Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54
Bog'liq
иклим кулланма

Harorat koeffitsienti – atrof-muhit havosining haroratini 10
0
C ga 
koʻtarilganda, oʻsimliklarda roʻy beradigan nafas olish jarayonlarining oʻzgarishini 
koʻrsatadigan koʻrsatkich.
Havo massasi - maydoni boʻyicha materik va okeanlarning katta qismlari 
oʻlchamiga ega boʻlgan, deyarli bir xil hossali va atmosfera umumiy 
sirkulyasiyasining biror oqimi boʻylab harakatlanuvchi troposfera havosi miqdori.
Hayotiy shakllar - oʻsimliklarning tashqi muhitga turli hayotiy usullar bilan 
moslashuvi natijasida kelib chiqqan shakllar. Masalan, bir yillik va koʻp yillik 
oʻtlar, butalar va daraxtlar.
Hayvonot dunyosidan foydalanuvchilar - hayvonot dunyosi obʻektlarining 
foydali xususiyatlaridan oʻz ehtiyojlarini qondirish maqsadida jismoniy hamda 
yuridik shaxslarning qonun hujjatlarida belgilangan shartlar va tartibda 
foydalanishlariga aytiladi.
Huquqiy ekologik ekspertiza - "Tabiatni muhofaza kilish tugrisidagi" 
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni boʻyicha konun va huquqiy akt (hujjat)larni 
ekologiyalashtirganlik darajisini tekshirish. 
Ifloslanish - atrof muhitga har qanday qattiq, suyuq va gazsimon moddalar, 
mikroorganizmlar yoki energiyaning (tovush, shovqin, nur) inson va hayvonlar 
salomatligi uchun ekotizim holati uchun, zararli boʻlgan miqdorda tushishi. 
Ifloslanish turlari - ifloslanishning qoʻyidagi turlari mavjud: tabiiy 


102 
ifloslanish - vulqon otilishidan hosil boʻlgan changlar, chang bulutlari; fizik 
ifloslanish-radiatsiya, shovqin; kimyoviy ifloslanish – kuchli zaharli organik 
moddalar, texnik chiqindilar va qishloq xoʻjalik oqova suvlari. 
Ifloslantiruvchi modda miqdori - atmosferaga vaqt birligi ichida 
chiqariladigan ifloslantiruvchi modda. 
Ifloslantiruvchi moddaning ruxsat etilgan chegaraviy miqdori - aholi 
punktlarida gigienik meʻyorlariga rioya qiladigan atmosferaga chiqarib 
yuboriluvchi ifloslantiruvchi moddaning yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan miqdori. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling