Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Bozor mexanizmining samaradorligi
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
14.5. Bozor mexanizmining samaradorligi
Bozor mexanizmining samaradorligi uning bergan iqtisodiy va ijtimoiy natijasidan iborat. Bu iqtisodiy sohada tovar va xizmatlar isMab chiqarishning ko'payishi, bozordagi to‘kjnchiliknmg hosil bodishidir. Buning natijasida iqtisodiy farovonJik ta’minlanadi. Iqtisodiy farovonlik bozordan ko‘riladigan nafdan iborat. Raqobat bor joyda bu yetarli boiadi. Bozorda xaridor ko‘z ostiga oJgan tovar uchun toiashi mumkin boigan pul siimmasi uning toiashga tayyorligini bildiradi, chunki u tovarning nafliligini qabul qiladi. Biroq raqobat bozorda shunday holatga olib keladiki, xaridor tovarni o‘zi kutgan narxidan arzonroq narxga oladi. Shu ikki narx o‘rtasidagi farq iste’molchi yutugi boiadi. Masalan, xaridor bozordagi o'ziga ma’qul tovarga 200000 so‘m toiashga rozi edi, lekin savdolashuv tufayli uni 190000 so'mga oldi. Bunda uning yutugi 10000 so‘m (200000^190000=10000) boiadi. Xaridorlar raqobati tufayli sotuvchi tovarini o‘zi moijallagan nancdan qimmatroq sotganda so-tuvchi yutugi boiadi. Tovar misoliga qaytsak sotuvchi uni 180000 so'mdan sotishga tayyor edi, biroq bozor yurishib, u tovarni 190000 so'mdan soldi. Natijada, uning yutugi 10000 so‘m boidi (190000—180000=10000). Misoldan xulosa chiqarsak bozordagi muvozanat narxi har ikki tomon uchun yutuq berdi. Bu bilan ularning manfaatlari uyg‘unlashdi. Raqobatii bozorda xaridor yoki sotuvchi ko‘z!agan narxdan amaldagi bozor narxi qanchalik ko‘p farqlansa, shunchalik ulardan birining yutugi ko‘payadi. Oldingi misolni eslasak tovarning bozor narxi 180000 so‘mga tushsa xaridor yutugi 10000 so'mdan 20000 so'mga yetadi. Bordi-yu bu narx 20000 so'mga chiqsa, sotuvchi yutug'i 10000 so'mdan 20000 so'mga yetadi. Bozordagi muvozanat narxining xosiyati shundaki, u kutilgan yutuqni xaridor bilan sotuvchi o'rtasida taqsimlab, ular manfaatini muvofiqlashtiradi. Bu bilan iqtisodiyot rag'batlantiriladi. Bozor narxi xaridor kutgan narxga teng bo'lganda yutuq 0 ga teng bo'ladi. Bordi-yu narx xaridor kutganidan kam bo‘Isa, u yutadi, ortiq bo'lsa, u yutqazadi. Oldingi misoldagi iste’molchi yutug'ini chizmada tasvirlasak, u quyidagi ko'rinishda bo'ladi (14.6-rasm). 24 1
14.6 -ra sm . Iste ’molchining yutug‘i Chizmadagi AEB to‘g‘ri chiziqli uchburchak xaridor yutug‘ini bildiradi, chunki u tovarni kutilgan narxdan arzonga oldi. Agar u to- varni qimmatroqqa olganida, masalan, 185000 so‘mdan, uning yutug‘i CED iichburchakka teng bo‘lar edi. Agar bozor narxi yana-da arzonlashganda, ya’ni Рз= 160000 so‘m boMganda xaridor yutug‘i yanada ortar edi. Agar narx P) =200000 bo‘Isa xaridor yutug'i nol-lashar edi. Bozorga sotuvchi ham naf ko‘zlab chiqadi. Uning yutug‘i tovarga qilgan xarajatlari bilan tovarning bozor narxi o‘rtasidagi farqqa teng boladi. Binobarin, uning oz yoki ko‘p bo‘lishi birinchi-dan xarajatlar miqdoriga, ikkinchidan, bozor narxi darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Tovar bozoridagi holatni yana esga olsak, u yerdagi sotuv chi narxni 180000 so‘mga moljallagan edi, chunki uning tovarni bozorga yetkazib berish xarajati 175000 so‘m bo'lgan. Agar tovar 180000 so‘mdan sotilsa, sotuvchining yutug‘i 5000 so‘m bo‘lar edi. Tovar 190000 so‘mdan ketgani uchun uning yutug‘i 10000 so‘mga oshib, jami 15000 so‘m bo‘lgan. Bizning misolimizdagi bozor narxini inobatga olib sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) yutug‘i chizmasini hosil qilsak u quyidagi ko‘rinishga ega bo'ladi (14.7-rasm). 2 4 2
Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling