Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


Iqlimga joʻgʻrofik kengliklarni ta’siri


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
иклим кулланма

Iqlimga joʻgʻrofik kengliklarni ta’siri. Joʻgʻrofik kenglik iqlim belgilari 
taqsimotining hududiylashganligini ifodalaydi. Quyosh radiatsiyasi choshgohdagi 
quyoshning balandligi va nurlanishning davomiyligi aniqlanib, geografik 
kengliklarga bogʻliq holda atmosferaning yuqori chegaralariga kirib keladi. 
Radiatsiyaning yutilishi murakkab taqsimlanadi, bu oʻz navbatida havoning 
oʻzgarib turishiga, ya’ni yer yuza qismining albedosi, havoning tiniqligi darajasiga 
bogʻliq. Hududiylashganlik havo harorati taqsimlanishi asosiga qurilgan boʻlib, 
unda nainki radiatsiya yutilishiga, balki sirkulyatsion sharoitlarga ham bogʻliq. 
Harorat taqsimotining hududiylashganligi boshqa metereologik iqlim kattaliklarini 
zonalashuviga olib keladi. Havo haroratining yillik amplitudasi oʻlchami joʻgʻrofik 
kenglikka bogʻliq. Quyi kengliklarda darajaning yillik amlitudasi yuqori 
kengliklarga 
solishtirganda 
kamroqdir. 
Metereologik 
oʻlchamlarning 


12 
taqsimlanishiga joʻgʻrofiy kenliklarni ta’siri yer yuziga bogʻliq iqlimning boshqa 
omillari ta’siri kamayganda balandlik bilan seziladi. 
Iqlimning balandlikda oʻzgarishi. Atmosfera bosimi yuqorida tushadi, 
quyosh radiatsiyasi va samarali nurlanish oʻsadi, daraja, solishtirma namlik 
kamayadi. Shamol yetarli darajada tezlik va yoʻnalishi boʻylab oʻzgaradi. Bunday 
oʻzgarishlar joyning tekisligiga qarab erkin atmosferada, katta va kichik ta’sirlar 
(yaqindagi yer yuza qatlami bilan bogʻliq) togʻlarda ham yuz beradi. Togʻlarda 
bulut bilan qoplanganlik, yogʻingarchiliklar yuqoriligining xarakterli oʻzgarishlari 
kuzatiladi. Yogʻingarchiliklar qoidaga binoan avval joy balandligida kuchli qayd 
etiladi, lekin keyin ayrim bosqichlarda kamayadi. Natijada togʻlarda yuqori iqlim 
hududiylashganligi vujudga keladi. Iqlim sharoitlari joy balandligi bilan bogʻliqligi 
bilan kuchli farqlanadi. Bunda gorizontal yoʻnalishdagi kenglikdagi oʻzgarishdan 
koʻra balandlikdagi oʻzgarish birmuncha koʻp. 
Iqlim hududiylashganligining yuqoriligi togʻlardagi metereologik oʻlchamlar 
yuqoriligi barcha iqlim sharoitlari majmuining tez oʻzgarishini hosil qiladi. Bir 
iqlim hududi (yoki mintaqa) ning boshqasini hosil qilishi oʻsimliklar oʻzgarishiga 
muvofiq. Yuqori iqlim hududlarining almashinuvi kengliklar yoʻnalishidagi iqlim 
hududlari almashinuvini eslatadi. Farqi shundaki, oʻzgarish uchun gorizontal 
yoʻnalishda minglab kilometr siljish, togʻlarda esa balandlikning faqat bir 
kilometrga oʻzgartirish yetarlidir. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling