Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54
Bog'liq
иклим кулланма

Ekologik monitoring - er kurrasi, muayan mintaqa, mamlakat yoki hududda 
atrof muhit holatini maxsus vakolatli idoralar, tashkilotlar va organlar yordamida 
kuzatib borish. Ushbu kuzatuvni amalga oshirishda, ya’ni monitoring tizimida: 
tabiiy obʻekt va resurslarni hisobga olish, ularni baholash, istiqbolini va ularga 
ta’sir etuvchi salbiy xodisa va jarayonlarning oldini olish chora-tadbirlarini 
belgilash kerak boʻladi.
Ekologik munosabat - tabiatni muhofaza qilish, uni sogʻlomlashtirish, 
yaxshilash va tabiiy zahiralardan oqilona foydalanishda kelib chiqadigan
kishilarning harakat yoki harakatsizliklarini belgilovchi ijtimoiy munosabat turi. 
Ekologik munosabat milliy qonun va qonun osti meʻyoriy hujjatlarda (yuridik 
harakterdagi), axloq-odob qoidalarida (ijtimoiy harakterdagi), halqaro huquq 
meʻyorlarida (siyosiy harakterdagi) oʻz aksini topgandir. 
Ekologik nazorat - ekologik munosabat subʻektlarining tabiiy resurslardan 
oqilona foydalanishlari va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishlariga oid 
faoliyatlarini vakolatlangan davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va jamoat 
birlashmalari tomonidan tekshirib borish hamda tegishli chora-tadbirlarni amalga 
oshirish tizimi. 
Ekologik nisha - turning tabiatdagi oʻrni, u turning makondagi holati va 
jamoadagi funksional rolini oʻz ichiga oladi, yashashning abiotik sharoitiga 
munosabati. Ekologik nishani yashash joyi bilan adashtirish mumkin emas, chunki 
u organizm shunchaki egallab turgan fizik makon emas, balki uning jamoadagi 
ekologik funksiyalari bilan aniqlanadigan oʻrnidir. Asosiy nisha – unda tur yoki 
populyasiya raqobat kurashida yengib chiqishga qodir boʻladi 
Ekologik omil – tirik organizmning moslashish harakteriga javob beradigan 
tashqi muhitning har qanday elementi. Uning abiotik, biotik va antropogen turlari 
ajratiladi 


99 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling