Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
иклим кулланма

Ozuqa zanjiri - biri ikkinchisiga ozuqa boʻladigan organizmlarning ketma-
ket keladigan zanjir. 
Populyasiyaning mahsuldorligi – muayyan vaqt, odatda bir yil davomidagi 
hosil boʻlgan massaning miqdori.
Prokariotlar – 1. Shakllangan yadrosi boʻlmaydigan organizmlar
bakteriyalar, koʻk-yashil suvoʻtlar. 2. differensiatsiyalashgan yadroga ega 
boʻlmagan bir hujayrali organizmlar (bakteriyalar, koʻk-yashil suv oʻtlari).
Qizil Kitob – noyob yoki yoʻqolib ketish xavfida turgan organizmlar 
turlarining biologiyasi, tarqalishi, ba’zi turlari sonining kamayib va yoʻqolib ketish 
sabablarini qayd qiluvchi hujjat.
Qoʻriqxona - alohida muhofaza etiladigan oddiy va noyob tabiiy 
majmualar, oʻsimliklar hamda hayvonlarning irsiy fondlarini saqlab qolish va 
oʻrganish, tabiiy jarayonlar va hodisalar oʻzgarishi ustidan monitoring oʻtkazish 
maqsadida ilmiy-tadqiqot muassasasi. 
Qora roʻyxat - qirilib ketgan oʻsimlik va hayvonlar turlarining nomi 
yozilgan roʻyxat nomi. Ba’zi bir tabiatda yoʻqolib ketgan oʻsimliklar botanika 
bogʻlarida, hayvonlar esa muzeylarda qotirilgan holda saqlangan 
Quruq havo - faqat doimiy gazlardan tashkil topgan, ya’ni tarkibida suv 
bugʻi, shuningdek qattiq va suyuq aralashmalar (chang va kondensatsiya 
mahsulotlari) boʻlmagan havo.
Sanoat ishlab chiqarish chiqindilari - sanoat mahsulotlari ishlab 
chiqarishda yoki ish bajarishda hosil boʻlgan va oʻzining dastlabki istemol 
hossasini toʻliq yoki qisman yoʻqotgan xom ashyo va materiallar qoldigʻi. 
Chiqindilar qattiq (yogʻoch va boshqa materiallar), suyuq, (oqova suvlar, 
ishlatilgan organik erituvchilar va boshqalar) va gazsimon (avtoulov chiqindi 
gazlari va b.q) kabi turlarga ajratiladi 


106 
Shovqin ta’siri - zararli fizik ta’sir shakli. Ovoz tebranishlari tabiiy 
darajasining oshishi natijasida hosil boʻladi, inson uchun jiddiy fiziologik 
oqibatlarga olib keladi. Shovqin natijasida oromning buzilishi odatda, antropogen 
shovqin manbalari (transport, maishiy uskunalar, sanoat korxonalar) ta’sirida hosil 
boʻladi. Bunda odamda toliqish kuchayadi, aqliy faollik va ishlab chiqarish 
imkoniyati pasayadi, asab kasalliklari paydo boʻladi.
Siklon - past havo bosimli (markazida minimal bosim) va shimoliy 
yarimsharda soat strelkasiga teskari, janubiy yarimsharda soat strelkasi boʻyicha 
sirkulyasiyali atmosfera gʻalayoni.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling