Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Turli mamlakatlaming iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari va hozirgi iqtisodiy darajasi


Download 1.85 Mb.
bet181/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Turli mamlakatlaming iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari va hozirgi iqtisodiy darajasi








Dastlabki

So'nggi

Iqtisodiy

Hozirgi

M amlakatlar

Iqtisodiy

jon boshiga

jon boshiga

o‘sish

(2010) jon

o‘sish davri

real YalM,

real YalM,

sur’ati,

boshiga real










doll

doll

%

YalM , doll

Yaponiya

1890-1990

842

16144

3,00

34790,0

Braziliya

1900-1987

436

3417

2,39

10920,0

Kanada

1870-1990

1330

17070

2,15

37280,0

Germaniya

1870-1990

1223

14288

2,07

38170,0

AQSh

1870-1990

2244

18258

1,76

47020,0

Xitoy

1870-1990

401

1748

1,71

10132,3

Meksika

1900-1987

649

2667

1,64

15010,0

Buyuk Britaniya

1870-1990

2693

13589

1,36

38540,0

Argentina

1900-1987

1284

3302

1,09

8450,0

fndoneziya

1900-1987

499

1200

1,01

2580,0

Pokiston

1900-1987

413

885

0,88

2780,0

Hindiston

1900-1987

378

662

0,65

3560,0

Bangladesh

1900-1987

349

375

0,08

1620,0

Xitoy va Hindiston iJgari orqada qolgani holda, keyingi paytda jadal o‘sa boshladi. Masalan, 2000—2010-yillarda Hindistondagi iqtisodiy o‘sish yiliga 8 %ni tashkil etdi. Xitoy har 10 yilda YalM-ning 2 barobardan ziyod ko'payishiga erishdi. Agar XX asrning 2-yarmida jadal o‘sish natijasida Yaponiya va Germaniya mo‘’jizasi yuz bergan bo‘lsa, XXI asr Xitoy fenomeni, mo‘’jizasi bilan bosh-landi. 30 yilda (1981-2010) Xitoy YalM hajmi 20 marta, Jon boshiga 15 marta ko'paydi. Bunday o‘sishga Angliya 200 yil, AQSh esa 150 yil deganda erishgan edi. Bu shundan darak beradiki, ilg‘or mam-lakatlar abadul-abad oldinda borib, boshqalar orqada sudralib qolmaydi. Buni hozirgi iqtisodiy o‘sish ham tasdiqlaydi. Osiyodagi Koreya Respublikasi, Malayziya, Tayvan kabi mamlakatlar jadal rivojlanib, qoloqlikdan chiqa oldilar. Yevropada Norvegiya va Finlyandiya ham ilg‘orlar safiga qo‘shildi. Ulardagi YalM o‘sishi dunyoning o‘rtacha sur’atidan ancha oshib ketdi. 2007-yil Norve­ giya YalMi jon boshiga 82480 dollar boOib, bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. 0 ‘zbekiston ham kelajakda iqtisodi ri-vojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olish vazifasini o‘z oldiga qo‘ygan.


2 5 3


15.4. Iqtisodiy o‘sish omillari
Iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarishning rivojlanishi bolar ekan, bunga ta’sir etuvchi kuchlar ishlab chiqarish omillaridan boshqa narsa boMishi mumkin emas. Shu sababli, bu resurslarning miqdori, sifati va ulaming naqadar samarali ishlatilishiga bogMiq bo‘ladi, chunki resurslar ishlab chiqarish omillariga aylanadi. Resurslar ko‘payganda tovarlar va xizmatlar oldingidan ko‘proq yaratiladi. Masalan, yangi yerlar ochilsa, yangi konlar, suv manbalari ishga tushirilsa, rnashina-uskunalar va ishlovchilar soni ko‘paytirilsa, shubhasiz ishlab chiqarish o‘sadi. Ayni paytda ularning sifati yuqori boisa, ularni sarfiga nisbatan ishlab chiqarish tezroq o‘sadi. Agar yangi ochilgan yerda tuproqning tabiiy hosildorligi yuqori boisa, yetishtirilgan mahsulot ko‘p boiadi. Ochilgan neft konidagi neft sayoz joylashgan boiib, u toza boisa olingan neft mahsuloti ham ko‘p boiadi. Oltin konidagi ruda tarkibida oltin hissasi ko‘p boisa, tabiiy ravishda, oltin qazib olish ko‘payadi. Korxonalarda ishla-tiladigan mashina-uskunalar ko‘paytirilsa, ishlovchilar soni oshsa ham mahsulot ishlab chiqarish o‘sadi. Biroq resurslar cheklangan-ligidan, ularni toAtovsiz ko‘paytirib boimaydi. Shu sababli resurs-lardan tejamli foydalanib, iqtisodiyotni o‘stirish zaruratga aylanadi.
Iqtisodiy o'sish yuz berishi uchun bozor talabiga muvofiq tovar va xizmatlarni yaratish kerak boiadi. Biz bilamizki, iqtisodiy o‘sish YalM ko'payishini anglatadi. YalM esa, tovar va xizmatlarning bozordagi qiymati. Agar ular sotilmasa, bozor qiymati yuzaga kel-maydi. Shu sababli bozorbop tovar va xizmatlarni yaratish iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. Resurslar kamyob boiganidan, ulardan sa­ marali foydalanish iqtisodiy o‘sishning asosiy shartiga aylanadi, biroq tabiiy resurslarning oz yoki ko'pligi ham o‘z ahamiyatini yo‘qotganicha yo‘q. Shu sababli Quvayt, Saudiya Arabistoni, Eron, Venesuela kabi mamlakatlaming iqtisodiy o‘sishi, ular yerining neftga boyligi bilan izohlanadi.
Agar tabiiy boylik e’tibordan qochirilsa hozirgi paytdagi iqti­ sodiy o‘sish omillari quyidagilardan iborat boiadi;


  1. Download 1.85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling