Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


-rasm. Iqlim oʻzgarishining oq ayiqlarning migratsiyasiga ta’siri


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54
Bog'liq
иклим кулланма

3-rasm. Iqlim oʻzgarishining oq ayiqlarning migratsiyasiga ta’siri 
Dengiz sutemizuvchilar biri morjlar uchun muz boʻlaklarining dengiz 
sohilidan ajralib ketishi hayvonlar uchun xavfli hisoblanadi. Morjlarning asosiy 
oziq mahsuloti mollyuskalar boʻlib, muz parchalari koʻchib ketadigan boʻlsa 
morjlar oziq uchun dengiz tubiga chuqurroq shoʻngʻishga majbur etadi. 
Kanada, Grelandiya, Norvegiya va AQShdagi tadqiqotchilar “Ecological 
Applications” (2007) jurnalida oʻz maqolalarini chop ettirdilar. Aniqlanishicha
Arktikaning bir qator dengiz sutemizuvchilariga iqlimning isishi yashash muhitiga 
ta’sir etadi, oziq tanqisligi va koʻpayishiga ta’sir etadi. Tadqiqotchilar 9 ta 
koʻrsatkich sutemizuvchi hayvonlarning iqlim oʻzgarishiga qarshi moslashishi 
mumkinligini ta’kidlab oʻtishdi, bular: populyasiya soni, yashash muhitining 
oʻziga xosligi, xilma-xil ovqat rejimi va oʻzgarishlarga moslashish, asosan 
muzliklar bilan yuzaga keladigan holatlar. Britaniya olimlarining fikricha, soʻnggi 
yillarda 
kiyiklar 
populyasiyasining 
kengayishi 
koʻpgina 
mayda 
sutemizuvchilarning nobud boʻlishiga olib keladi, chunki hayvonlar oʻsimliklar 
qoplamini nobud qiladi va oʻzidan keyin boshqa hayvonlarga oziq qoldirmaydi.
Tropiklarda yashaydigan Uchadigan tulkilar pishgan mevalarni qidirishi 
muntazam ravishda ommaviy migratsiya boʻlishiga olib kelmoqda. Masalan, 
Ugandada yashaydigan Uchadigan tulkilar Afrikaning janubiga koʻchadi, agar 
Janub yarimsharda yoz kelsa, yomgʻir kelishi bilan qayta shimolga – Nil 
daryosining qirgʻoqlariga uchib keladi (4-rasm) 


43 
4-rasm. Uchar tulkilar 
Shimoliy yarim sharlarda kemiruvchilardan lemminglar yashaydi. Bu mayda 
hayvonlar yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Umuman olganda bu 
hayvonlar qor qoplami koʻp boʻlgan paytda qor ostiga oʻsimliklardan keng 
foydalanadi va qishning yakuniga kelib koʻpayadilar.
Norvegiya 
tadqiqotchilarning 
fikriga 
koʻra, 
1994-yildan 
boshlab 
lemminglarning populyasiyasining oʻzgardi. 
Populyasiya dinamikasining oʻzgarishi asosan iqlim isishi degan xulosaga 
kelishdi. Iqlimning oʻzgarishi qishning kech kelishi va bahorning erta boshlanishi 
bilan kuzatiladi. Bunday holatda qor qoplamining pastki qatlami muzlaydi. 
Lemminglar uchun qor osti maydon qisqaradi. Hayvonlarning koʻpayshishi uchun 
joy qolmaydi. Oziq resurslarning yetishmasligi lemminglarning migratsiyaga 
oʻtishga majbur etadi. Lemminglarning migratsiyasida millionlab hayvonlar yangi 
hududlarga oʻtadilar. Koʻchish vaqtida koʻpgina lemminglar daryolardan oʻtishda 
nobud boʻladilar.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling