Oliy va o’rta ta’lim vazirligi toshkent amaliy fanlar universiteti tarix fakulteti 104-gurux talabasi


Download 25.53 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi25.53 Kb.
#1181587
Bog'liq
Falsafa ESSE Avesto




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI 104-GURUX TALABASI
ABDUVALIYEV JAHONGIR
fALSAFA FANIDAN

esse


TOPSHIRDI.

ABDUVALIYEV JAHONGIR.

TEKSHIRDI.

AMRIDDINOVA DILRABO.


TOSHKENT-2022


Mavzu: Avesto.
Avesto

Avesto vatanimiz tarixini o’rganisha muxim manba sifatida o’rganamiz. Avestoda qadimgi ajdodlarimiz tarixi urf-odatlari madaniyati ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy jarayoni haqida keng to’liq ma’lumot beradi.Har bir xalq o‘z madaniyatining qadimiyligi bilan faxrlanadi. Xalq bor joyda adabiyot 1юг, san’at taraqqiyoti mavjud. Sharqda yagona yozma yodgorlik namunasi hisoblangan «Avesto» (eramizdan awalgi IV asr)ni olib ko‘raylik. Olimlar «Avesto»ni hatto eramizdan awalgi X-IX asrlarda yuzaga kelgan deb aytishmoqda. Zardushtiylik dinining bu muqaddas kitobida muhim falsafiy ruhdagi hikoyalar o‘rin olgan. Bu noyob asardagi bir hikoyatga e’tibor beravlik. Unda hikoya qilinishicha, yaxshilikni yaratuvchi Ahuramazda bilan yomonlik kuchi Ahriman o'rtasida kurash ketadi. Yaxshilik bilan yomonlik o'rtasida kurash hech to‘xtamaydi. Goh Ahuramazda g'olib keladi, goh Ahriman. Ammo ularning hech biri o'lmaydi ham, yo'q bo'lib ham ketmaydi. Kurash davom etaveradi. Bu hikoyat ruhini insoniyat tarixiy taraqqiyotining keyingi davrlariga, hatto bugungi kun hayotimizga ham tatbiq etishimiz mumkin. , «Avesto» yaratilgan antik zamonlarda sharqda ilm-fanning, adabiyot va san’atning o'ziga xos ravishda taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Ehtimol, sharqning antik davrlarida «Avesto» kabi o'nlab nodir asarlar yaratilgandir. Yozuv taraqqiy etgan. Chunki «Avesto» bizgacha yozma ravishda yetib kelgan. Afsuski, yuzlab hikoyalarni qamrab olgan mana shu yolg'iz nodir asar «Avesto» haligacha sharq xalqlari tiliga taijima qilingan emas. Shuning uchun ham, sharqning antik tarixi yo'q degan fikrlar asossizdir. Eramizdan ancha ilgari «Avesto» bilan qariyb bir davrda yaratilgan «Bundaxshin», «Behistun», «Donkrad» kabi asarlar ham antik zamonning bebaho durdonalari bo'lib, u asarlarda ham eng qadimgi zamonlarning ko'plab hikoyatlari o‘rin olgan.

«Avesto»ning kelib chiqishi haqidagi savolga javob berish uchun ikki narsaga e’tibor berish lozim. Birinchidan, «Avesto» bir necha asrlar davomida yozilgan bo‘lib, qo‘shiq, afsona, har xil vaqtda yozilgan muqaddas kitoblami o‘z ichiga oladi. Shuning uchun «Avesto»ning kelib chiqishini umumlashtirmay, uning ayrim qismlarining yozilish davri haqida fikr yuritish kerak. Ikkinchidan, «Avesto»ning ayrim xususiyatlari faqat xronologik tarafdan emas, balki jug‘rofiy tarafdan ham farq qiladi. Ular zardushtiylik hukmronlik qilgan turli mamlakatlarda yozilgan. Bunday Xalq og'zaki ijodining dastlabki namunalari bo'lgan «To'maris», «Shiroq» afsonalari va «Avesto»da ham bir qancha hikoyatlar bor. «Avesto»da tasvirlangan voqealar, zardushtiylik dinining mohiyati jahon olimlari tomonidan e’tirof etilib, bugungi kunda bu asami o'rganishimiz kerakmi, yo'qmi degan savolga javob topilgan. Antik zamonlardayoq bobokalonlarimiz chuqur e’tiqod qo‘ygan zardushtiylik dinini va uning muqaddas qomusi «Avesto»ni o‘rganishimiz, biz avlodlar uchun ko‘p lilmtdan ahamiyatlidir. Zeroki, zardushtiylik dini bobokalonlarimizning birinchi dini edi. Butun bir «Avesto»da uning qadimgi nusxalaridan boshlab ezgulik va yovuzlik, yorug'lik va zulmat, tinchlik va urush kabi qarama-qarshiliklar o'rtasidagi kurashlar bayon etilgan bo‘lib, antiteza (qarama-qarshi, ziddiyat) usulida izohlangan. Bunday antiteza usulida yozish qadimgi. zoroastrizm she’riyatiga ham xos edi.
Avestoda falsafiy ta’limot.Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlarigacha bo`lgan davr mahsuli bo`lgan diniy-falsafiy ta`limotlardan biri zardo`shtlikdir. Bu ta`limotga Zardo`sht asos solgan bo`lib, Sharq va G`arbda Zaratushtra, Zaroastr nomlari bilan mashhurdir. Manbalarga ko`ra, Zardo`sht, eramizdan avvalgi VI asrning birinchi yarmida yashagan. Lekin uning tarixiy yoki afsonoviy shaxs ekanli haqida aniq bir to`xtamga kelingan yo`q. U o`zini payg`ambar deb e`lon qilgan. Lekin uning payg`ambarligi ilohiy asosga ega. Ya`ni bu haqiqat ilohiy kitoblarda o`z tasdig`ini topmagan. Xalq og'zaki ijodiyotining yorqin namunalari bo'lmish ertaklar, afsonalar, hikoyat va rivoyatlar qadimgi davrlardayoq keng tarqalgan edi. Bu janrlardagi asarlar folkloming boshqa janrlariga nisbatan ham iigari vujudga kelib, xalq orasida ommaviylashib ketadi. Muhim tomoni shundaki, bu janrlardagi asarlaming eng qadimgi davrlardan bizgacha saqlanib qolgan yozma shakllari mavjud. Jumladan, «Avesto»da Axraman va

Axuramazda, Ardvisura Anaxita, Qayumars (Gaya Maretan), Jamshid (Yima) haqida juda ko'plab afsonalar yaratilgan. Bu mifologik xarakterdagi afsonaviy obrazlar sharq xalqlari uchun qadimdan muqaddas sanalib kelingan. Xalqimiz bu mifologik xarakterdagi nomlarga aslo afsona deb qaramagan. Balki ularga o'tmishda haqiqatan ham yashab o'tgan tarixiy shaxslar, deb munosabatda bo'lgan. Hatto bu afsonaviy muqaddas siymolar aslo o'lgan emas, hozir ham yashab kelmoqda deb tasawur qilganlar. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatmoqdaki, bu ta`limot Vatanimiz hududida, xususan, Xorazm zaminida paydo bo`lgan. U o`z davrida xalqni ezgulik va adolat g`oyalariga da`vat etish, hayotbaxsh an`analarni shakllantirish, dehqonchilik va shahar madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan, uning g`oyalari bilan bog`liq qadriyatlar bugungi kungacha yashab kelmoqda va xalqimiz turmush tarzining o`ziga xos xususiyatlarini belgilashda ulkan qimmat kasb etmoqda. “Avesto”da esa insonning haq-huquqlari, burch va mas’uliyati haqida fikr bildirilgan. Jumladan, agar odam olgan qarzini o‘z vaqtida qaytarib bermasa, u tunda birovning uyiga o‘g’irlikka kirgan odam bilan barobardir. SHuningdek unda qarindoshlarning o‘zaro oila qurishi taqiqlangan, avlodlarning sog’lom, benuqson tug’ilishiga e’tibor qaratilgan. Bordi-yu erkak zurriyot qoldirishga qobiliyati bo‘lib, so‘qqa bosh bo‘lib yursa, uning ‘eshonasiga tamg’a bosish yoki beliga zanjir bog’lab yurishga majbur ekanligi belgilangan. “Avesto” da huquqiy masalalar: jinoyat va jazo, oila va nikoh, mulk bilan bog’liq masalalarni tartibga soluvchi qoidalar o‘z ifodasini to‘gan. Oilaviy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qoidalarda er xotinning bir-biriga xiyonati yoki nikohsiz er-xotinlik munosabatlarida bo‘lgan kishilar tan jazosini olgan. “Venidat” (Devlarga qarshi kurash qonuni) ning 13, 14 boblarida suvni tejash, uni qadrlash, undan unumli foydalanish haqidagi qoidalar bitilgan. Unda har kuni ekinni ikki marta sug’orish mumkinligi, har bir kunda ekuvchi bir belkurak kenglik va chuqurlikdagi ariqqa sig’adigan suv olishga haqli ekanligi, suvni taqsimlash bilan kohinlar shug’ullanishi, suvni ifloslantirishni taqiqlovchi qoidalar belgilagan. Bu qoidalarni buzganlarga nisbatan majburiy mehnatga jalb qilish jazosi belgilangan. «Avesto» aslida ikki million she’riy misradan iborat bo'lgan ekan. Bu bebaho asar o‘n ikki ming buzoq terisiga oltin harflar bilan bitilgan.

Avesto mavzusini o’rganar ekanmiz u bizning tariximizni aslida kim ekanimzni ajdodlarmiz hayotini urf-odat va madaniyati haqida batafsil ma’lumot bergan eng qimmatbaho manba hisoblanadi.
Avesto insonni poklikka ezgulikka yaxshillika chorlaydi. Zardushtiylik ta’limoti asosiy kitobi avesto kitobida Ezgu so’z Ezgu fikr Ezgu amal degan shiorni olg’a suradi. Inson psihalogiyasiga ijobiy ta’sir o’tkazadi. Falsafiy jihatdan xam juda kerakli bilimlar beradi va ularni falsafiy qarashlari haqida batafsil ma’lumot bor.
Download 25.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling