Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


-rasm. Sanoat korxonalarining atmosferani ifloslashi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54
Bog'liq
иклим кулланма

 
2-rasm. Sanoat korxonalarining atmosferani ifloslashi 
Geograflar sayyora miqyosida haroratning 1-2°C koʻtarilishi Yerning tabiat 
hududlarini qutblarga tomon 150-500 km ga surilishini ta’kidlamoqdalar. Demak 
oʻrtacha kengliklarda (dasht mintaqasida) gʻallachilik mintaqalarida yogʻinlar 
miqdori kamayadi, aksincha tropik mintaqada yogʻinlar miqdori ortadi. Koʻplab 
aholi zich yashaydigan hududlarda haroratning koʻtarilishi, kishilar salomatligiga 
sezilarli ta’sir koʻrsatishi mumkin.
Harorat va namlikning jiddiy oʻzgarishi qishloq xoʻjaligiga sezilarli ta’sir 
koʻrsatishi, xususan Shimoliy Amerikaning markaziy qismi va shunga oʻxshash 
hududlarda bugʻdoy va makkajoʻxori hosildorligi keskin kamayishi kutilmoqda. 
Yer sayyorasining harorati 1°C ga koʻtarilishi qutbiy kengliklardagi muzliklariing 
erishini 
tezlatadi. 
Demak 
dunyo 
okeani 
satxida 
koʻtarilish 
boʻladi. 


35 
mutaxassislarning ta’kidlashicha, XXI asr mobaynida dunyo okeani satxi 1-5 
metrga koʻtariladi. Okean satxining bunchalik koʻtarilishi quruqlikning salmoqli 
qismini suv bosishiga olib keladi. Chunonchi, Maldiv orollari, Okeaniya, Filippin, 
Bangladesh, Indoneziya, gʻarbiy Yevropaning dengiz sohillari suv ostida qoladi, 
Sankt Peterburg, Shanxay kabi koʻplab shaharlar toshqindan katta talofat koʻradi. 
Bu sohil boʻyidagi koʻplab aholini, kishloq va sanoat xoʻjalik ishlab chiqarishni 
qitʻa ichkarisiga koʻchirish, portlarni qayta ta’mirlashga olib keladi.
Iqlimdagi 
oʻzgarishlar 
asta-sekin 
butun 
biosferaning 
dinamik 
mutanosibligining buzilishiga sabab boʻladi. Tarixda iqlimda bunday oʻzgarishlar 
boʻlganligi ma’lum, biroq ular tabiiy yoʻl bilan boʻlgan. Tadqiqotchilarning 
xulosalariga qaraganda, Dunyo issikxonasi samarasi iqlimning sayyoraviy tarzda 
isishiga ta’sir etsa-da, maxalliy iqlimni (ayniqsa qutbiy kengliklar atrofida) 
sovushiga olib kelar ekan. Ushbu muammolarni bartaraf etishning yagona yuli 
atmosferaga chiqarilayotgan chiqindilar miqdorini kamaytirishdir. hozir dunyo 
boʻyicha atmosfera havosi ifloslanishining 20%i AQSh xissasiga toʻgʻri kelmoqda. 
Shu 
boisdan, 
1997-yili 
BMTning 
iqlim 
oʻzgarishlariga 
bagʻishlangan 
Konvensiyasida atmosferaning ifloslanishini AQShda 3%, Yevropa Ittifoqi 
mamlakatlarida 8%, Yaponiyada 6%ga kamaytirishga qaror qilindi. 
Olimlar fikriga koʻra, Yer yuzi iqlimi isib bormoqda. Qurgʻoqchiliq 
toshqinlar va ob-havoning kutilmagan injiqliklari koʻpayib borishi bashorat qilinar 
ekan, bu oʻzgarishlarga sabab inson faoliyati, deya koʻrilmoqda. Aslida Yer iqlimi 
hamisha oʻzgarib turadi va bu tabiiy jarayon sifatida koʻriladi. Ammo oxirgi asr 
mobaynida iqlim tabiiy omillar asosida emas, inson faoliyati natijasida kelib 
chiqqan oqibatlar tufayli oʻzgara boshlagani koʻplarni havotirga solmoqda. Iqlim 
oʻzgarishi haqida gapirar ekanmiz, uning asosiy omillaridan biri "issiqxona effekti" 
deb nom olgan fenomen hisoblanadi. 
"Issiqxona effekti" quyosh energiyasining yer sathida jamlanib qolishiga olib 
kelayotgan omildir. Agarda "issiqxona effekti" boʻlmaganda edi, yer yuzi iqlimi 
avvalgi holatida qolishi mumkin edi. Turli gazlarning atmosferadagi hajmi tobora 
koʻpayib bormoqda. 1880-yildan beri "issiqxona effekti"ni keltirib chiqaruvchi 


36 
gazlar hajmi 30% ga oshgan. Koʻplab olimlar xuddi ana shu omil yer yuzi 
iqlimining isishiga sabab boʻlmoqda demoqdalar. 
Ba’zi olimlar fikricha, Yer iqlimining oʻzgarishi bu tabiiy bir jarayondir. 
Lekin yaqinda eʻlon qilingan hisobotga koʻra, inson iqlim oʻzgarishiga sabab 
boʻlayotganligining ehtimoli deyarli 90 foizdir. Agarda "issiqxona effekti"ni 
keltirib chiqarayotgan gazlar hajmi kamaytirilmasa, 2100-yilga kelib Yer 
sayyorasining oʻrtacha harorati oʻrtacha 1.4 dan 5.8 C darjagacha koʻtarilishi 
mumkin. Lekin chiqindi gazlarning atmosferaga chiqarish jarayoni kamaytirilgan 
holda ham, iqlim isishi davom etaverishi mumkinligi aytilmoqda, chunki ummon, 
dengiz va muzliklarning qayta oʻzgarishga yuz tutishlari uchun yuz yillab vaqt 
kerak. Bundan tashqari atmosferaga chiqarib boʻlingan gazlarning zarasizlanishi 
uchun bir necha oʻn yilliklar lozimdir. 
Inson oʻz faoliyati bilan Yer yuzidagi muzliklarga tuzatib boʻlmas zarar 
yetkazgan, deya aytilmoqda. Ba’zi olimlar Shimoliy qutb, Arktikadagi muzliklar 
kelgusi 40-50 yil mobaynida butunlay erib ketib, ummon sathi 7 metrga qadar 
koʻtarilib ketishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqdalar. Lekin boshqa olimlar bu 
kabi ehtimolni rad etadilar. Yer iqlimi isishining Shimoliy va Janubiy qutblardagi 
muzliklarga ta’sirini oʻrganish uchun 2007-yil mart oyida "Xalqaro Qutblar Yili" 
nomi ostida ikki yillik tadqiqotlar loyihasi ish boshlagan. 
Markaziy Osiyoda esa muzli qoyalar asosiy suv manbai hisoblanadi. Ba’zi 
ekologlarga koʻra bu muzliklarning 30 foizi hozirga qadar erib ketgan. Jahon 
boʻylab iqlimshunoslar ob-havo injiqlari koʻpayib borishini bashorat qilmoqdalar. 
Masalan, notabiiy ravishda haroratning birdaniga koʻtarilib ketish hollari tez-tez 
yuz berib turishi mumkinligi aytilmoqda. Yer yuzi boʻylab yogʻingarchiliklar 
miqdori oshishi bilan birga, qitʻalar ichkarisida qurgʻoqchiliklar yuz beradi, deya 
kutilmoqda. Yogʻingarchiliklar oshishi esa, dengiz sathlarining koʻtarilishi bilan 
birga toshqinlar ehtimolini kuchaytiradi. 
Inson organizmi koʻplab tabiiy-fizikaviy ogʻirlik ta’sirlarini koʻtaradi, 
yengadi, chidaydi. Fizikaviy ogʻirlik hadsan oshib ketganda inson organizmi 
charchaganini sezadi, butun tana uning aql-idroki, mushaklar kuchi charchaydi va 


37 
ortiqcha ishlash foyda bermaydi. Shu jarayonda tanada suv, ozuqa yoki havoni 
yetishmasligi seziladi. Bu omillar insonni chidamlilik darajasini kamaytiradi. 
Muhitni ekologik holati oʻzgarsa, organizmga kerakli omillar vaqtida berilsa inson 
organizmi tez fursatda oʻzini normal ekologik holatini tiklab oladi. Ish faoliyati 
yana yaxshilanadi.
Insonni tabiiy ekologik muhiti u yerdagi har qanday fizikaviy ogʻirlik 
insonni emotsional bezovtalantiradi, oʻylab ishlashga, oʻzi bilan muhit omillari 
oʻrtasidagi munosabatlarni aniqlashsa va ularga (shamol, yogʻin, issiq-sovuq 
harorat, yer silkinishi, suv bosishi va boshq.) javob topadi, chora-tadbirlar koʻradi. 
Inson oʻzini butun aql-zakovatini ishga solib, yomon ekologik holatdan chiqishga 
harakag qiladi. 
Insonlar holatiga doimiy ta’sir qilib turadigan issiq va sovuq iqlimning ham 
mohiyati kattadir. Ya’ni Oʻzbekiston sharoitida yozgi 40.kunlik chillada harorat 
Toshkent sharoitida kunduz quyoshda 45-50° C ga koʻtarilsa, tunda 28-300 C dan 
pastga tushmaydi. Qish chillada esa harorat 18-20-25° C boʻlib, juda sovuq, Nukus 
va Urganch hududlarida qishki harorat 25-35°C ga tushadi. Sibirda esa qishki 
harorat - 50-60° C boʻlib, shu hududlarda yashaydigan insonlarga salbiy ta’sir 
koʻrsatadi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling