15.2. Nominal va real yalpi ichki mahsulot
Jamiyat erishgan iqtisodiy natijani YalM hajmi belgilaydi. Biroq buning uchun nominal va real YalM ni farqlantirish kerak.
Nominal YalM — bu tovar va xizmatlarning Joriy narxlarda hisoblangan bozor qiymatidir. Bu ikki narsaga bogiiq boiadi. Birin-
chisi, tovar va xizmatiarning miqdori. Ikkinchisi, bular narxining o'sishi. Nominal YalM inflatsiya ta’sirida bo‘lgan, ya’ni undan tozalanmay turib liisobiangan mahsuioi bo'ladi. Bu narxning o‘z-garishiga bog‘liq bodganidan haqiqiy iqtisodiy natijani to‘g‘ri ko‘r-satmaydi. Masalan, A tovar iJgari lOOOO dona chiqarilgan bo‘lib, liar birining narxi 5000 bo'lgan. Bunda ularning bozor qiymati 50 mJn (10000*5000=50000000)ga teng bo‘ladi. Keyinchalik A tovar 10000 dona chiqarilgan bodib, har birining narxi 6000 ga yetgan. Deniak, jami tovarning bozor qiymati 60 min ni tashkil etgan. Demak, tovar miqdori amalda oshmagan, lekin uning bozor qiymati 20 %ga oshgan. Shunga qarab YalM 20 % ko'paydi, deb hisoblash xato bo'ladi, chunk! uning hajmi narx hisobidan oshgan, amalda esa uning miqdori o'zgarmay qolgan.
Real YalM — bu bazis narxlarida yoki o'zgarmas narxda hisoblangan mahsulotdir. Bu iqtisodiyotning haqiqiy holatini koYsatib beradi, chunki bu usulda mahsulotning bozor qiymati inflatsiya ta’siridan xoli etiladi, chunki hozirgi mahsulot oldingi davr narxida hisoblanadi. Oldingi misolga qaytsak «А» tovardan 12000 dona chiqariJib, har biri joriy narxda 6000 dan sotilganligi uchun uning bozor qiymati 72 min ni tashkil etgan. Agar buni oldingi yildagi (bu bazis yili) narx — 5000, deb hisoblasak, uning haqiqiy bozor qiymati 60 min ni tashkil etadi. Mana shu real iqtisodiy natijani bildiradi.
Makroiqtisodiy vaziyatga baho berilganda, nandar o‘zgarishini e’tiborga olib real YalM ni aniqlash va dinamikasiga qarab uning holatini aniqlash kerak boriadi.
15.3. Iqtisodiy o‘slsh
Ehtiyojlar uzluksiz qondirilishi uchun iqtisodiyot doimo o‘sib borishi talab qilinadi. Chunki shunday yo‘i bilangina kishUar iste’-moliga zarur bolgan tovar va xizmatlar ko‘plab va xilma-xil yara-tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |