Ishlab chiqarishdagi moddiy kapital sanalgan mashina-us-kunalarning texnikaviy darajasi, ularning yuqori unum bera olishi. Agar mashina-uskunalar qanchalik mukammal bo‘lsa, shunchalik tovar va xizmatlar ko‘p yaratiladi.
Inson kapitalining sifat darajasi. Inson kapitali bu ishlov-chilaming bilim darajasi, ishlash mahorati va tajribasidir. Inson kapitali moddiy kapitaldan farqli olaroq, moddiy shaklga ega emas, uni ko‘z bilan ko‘rib yoki qo1 bilan ushlab boimaydi, u insonning
jismida mujassamlashgan boMadi, inson tirik ekan unda saqlanib qoladi. Bu kapital amalda kishilaming mehnat saviyasida ifoda etiladi. Eng mukammal texnika ham insonsiz ish bermaydi. Qayerda ish kuchi sifatli boisa, shu yerda texnika yaxshi natija be radi.
3, Ishiab chiqarishning texnologik usullari. Bu muayyan bozor sharoitida yangi usullar bilan tovar va xizmatlami yaratib, ularni o‘z vaqtida bozorga yetkazishni talab qiladi. Texnologik novatsiya (yangilanish) qanchalik tez borsa, boshqa shart-sharoitlar o‘zgar-magan taqdirda ishiab chiqarish shunchalik tez o‘sadi, chunk! meh nat unumdorligi yuksalib, vaqt birligida yaratilgan tovar va xizmatlar ko‘payadi. Milliy iqtisodiyot darajasi texnologik novatsiyaga to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |