Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54
Bog'liq
иклим кулланма

Ijtimoiy ekologiya - jamiyat tuzilmalarining atrof tabiiy va ijtimoiy muhit 
bilan aloqasini oʻrganuvchi fanlar majmui. 
Inson ekologiyasi - fanning kompleks ekologik-ijtimoiy-iqtisodiy sohasi 
boʻlib, unda yashash muhiti tabiiy-ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy sharoitlari insonning 
turli extiyojlarini qondirishda teng ahamiyatga ega boʻlgan muhim qismlar sifatida 
koʻrib chiqiladi va tadqiq etiladi. 
Introduksiya – 1. Maqsad bilan yoki tasodifan bir tur oʻsimlikni oʻzining 
tabiiy arealidan tashqarida oʻstirish 2. Mahalliy tabiiy kompleksga qandaydir 
begona turni muvaffaqiyatli tarzda kiritish. 3. Oʻsimliklarning tur va navlarini 
boshqa joylardan keltirish.
Issiqxona effekti - yerning olam fazosi bilan nurli issiqlik almashinuvi 
jarayonidagi atmosferaning himoya ta’siri. Issiqxona oynalari kabi atmosfera yer 
sirtiga quyosh radiatsiyasini yetarlicha yaxshi oʻtkazadi; biroq yer sirtining uzun 
toʻlqinli nurlanishi atmosferada (asosan suv bugʻi va uglerod oksidi tomonidan) 
kuchli yutiladi. Bu yoʻl bilan isigan atmosfera yer sirtiga uning radiatsion issiqlik 
yoʻqotishini sezilarli darajada kompensatsiyalovchi uchrashma nurlanish tarqatadi.
Jamoat ekspertizasi - fuqarolar, fuqarolar yigʻini, oʻzini oʻzi boshqarish 
organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar mablagʻlari hisobidan ekologik 
ekspertiza oʻtkazish. Ularning xulosalari tavsiya kuchiga egadir. 
Kimyoviy qirol - ommaviy qirgʻin quroli. Jangovar zaharlovchi moddalar - 
gazlar, suyuqliklar va qattiq moddalar yordamida butun biotalarni zaharlab ta’sir 
koʻrsatadi. Raketalar, minalar, bombalar yordamida yoki samolyotlardan purkab 


103 
qoʻllaniladi. Kimyoviy qurollar katta miqdorda Vetnamdagi urushda qoʻllanilgan, 
unda 4 yil ichida 10 ming odam vafot etgan va bir milliondan ortiq odamlar 
nogiron boʻlib qolgan. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling