yerdagi xayotuchun eng makbul boʻlgan 
xaroratni saqlab turadi. Bu gazlarsiz sayyoramizdagi oʻrtacha xarorat 
hozirgidagidek 15 daraja issiq emas, balki 18 daraja sovuq boʻlgan boʻlar edi.
Buning natijasida yerda xayotningta’minlanishi uchun zarur sharoitlar 
yaratilgan. Boshqa tomondan esa bunday parnik gazlari qancha koʻp boʻlsa, 
sayyoramizdagi issiqlik shuncha ushlanib turadi va buning natijasida yer 
atmosferasining oʻrtacha xarorati koʻtariladi. Oʻrtacha xarorat koʻtarilgan sharoitda 
barcha iqlim jarayonlari oʻzgara boshlaydi. Harorat oshishidan muzliklar eriydi. 
Shimoliy va Janubiy kutb muzliklari, Grenlandiya muzliklari, toglardagi muzliklar. 
Qutblardagi va Grenlandiyadagi muzliklarning erishi bilan okeanlarga koʻp 
miqdorda chuchuk suv kelib tushadi.
Chuchuk suv, shoʻr okean suvidan farqli ravishda, boshqacha fizik 
xususiyatlarga ega u tez isiydi. Okean, hatto gradusning undan bir qismiga boʻlsa-
da, isiganda esa, okean oqimlari oʻzgaradi. Sohildagi koʻplab davlatlarning iqlimi 
okean oqimlariga bogʻliq. Aynan okean oqimlari global gidrologik siklni 
muvozanatda ushlovchi kuchi xisoblanadi. Barcha materiklardagi iqlimni tartibga 


11 
soluvchi siklonlar va antitsiklonlarning kaerda va kachon hosil boʻlishi xam okean 
oqimlariga bogʻliq.
Aynan okean oqimlari yogʻinlarni olib keladigan bulutlarning qanday va 
qancha hajmda hosil boʻlishiga javob beradi. Agar oqimlar oʻzgaradigan boʻlsa, 
barcha narsa, xamma global iqlim hosil qiluvchi jarayonlar xam oʻzgarib ketadi. 
Birok, iqlim oʻzgarishining sababi fakat insoniyat emas, balki yerdagi dinamik 
jarayonlar, iqlimni shakllantiruvchi tashki ta’sirlar, jumladan, quyidagilarni ham 
kiritish mumkin:
• materiklar va okeanlarning ulchami, relefi va uzaro joylashuvining 
oʻzgarishi;
• quyosh yorituvchanliginingoʻzgarishi;
• yer orbitasi va oʻqi koʻrsatkichlarining oʻzgarishi;
• atmosfera shaffofligi va tarkibining oʻzgarishi, jumladan, uning tarkibidagi 
parnik gazlari (SO2 va SN4) hissasining oʻzgarishi;
• yer usti nur kaytarish xususiyatining oʻzgarishi;
• okean tubidagi mavjud issiqlik miqdorining oʻzgarishi;
• neft va gaz qazib olinishi oqibatida yer yadrosi va qobigi orasidagi tabiiy 
qatlamning oʻzgarishi. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling