Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


Mavzuni oʻzlashtirish uchun savollar


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54
Bog'liq
иклим кулланма

 
Mavzuni oʻzlashtirish uchun savollar 
5. Iqlim oʻzgarishining tabiiy va antropogen sabablar nimalardan iborat? 
6. Iqlim oʻzgarishiga sabab boʻluvchi ichki va tashqi omillarga nimalar kiradi? 
7. Iqlim oʻzgarishiga sabab boʻluvchi antropogen ta’sirlarga aniq misollar 
keltiring?
8. Iqlim oʻzgarishiga namlikning va harotatning ta’siri? 
9. Qanday gazlar “issiqxona gazlari” deyiladi? 
10. “Issiqxona gazlari” ga sabab boʻluvchi asosiy omillar nimalardan iborat?
11. Atmosferadagi issiqxona gazlari konsentratsiyasi oʻsishi iqlim oʻzgarishiga 
qanday ta’sir koʻrsatadi? 
12. Yerdan foydalanishdagi oʻzgarishlar va urbanizatsiya haqida qanday fikrdasiz? 
 
 


22 
2-MAVZU. IQLIM OʻZGARISHI OQIBATIDA BIOSFERADA BIOLOGIK 
VA EKOLOGIK OʻZGARISHLAR
REJA 
1. Qulay va noqulay iqlim sharoitlari; iqlim sharoitlarini inson hayoti va 
faoliyatiga, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga ta’siri.
2. Global iqlim evolyusiyasi, asosiy kuzatilgan oʻzgarishlar, global isish 
tushunchalari. 
3. Jahon sogʻliqlin saqlash tashkilotlari ma’lumotlari.
4. Iqlim isishi oqibatlarining aholi sogʻligiga bevosita va bilvosita ta’siri. 
Iqlim oʻzgarishi, uning barqaror emasligi nafaqat olimlar nigohida, balki 
butun dunyo jamoatchiligi koʻz oʻngida yorqin aks etmoqda. Ob-havoning keskin 
oʻzgarishi natijasida yuz berayotgan toʻfonlar, suv toshqinlari, bir tomondan 
qurgʻoqchiliq jazirama issiqlar, muzliklarning jadal erishlari ikkinchi tomondan 
anomal, ya’ni noodatiy koʻrinishga ega boʻlmoqda. 
Bizning keyingi kelajagimiz bir-birimiz va tabiat bilan oʻzaro uzviy aloqa 
bogʻlashimizga bogʻliq. Bizning zimmamizga tabiatni, oʻsimliklar, hayvonot 
olamini saqlab qolish va kelajak uchun asrashdek masʻuliyatli vazifa yuklangan. 
Kelajak taraqqiyotimiz atrof-muhitga va iqlim oʻzgarishiga mutlaqo zarar 
yekazmaydigan energiya manbalarini ishlab chiqarishga ham bogʻliqdir. Biz duch 
kelgan muammo gʻoyat ulkan, ammo unga yechim topish uchun biz avvalo
tejamkorlikka, masʻuliyat hissini tuyishga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak. Biz eng 
oddiy narsalarga: masalan, oʻz ixtiyorimizdagi energiyani tejab ishlatishga
energiyaning atrof-muhitga bezarar va samarali turlarini qoʻllashga harakat 
qilishimiz kerak. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling