90
ATAMALAR ROʻYHATI
Abadiy muzliklar - yer poʻstining yuqori qismidagi jinslar, ular doimo muz
holatida boʻladi va faqat yoz faslida bir necha oʻn santimetr chuqurlikkacha eriydi.
Rossiya hududida abadiy muzliklar umumiy quruqlik maydonining 50 % dan ortiq
qismini egallaydi.
Abiotik omillar – tabiiy muhitning organizmlarga ta’sir etadigan: a) iqlimiy
-yorugʻlik, issiqlik, havoning kimyoviy tarkibi, uning harakati, namligi; b) edafik -
tuproqning
mexanik va kimyoviy tarkibi,
uning fizikaviy xossalari; v)
topografik
(yoki orografik) - relefning sharoiti.
Adaptatsiya - organizmning yashash muhiti sharoitiga moslashuv jarayoni.
Bu jarayon hamma vaqt uchta asosiy omil ta’siri ostida rivojlanadi, ya’ni: irsiyat,
oʻzgaruvchanlik va tanlanish (tabiiy va sunʻiy).
Adekvat oʻzgarish, moslashuv, moyil oʻzgarish - tashqi muhitning
oʻzgarishiga qarab shu muhitda yashab turgan organizmlarning ham oʻzgarishi,
unga moslashuvi.
Agrokimyo - oʻsimliklarning turli kimyoviy
moddalar bilan aloqasi
haqidagi fan. Agrokimyo oʻgʻitlarning xususiyatlari, oʻsimliklarning oziqlanishi va
ularni himoya qiluvchi kimyoviy vositalardan foydalanish
kabi choratadbirlarni
aniqlab beradi.
Agrotexnologiya - qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini oʻstirish,
yerni haydash,
oʻgʻitlash, urugʻlik
tayyorlash, ekish,
ekinlarni parvarishlash, hosilni yigʻishtirib
olish va shu kabi ishlarni bajarish xullas dehqonchilik ishlari texnologiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: