Yalpi ichki mahsulot (YalM) deganda ma’lum davr mobaynida mamlakat ichida pirovard natijada yaratilgan tovar va xizmatlar ning bozor qiymati tushuniiadi.
YalM bu oraliq ya’ni qayta ishlanadigan mahsulot emas, bal-ki iste’molga tayyor bo‘lganidan bozorda sotiladigan mahsulot-dir. Uning bozorda sotilgan narxi bozor qiymati bo‘ladi. Bu qiy-mat tovarning miqdori va sifatini aks ettiradi. YalMni faqat mod-diy shakli bor tovarlar, masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak uy-joy, mashina-uskuna va transport vositalarininggina qiymati emas, balki moddiy shakli bo‘lmagan xizmatlar, chunonchi san’atkor, shifokor, o‘qituvchi, yurist, sartarosh kabilar xizmatining qiymati ham tash-kil etadi. YalMga muayyan davrda, masalan, bir yilda yangidan yaratilgan mahsulotlar bozor qiymati kiritiladi. Ammo bunga ilgari yaratilgan, lekin keyinchalik qaytadan sotilgan mahsulot qiymati kirmaydi. YalMga muayyan mamlakatning ichkarisida yaratilgan mahsulot va xizmat kiradi. Shu mamlakat vakillari boshqa yerda,
ya’ni xorijda yaratgan tovar va xizmatlari uning Yal Miga kirmaydi, aksincha boshqa mamlakatning YalMini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |