Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Turli mamlakatlaming iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari va hozirgi iqtisodiy darajasi
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Braziliya 1900-1987 436 3417
- Xitoy 1870-1990 401 1748
- 2580,0 Pokiston 1900-1987 413
- Iqtisodiy o‘sish omillari
Turli mamlakatlaming iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari va hozirgi iqtisodiy darajasi
Xitoy va Hindiston iJgari orqada qolgani holda, keyingi paytda jadal o‘sa boshladi. Masalan, 2000—2010-yillarda Hindistondagi iqtisodiy o‘sish yiliga 8 %ni tashkil etdi. Xitoy har 10 yilda YalM-ning 2 barobardan ziyod ko'payishiga erishdi. Agar XX asrning 2-yarmida jadal o‘sish natijasida Yaponiya va Germaniya mo‘’jizasi yuz bergan bo‘lsa, XXI asr Xitoy fenomeni, mo‘’jizasi bilan bosh-landi. 30 yilda (1981-2010) Xitoy YalM hajmi 20 marta, Jon boshiga 15 marta ko'paydi. Bunday o‘sishga Angliya 200 yil, AQSh esa 150 yil deganda erishgan edi. Bu shundan darak beradiki, ilg‘or mam-lakatlar abadul-abad oldinda borib, boshqalar orqada sudralib qolmaydi. Buni hozirgi iqtisodiy o‘sish ham tasdiqlaydi. Osiyodagi Koreya Respublikasi, Malayziya, Tayvan kabi mamlakatlar jadal rivojlanib, qoloqlikdan chiqa oldilar. Yevropada Norvegiya va Finlyandiya ham ilg‘orlar safiga qo‘shildi. Ulardagi YalM o‘sishi dunyoning o‘rtacha sur’atidan ancha oshib ketdi. 2007-yil Norve giya YalMi jon boshiga 82480 dollar boOib, bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. 0 ‘zbekiston ham kelajakda iqtisodi ri-vojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olish vazifasini o‘z oldiga qo‘ygan. 2 5 3
15.4. Iqtisodiy o‘sish omillari Iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarishning rivojlanishi bolar ekan, bunga ta’sir etuvchi kuchlar ishlab chiqarish omillaridan boshqa narsa boMishi mumkin emas. Shu sababli, bu resurslarning miqdori, sifati va ulaming naqadar samarali ishlatilishiga bogMiq bo‘ladi, chunki resurslar ishlab chiqarish omillariga aylanadi. Resurslar ko‘payganda tovarlar va xizmatlar oldingidan ko‘proq yaratiladi. Masalan, yangi yerlar ochilsa, yangi konlar, suv manbalari ishga tushirilsa, rnashina-uskunalar va ishlovchilar soni ko‘paytirilsa, shubhasiz ishlab chiqarish o‘sadi. Ayni paytda ularning sifati yuqori boisa, ularni sarfiga nisbatan ishlab chiqarish tezroq o‘sadi. Agar yangi ochilgan yerda tuproqning tabiiy hosildorligi yuqori boisa, yetishtirilgan mahsulot ko‘p boiadi. Ochilgan neft konidagi neft sayoz joylashgan boiib, u toza boisa olingan neft mahsuloti ham ko‘p boiadi. Oltin konidagi ruda tarkibida oltin hissasi ko‘p boisa, tabiiy ravishda, oltin qazib olish ko‘payadi. Korxonalarda ishla-tiladigan mashina-uskunalar ko‘paytirilsa, ishlovchilar soni oshsa ham mahsulot ishlab chiqarish o‘sadi. Biroq resurslar cheklangan-ligidan, ularni toAtovsiz ko‘paytirib boimaydi. Shu sababli resurs-lardan tejamli foydalanib, iqtisodiyotni o‘stirish zaruratga aylanadi. Iqtisodiy o'sish yuz berishi uchun bozor talabiga muvofiq tovar va xizmatlarni yaratish kerak boiadi. Biz bilamizki, iqtisodiy o‘sish YalM ko'payishini anglatadi. YalM esa, tovar va xizmatlarning bozordagi qiymati. Agar ular sotilmasa, bozor qiymati yuzaga kel-maydi. Shu sababli bozorbop tovar va xizmatlarni yaratish iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. Resurslar kamyob boiganidan, ulardan sa marali foydalanish iqtisodiy o‘sishning asosiy shartiga aylanadi, biroq tabiiy resurslarning oz yoki ko'pligi ham o‘z ahamiyatini yo‘qotganicha yo‘q. Shu sababli Quvayt, Saudiya Arabistoni, Eron, Venesuela kabi mamlakatlaming iqtisodiy o‘sishi, ular yerining neftga boyligi bilan izohlanadi. Agar tabiiy boylik e’tibordan qochirilsa hozirgi paytdagi iqti sodiy o‘sish omillari quyidagilardan iborat boiadi; Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling