Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54
Bog'liq
иклим кулланма

Doxa mintaqaviy portali. Doxadagi tarafdorlarning 18-konferensiyasi 
kelgusidagi yangi global kelishuvga ba’zi aniqliklarni kiritib berdi, shuningdek, 
Konvensiya organlari tuzilmasini kayta tuzish uchun muhim joy boʻlib xizmat 
kildi. 18-konferensiyada qabul qilingan qaror va kelishuvlarning umumiy majmui 
"Doxa mintakaviy portali" nomini oldi. Konferensiyada moliyalashtirish, Sof 
tarakkiyot mexanizmi iqlimiy texnologiyalar markazi va tarmogʻi ishini 
aniqlashtirish va ish rejalari boʻyicha muhim qarorlar qabul qilindi. 
Konferensiyaning moliyalashtirishga oid muvaffakiyatli qarorlaridan biri sifatida 
Yashil iqlim jamgʻarmasi boʻyicha kelishuvni ajratib koʻrsatish mumkin.
Yashil 
iqlim 
jamgʻarmasidan 
mustakil 
sekretariat 
tashkil 
kilish, 
moslashtirish qoʻmitasi va texnologiyalarni berish boʻyicha qoʻmita bilan ishlashni 
boshlash, shuningdek, mamlakatlarning iqlim boʻyicha milliy strategiyalariga mos 
tarzda davlat va xususiy sektorni samarali moliyalashtirish boʻyicha oshkora chora-
tadbirlarni ishlab chiqish suraldi. Oʻzbekiston uchun oxirgi talabjuda istikbolli 
xisoblanadi.
Agar Respublikamiz iqtisodiyot rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarini 
xisobga oladigan iqlim boʻyicha batafsil strategiyani tayyorlay olsa va uni 
manfaatdorlar orasida tarkatish boʻyicha tegishli choralarni kura olsa, bizda Yashil 
iqlim jamgʻarmasidan pul mablagʻlari jalb kilish uchun katta imkoniyatlar boʻladi. 
"Sof tarakkiyot mexanizmiga oid boshqaruv"ni qabul kilish boʻyicha kelishuv 
Oʻzbekiston uchun muhim axamiyatga ega boʻlgan yana bir qaror buldi.


77 
Sof tarakkiyot mexanizmi dunyoning 80 ta mamlakatida ruyxatga olingan 
loyixalarga 215 milliard dollardan ortiq investitsiyalar jalb kilish orkali 
muvaffakiyat qozondi. Shu sababli xam Kioto Protokoli majburiyatlarining 
birinchi davri tugaganidan soʻng bu muvaffakiyatli ishlarni davom ettirish zarurati 
aniqlandi. Barcha tomonlar sof tarakkiyot mexanizmining tartib va usullarini 
oʻzgartirish boʻyicha oʻz takliflarini 2013-yilning 25-martiga kadar berishlari 
suraldi.
Mazkur takliflar amalga oshirish boʻyicha yordamchi organga kurib chiqish 
uchun berildi, u esa, uz navbatida, sof tarakkiyot mexanizmi ishidagi ishlangan 
oʻzgarishlarni tasdiqlash uchun 19-konferensiyada xisobottakdim kildi. Xuquqiy 
nuqtayi nazardan, xududiy darajadagi axamiyatga molik boʻlgan, iqlimiy xavflarni 
boshqarishga yoʻnaltirilgan asosiy xujjatlarga MDX davlatlari raxbarlari kengashi 
tomonidan imzolangan, 1992-yil 8-fevraldagi "Gidrometeorologiya soxasidagi 
uzaro xamkorlik toʻgʻrisida"gi Kelishuvni kiritish mumkin.
Kelishuvda aytilishicha, shartnomadagi yukori tomonlar kelishilgan 
kuzatuvlar uslubiga rioya kilish va ma’lumotlarni toʻplash xamda tarqatish 
texnologiyasini oʻz ichiga olgan gidrometeorologiya ma’lumotlarini olish va 
ulardan foydalanish soxasida yagona siyosatni ishlab chiqadilar va oʻtkazadilar. 
Ushbu kelishuvning maqsad va vazifalarini bajarish uchun tomonlar MDX 
xukumatlari boshliqlari Kengashi darajasida 1992-yil 9-aprelda "MDHga a’zo 
davlatlarning gidrometeorologiya soxasidagi uzaro xamkorligi toʻgʻrisidagi 
kelishuvga a’zo davlatlarning Gidrometeorologiya boʻyicha davlatlararo kengashi 
faoliyati tartibi va uni moliyalashtirish vaqolatlari toʻgʻrisida"gi, 1992-yil 8-
fevralda esa kengash ijroiya qoʻmitasini tashkil kilish boʻyicha protokollarni 
imzoladilar. 2004-yilning 16-aprelida MDH xukumatlari raxbarlari kengashining 
qarori bilan MDXga a’zo davlatlarning gidrometeorologik xavfsizligi Konsepsiyasi 
tasdiqlandi. Ushbu Konsepsiyaning 1.2-bandida "xavfli gidrometeorologik" va 
"geliogeofizik xodisa" tushunchalariga uzining axamiyati, intensivligi, davomiyligi 
yoki kelib chiqish vaqtiga koʻra insonlar xavfsizligiga taxdid soladi, shuningdek, 
sezilarli moddiy ziyon xam yetkazishi mumkin, deb izox beriladi. Iqlimga oid 


78 
xavflarni boshqarishni ta’minlovchi keyingi xududiy darajadagi xujjat 1999-yil 13-
yanvarda MDH xukumat raxbarlari kengashi tomonidan imzolangan "Ekologik 
monitoring soxasidagi xamkorlik toʻgʻrisida"gi Kelishuvi xisoblanadi.
Mazkur xududiy Kelishuvning muhimligi shundan iboratki, uning 2-
moddasida "ekologik monitoring" tushunchasiga tabiiy atrof-muxit xolatini 
kuzatish, baholash va prognoz kilish, antropogen ta’sirlar manbai va atrof-muxitni 
muxofaza kilish xamda tabiiy resurslardan foydalanish soxasida qarorlar qabul 
kilishni ta’minlash uchun ekotizim oʻzgarishi tendensiyalarini uz vakgida aniqlash 
tizimi, deya izox beriladi. Shuningdek, "ekologik xavfsizlik" tushunchasiga shaxe, 
jamiyatning va davlatlarning tabiiy atrof-muxitining tabiiy va antropogen 
xarakterdagi favkulodda xolatlarning kelib chiqishi va oqibatlari xavfidan 
himoyalanganlik xolati, deya tavsif berilgan. Bundan tashkari, bu kelishuvda 
ekologik monitoringning Davlatlararo tizimini tashkil kilish taklif qilingan 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling