Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
иклим кулланма

Minimum qonuni - bunda hosildorlik (mahsulot) minimum holatda boʻlgan 
omilga bogʻliq boʻladi. (masalan, agar tuproqda fosfor miqdori minimal darajada 
boʻlsa bu hosildorlikni pasaytiradi. 
Mutant – 1. Mutatsiya natijasida genotipi oʻzgargan organizm. 2. Mutagen 
ta’sirida (mutatsiya tufayli) genotipi oʻzgargan yangi organizm. 3. mutatsiyani 
tashuvchi hujayra yoki organizm.
Mutatsion oʻzgaruvchanlik – 1. Organizmda yangi irsiy belgi - 
xususiyatlar hosil qiladigan gen va xromosomalarning tarkibiy oʻzgarishi. 2. 
Organizmdagi belgi va xususiyatlarning tasodifiy (sakrash yoʻli bilan) irsiy 
oʻzgarishi.
Mutatsiya – 1. Tabiatdagi biror omil ta’sirida organizmda toʻsatdan roʻy 
beradigan oʻzgarish. 2. Toʻsatdan hosil boʻladigan irsiy oʻzgaruvchanlik. 3. 
Organizmdagi belgi va xususiyatlarning tasodifiy (sakrash yoʻli bilan) irsiy 
oʻzgarishi. 4. yangi belgi yoki xususiyatning kelib chiqishiga sabab boʻluvchi gen, 
xromosoma yoki genom darajada irsiy axborotning oʻzgarishi. Generativ 
mutatsiyalar jinsiy hujayralarda kuzatiladi, irsiylanadi, somatik mutatsiyalar 
somatik hujayralarda kuzatiladi, faqat oʻsha hujayra avlodlarida irsiylanadi.
Ob-havo - ma’lum joyda kunning ma’lum vaqtidagi atmosfera holati. Ob-
havo parametrlariga atmosfera bosimi shamol tezligi va yoʻnalishi, havo namligi 
va harorati kiradi 
Oqim - atmosfera yogʻinlari suvlarining muayyan hududdan daryolarga, 
soʻngra okean yoki berk koʻllarga oqib chiqishi. yer osti va sirt oqimlari ajratiladi. 
Sirt oqimlari yonbagʻir va oʻzan oqimlariga boʻlinadi.
Ov qilish - tabiiy erkinlik holatida yashaydigan yovvoyi hayvonlarni tutish 
maqsadida izlash, iziga tushish va quvlab borish, tutishga intilish va tutish (otish, 
tutib olish). 
Oziq zanjiri - oʻzaro aloqador boʻlgan turlar zanjiri, uning har bir 
navbatdagi xalqasi keyingisi uchun ozuqa boʻladi.  
Ozon tuynugi - ma’lum balandlikdagi atmosfera ozon qatlamida ozon 


105 
miqdori kam boʻlgan (50 % gacha va undan koʻproq kamaygan) katta boʻshliqni 
harakterlovchi ibora. Ozon qatlamining siyraklashishi jiddiy ekologik xavf boʻlib 
hisoblanadi, chunki u atmosferaning barcha tiriklikni ultrabinafsha nurlardan 
himoya qilish qobiliyatini susaytiradi 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling