Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
иклим кулланма

Suksessiya - muayyan hududlardagi biotsenozlarning tabiiy omillar yoki 
inson ta’sirida ketma-ket almashinishi 
Sunʻiy sistema - organizmlarning faqat tashqi koʻrinishiga (subʻektiv 
xususiyatlariga) qarab bir tomonlama tuzilgan sistema.
Sunʻiy yomgʻir - sugʻorishning mexanizatsiyalashtirilgan usullaridan biri. 
Bunda suv katta bosim ostida havoga sochuvchi apparatlar vositasida sepiladi.  
Tabiiy ekotizim - tabiiy muhitning obʻektiv tarzda mavjud boʻlgan qismi, u 
hududiy chegarasiga ega boʻlib, unda tirik va notirik elementlar yagona birlik 
sifatida oʻzaro ta’sir koʻrsatadi va bir-biri bilan modda va energiya almashinish 
boʻyicha bogʻlangan boʻladi. 
Tabiiy muhitni muhofaza qilish - atmosfera, oʻsimlik va hayvonot 
dunyosi, tuproq, suv va yer yuzasini saqlashga yoʻnaltirilgan davlat va jamiyat 
tadbiri. Muhofazaning asosiy prinsipi qoʻyidagilar: tabiatdan oqilona foydalanish
atrof muhitga yetkazilgan zararni qoplash va tabiatdan foydalanish; davlat ekologik 
ekspertizasining majburiyligi; atrof muhit holati haqida ishonchli ma’lumot olish 
uchun har bir kishining haqli ekanligiga amal qilish. 
Tabiiy sharoit - biron bir obʻektga aloqador boʻlgan tabiatning barcha 
jihatlarini oʻziga qamrab olgan boʻlib, juda keng ma’noga ega tushuncha. Mantiqiy 
yondashuv sharoit nimaga taalluqli ekanligini aniq koʻrsatilishini, ya’ni “sanoatni 
rivojlantirishning tabiiy sharoiti”, “dehqonchilikni rivojlantirishning tabiiy 
sharoiti”, “temir yoʻl qurilishining tabiiy sharoti”, “inson hayotiy faoliyatining 


107 
tabiiy sharoiti” va h.k. tarzda ifodalashni talab qiladi.
Tozalanish darajasi - tozalanib tashlangan gaz yoki ifloslantiruvchi 
moddaning tozalanmasdan oldingi miqdoriga nisbati 
Tuproq degradatsiyasi - gumus qatlamining kamayishi va hosildorligining 
pasayishi bilan birga boradigan tuproq sifatining asta-sekin yomonlashuvi. 
Degradatsiya tuproqqa mineral oʻgʻitlarning haddan tashqari koʻp solinishi, tuproq 
unumdor qatlamining yemirilishi, botqoqlanish va boshqalar natijasida kelib 
chiqadi. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling