Aytilgan davrda YalM o‘sish sur’ati 11,1% bo‘lgan. Lekin, bu mutlaq o‘sishni emas, balk! nisbiy o‘sishni bildiradi. Mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga qarab nisbiy o‘sishning mutlaq salmog‘i turlicha bo‘ladi. Masalan, bir yerda 1 % iqtisodiy o‘sish YalMni 5 mlrd dollarga ko‘payishini bildirsa, boshqa yerda buni 60 mlrd dollarga oshganini bildiradi. Biroq iqtisodiy o‘sish qanchalik jadal kechsa, shunchalik mamlakatning salohiyati ham oshib bo rad i. Buni Xitoy misolida ko‘rish mumkin. Keyingi 20 yilda bu yerdagi YalM yiliga 8—10 % ko‘paydi. Agar 1993-yili Xitoyning iqtisodiy quvvati 630,2 mlrd dollarlik YalM bergan bo‘lsa, 2000-yilga kelib bu ko‘rsatkich 4000 mlrd, 2012-yilda esa 10132,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Uzoq davrdagi iqtisodiy o‘sishni kuzatsak uning sur’atlari har xil bo‘lganidan turli mamlakatlar har xil darajaga erishib, ulardan biri boy, boshqasi kambag‘al bo‘lib qolganligini ko‘ramiz (15.1-jadval).
Jon boshiga hisoblangan real YalM bu iqtisodiyot ehtiyojini qondirishga naqadar qodir ekanligini bildiradi. Buni aniqlash uchun YalM hajmi aholi soniga bo‘linadi. YalM hajmi ko‘p bo‘lgani bilan, agar aholi ham ko‘p bo‘lsa jon boshiga YalM kam bo‘ladi. YalM hajmi kichik bo‘lgani holda aholi soni ham kam bo‘lsa, jon boshiga YalM ko‘p bo‘lishi mumkin. Masalan, 2000-yili Xitoyda YalM 4000 mlrd doll, Gollandiyada esa u 26,2 mlrd doll bo‘lgan. Demak, Xitoyning YalMi Gollandiyanikidan 154 marta ko‘p. Biroq, Xitoy aholisi Gollandiyanikidan 79,9 marta ko‘p bo‘lganidan jon boshiga YalM 6,4 marta kam. Ma’lumotlar iqtisodiy o‘sish notekis borishini ko‘rsatadi. Agar ilgarilari Angliya eng ilg‘or mamlakat bo‘lsa, keyin chalik uning o‘mini Yaponiya, AQSh va Kanada egalladi.
15.1- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |