Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54
Bog'liq
иклим кулланма

Ekologik omillar - tirik organizmlarning yashash muhitini belgilovchi va 
unga ta’sir etuvchi komponentlar tushuniladi. Ular tabiati, ta’sir doirasi, darajasi va 
sharoiti, kelib chiqish vakti va davriyligiga koʻra tasniflanadi. Masalan, tabiiy 
omillarni kelib chiqishiga koʻra-kosmik, abiotik, biotik, biogen, biologik
antropogen omillarga ajratish mumkin.
Ekologik ong – har bir insonning xayoti va faoliyatida atrof tabiiy muhit 
uning yashash makoni ekanligini anglash darajasi. Ekologik ongli insonni har doim 
ham ekologik madaniyatli, deb bulmaydi. Chunki ekologik barqarorlik zaruriyatini 
anglash xali uni inson uz faoliyatida tadbiq qildi, degan suz emas. Insonlarning 
Ona-tabiatga nisbatan ekologik ongli faoliyatlari ularning ekologik madaniyatlarini 
belgilaydi. 
Ekologik piramidalar qoidasi - yuqori energetik darajalarning har birida 
toʻplanib boradigan energiya miqdorining jadal kamayib borish qonuniyati 
Ekologik qator – organizmlar uyushmalarini hal qiluvchi omilning (yoki bir 
necha omillarni) ortib yoki kamayib borishiga nisbatan joylanishi. Hal qiluvchi 
omillar boʻlib: tuproqning namligi yoki shoʻrlanganligi, tuproqdagi chirindining 
yoki mineral elementlarning miqdori va shu kabilar hisoblanadi.
Ekologik qaydnoma - ekologik tusdagi asosiy xalqaro shartnomaga 
qoʻshimcha qilinadigan hujjat. 
Ekologik siyosat - muayyan davlatda yoki xalqaro miqyosda ma’lum bir 
yer, suv va havo kengligida yuzaga kelgan ekologik holatni hisobga olgan tarzda, 
atrof-muhitni yaxshilash hamda sogʻlomlashtirishga qaratilgan ichki va tashqi 
ijtimoiy-iqtisodiy harakat. 
Ekologik tizim (ekotizim) - tabiat qonuniyatlariga monand ravishda oʻzaro 
uzviy funktsional bogʻlangan tirik organizmlar va ularning yashash muhiti 
elementlari yigindisidir. Ushbu abiotik va biotik omillar (jumladan inson ham) 
modda va energiya almashinuvi jarayonida “yagona zanjir” boʻlib hisoblanadi. 
Ekologiya - tirik organizmlar oʻzaro va ularni yashash muhiti bilan boʻladigan 
munosabati haqidagi fan, deb yuritiladi. Bu ma’no uning grekcha atamasidan kelib 
chiqqan tarzda ifoda etilgan. Chunki grekchada “oikos”-uy, yashash joyi, yashash 


100 
muhiti, “logos”-ta’limot degan tushunchani anglatadi. Uni birinchi boʻlib fanga 
nemis tabiatshunos olimi Ernest Gekkel 1866-yilda chop etilgan oʻzining 
“Organizmlarning umumiy morfologiyasi” degan kitobi orqali olib kirdi. Uning 
ta’rifiga koʻra, “Ekologiya-tabiatni iqtisodiy jihatdan tadqiq qilish orqali hamma 
tirik organizmlarning organik va noorganik muhit unsurlari bilan birga, uning ta’sir 
doirasida turgan antogonistik va noantogonistik aloqadorlikda boʻlgan usimlik va 
hayvonot dunyosi urtasidagi munosabatlarni ochib berishi”dir. 
Ekosfera - global ekologik tizim boʻlib, uning tarkibi va tuzilishi 
organizmlarning planetar majmuasi tomonidan aniqlanadi va nazorat qilinadi. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling