Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54
Bog'liq
иклим кулланма

1-rasm. Iqlim migrantlari 
XIX asrdan boshlab katta temp bilan dengiz sathining koʻtarilishi sodir 
boʻldi. XX asrga kelib okean sathi 17 sm, 2016-yildan boshlab uning yuqori 
plankasi 3,4 mm har yili koʻtarilmoqda. Okean yaqinidagi mamlakatlarning 
qishloq xoʻjaligi va shahar infrastrukturasi okeanning barqarorligi bilan bogʻliq. 
Harorat, suv va oziq-ovqat krizislari, yongʻinlar, suv toshqini, dovul va boshqalar 
muammoli hududlarda yashaydigan aholini yashash uchun joy izlashiga va iqlim 


30 
yoki ekologik migrant (muhojir) boʻlishiga majbur etadi.
Siyosatchilar va jamiyat tashkilotlari “migrant” (muhojir) yoki “qochqinlar” 
degan iborani koʻp ishlatadi. Xalqaro huquq maydonida migrant va qochqinlar 
maqomi (status) bir xil emas. Qochqinlar oʻz mamlakatida hayotiga xavf solinishi 
yoki salomatligi sabab boʻlishi mumkin. Bunday odamlarni oʻz Vataniga 
deportatsiya (qaytarish) mumkin emas. 1951-yilda BMT tomonidan qabul qilingan 
“Qochqinlar maqomiga oid Konvensiya” protokol (bayonnoma)sida sabablar 
aniqlanadi va qachon qochqin deb hisoblash mumkinligi koʻrsatib berilgan, ammo 
ekologik muammolar bular qatoriga kirmaydi. Demak, migrantlar deb, oʻz yashash 
joyini yaxshi shart-sharoit, ta’lim, oila, martaba deb, ketgan va keyinchalik qaytib 
kelishi mumkin ekan.
BMT ma’lumotiga koʻra, migratsiyada 6 ta asosiy sabab mavjud: 
➢ Yer degradatsiyasi, choʻllashish va qurgʻoqchilik; 
➢ Tabiiy ofatlar va ob-havoning keskin oʻzgarishi; 
➢ Dengiz sathining koʻtarilishi va suv toshqini
➢ Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va atrof-muhitning antropogen 
chiqindilar bilan ifloslanishi
➢ Urbanizatsiya va infratuzilmani qurish (toʻgʻonlar, avtomobil yoʻllari 
va boshqalar); 
➢ Tabiiy resurslar uchun kurash bilan bogʻliq ziddiyatlar. 
Iqlim oʻzgarishi - bu faqat odamlar migratsiyasining bir sababi xolos. 
Migratsiya bir qator – iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va tabiiy faktorlar (omillar)ga 
ham bogʻliq. Iqlim oʻzgarishlari 250 mln kishini oʻz mamlakatlari ichida 
koʻchishga majbur qilishi mumkinligini koʻrsatmoqda. Markaziy Osiyoda 
yashayotgan qariyb 2,5 mln kishi iqlim migrantlariga aylanadi: Fargʻona vodiysi, 
Toshkent atrofi, Tojikiston janubi va Qozoqiston shimoli – oqim manzillari (Jahon 
banki hisob-kitoblari).
2050-yilga kelib, iqlim oʻzgarishi dunyoning mintaqalaridagi 216 mln 
kishini oʻz mamlakatlarining boshqa qismlariga koʻchishga majbur qilishi 
mumkin. Iqlim oʻzgarishi ichki migratsiyani harakatga keltiruvchi qudratli kuch 


31 
boʻlib aholining daromad mablagʻlariga chambarchas bogʻliq va uning ta’siri eng 
koʻp seziladigan hududlarda aholining hayot sifatiga keskin ta’sir koʻrsatadi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling