Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54
Bog'liq
иклим кулланма

Ekologik jamgʻarma - atrof-muhit muhofazasi va sanitar-gigienik holatini 
yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni (dastur, reja, loyiha, konferensiya, munozara, 
uchrashuv, missiya) moliyaviy ta’minlash maqsadida toʻzilgan pul jamgʻarmalari. 
Ekologik javobgarlik - ekologik xavfsiz muhitni ta’minlashdagi davlat, 
jamiyat va shaxslarning hozirgi hamda kelajak avlodlar oldidagi burchlari va 
majburiyatlari, shuningdek, ularni bajarmasligi tufayli yuzaga keladigan ijtimoiy-
iqtisodiy va yuridik harakterdagi salbiy oqibatlar. 
Ekologik koʻrsatkich - atrof tabiiy muhitni sifat meʻyorlarining koʻrsatkichi 
boʻlib, ekologik meʻyorlar orqali usimlik va hayvonot dunyosini saqlanib qolishi 
ta’minlanishidir. birinchidan, ekologik meʻyorlarni belgilashda atrof tabiiy muhitni 
saqlab qolish maqsadi tursa, ikkinchidan, ekologik meʻyorlarni bajarish zararli 
ta’sir koʻrsatuvchi obʻektlarga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning 
imkoniyatlariga mos kelishi zarur. Eng avvalo, ekologik meʻyoriylarni 
belgilashdan maqsad ekologik inqirozlarni oldini olish. 
Ekologik madaniyat - atrof-muhitdan tabiatning rivojlanish qonuniyatlarini 
anglab etgan hamda inson faoliyati ta’sirining yaqin va uzoq kelajakdagi 
oqibatlarini inobatga olgan holda foydalanish; Ekologik madaniyat umuminsoniy 
madaniyatning moddiy va ma’naviy mexnat mahsuli sifatida aks etgan tarkibiy 
qismidir. E.m. taraqqiyoti kasbiy ekologik ta’lim va tarbiya hamda haqqoniy 
ekologik ma’lumotlarni ommaga etkazish bilan chambarchas bogʻliqdir. 
Ekologik meʻyor - bu atrof tabiiy muhitni muhofazasi yuzasidan 


98 
belgilangan aniq bir talabdir. Ekologik meʻyorlash esa, ushbu talabni belgilash 
boʻyicha jarayonni anglatadi. Atrof tabiiy muhit meʻyoriylari bizning fikrimizcha 
quyidagi koʻrsatkichlarni belgilashga qaratilgandir. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling