Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet177/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Mamlakatning o‘zida va tashqarisida uning vakillari yaratgan tovar va xizmatlarning bozor qiymatlari birgalikda yalpi milliy mahsulotni (YaMM) tashkil etadi.
YaMMdan jami amortizatsiya ajratmalarini, ya’ni mashina-- uskunalar va bino-inshootlarning to‘zigan qismi qiymatini chegirib tashlasak, qolgan qismi sof milliy mahsulot yoki milliy daromad, deb yuritiladi. Milliy iqtisodiyot holatini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkich YalM boiadi. Ko‘pchilik mamlakatlarda YalM va YaMM farq-lanishi ±1 % atrofida bo‘ladi. Shu sababli, mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga baho berilganda YalM asos qilib olinadi. YalM butun jamiyat iqtisodiy faoliyatining ma’lum davrdagi natijasi hisoblanadi. Uning miqdori ikki usul yordamida hisoblab chiqiladi:


  1. Daromad usuli. Bunda iqtisodiyotning barcha subyektlari-ning ma’lum davrdagi daromadi jamlanadi. Bundan olingan hosila YalMga teng bo‘ladi. Bu daromadlarga xonadonlar, firmalar va davlatning daromadlari kiradi;

  2. Xarajat usuli. Bunda hamma iqtisodiyot subyektlarining xarajatlari jamlanadi. Bular iste’mol, investitsiya, davlat xaridi va sof eksportdan iborat bo‘ladi. Iste’mol sarflari xonadonlaming tovar va xizmatlar xaridi uchun qilgan xarajati boiadi. Tnvestitsiyalar mashina-uskunalar, ko‘chmas mulk (bino, inshoot, er)ni sotib olish, xonadonlaming uy qurish, tayyor uy yoki kvartiralarni sotib olish xarajatlaridan iborat boiadi. Davlat xaridi - bu davlat idora va tashkilotlarining tovar va xizmatlarni sotib olishga ketgan xarajati. Bunga misol qilib davlatga qarashli mehribonlik uylari, shifoxonalar, universitetlar, kollejlar, mudofaa vazirligi kabilarning tovar va xizmatlarni xarid etishini olish mumkin. Sof eksportga kelsak bu eksport va importning farqidan iborat. Bu farq musbat (+) boisa, u YalMga qo‘shiladi, agar u manfiy (—) boisa, YalM dan chegirib tashlanadi.

Aytilgan 2 usul bilan YalM hajmining aniqlanishi muayyan paytdagi iqtisodiy oborotda daromad va xarajatlarning teng boiishidan kelib chiqadi.



Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling