Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet174/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

] 4. 7-rasm . I s h la b chiqanivchi yutug'i
Chizmada 3 xil narx ko'rsatilgan. Narx 175000 so‘m bo‘isa, so-tuvchi faqat xarajatini qoplab, hech narsalik boimaydi. Agar nar-


  1. ? 2= 190000 boisa, sotuvchi yijtug‘i 15000 ga yetadi, Bordi-yu narx Рз=220000 so‘m boisa, sotuvchi yutug'i 35000 boiadi. Biroq bu narxni bozor ko‘tarmaydi. Shu sababli sotuvchi yutug'i CED uchburchagi shaklida qoladi. Bordi-yu narx pasayib 18000 so‘mga tushsa, sotuvchi yutug‘i AEB uchburchak shakliga ega boiadi. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, AEB

Bozor mexanizmidagi adolatlilik shundan iboratki, u yutuq-ni xaridor bilan sotuvchi o‘rtasida taqsimlaydi, shu sababli bo-zorda aloqa o‘matishdan har ikkj tomon manfaatli boiadi. Bizga maiumki, erkin bozordagi narx talab va taklifning muvozanat ho-latini bildiradi, Natijada, shunday miqdorda tovarlar chiqariladi-ki, ularning oldi-sotdisi jarayonida ham iste’molchilarning, ham ishlab chiqaravchilarning yutugi maksimumlashadi. Muvozanat-li narx sharoitida yutuqning har ikkala turi amalda boiadi. Agar yutuqlar chizigini yonlatgan holda ko‘rsatsak, uning tasviri quyi-dagicha boiadi (!4.8-rasrn).


Chizmadagi AB chizigi talabni, CD chizigi Taklifni bildira­ di. LJIar kesishgan M nuqtada muvozanat hosil boigan. AC ora-ligidagi muvozanat narxi tufayli yutuqlar taqsimlangan. KAM uch-

243


burchakda iste’molchi yutug'i, CKM uchburchagida ishlab chiqa-mvchi yutug'i hosil bo‘!gan.

T o v a r(Q )


14.8-rasm. Muvoianatli bozordagi pituqiar
Yutuqlarning adolatii taqsimlanishi ular doimiy degan gap emas. Talab ko‘payib ketsa, ishlab chiqaravchi yutugi ortadi. Tak-lif ko‘payib ketsa, iste’molchi yutugi ortadi. Bu ikki holat narxning oshishi va pasayishi bilan bogiiqdir. Bozor tizimi mukammal emas, shu sababli muvozanatlar buzilib turadi. Bunda yo iste’molchi, yo ishlab chiqaruvchi yutugi ko'proq boiadi. Muvozanat tikJangach yutuqlar qaytadan tenglashib oladi.
Real hayotda erkin bozor bilan monopol bozor yonma-yon turadi. Monopol bozorda narx yuqori qilib belgilanganidan bu yer-da iste’molchi yutugi ishlab cMqaruvchi yutug'iga aylanadi, chunk! bu yerda muvozanat narxi boimaganidan yutuq ishlab chiqaravchi qoiiga oiadi. Monopol hokimiyat bor joyda umumiy yutuq ko'proq monopoliyalar foydasiga taqsimlanadi, chunk! ishlab chiqaravchi monopoliya bozorda yuqori narx o‘rnatib, iste’molchiga tegadigan yutuqni o'ziniki qilib oladi. Biroq bozor mexanizmi monopoliya-larning haddidan oshib ketishiga yoi bermaydi, chunki narxning yuqori chegarasi boiib, uni hech bir monopoliya yo‘q qila olmay-di. Bu chegara oldingi boblarda aytganimizdek xarid qobiliyatidir. Monopoliya ming urinmasin haddan tashqari yuqori narx bilan o‘z tovarini ko‘p sota olmaydi, chunki buni bozor ko‘tarmaydi. Shu

2 4 4


sababli monopoliya xarajati bilan u o‘matgan narx o‘rtasida farq yutuq sifatida cheksiz ko‘payib borishi mumkin emas. Lekin, iste’moichi yutugining bir qismi yuqori narx orqali monopoliya ixtiyoriga olinishi turgan gap. Biroq monopol narxlar amal qilgan taqdirda ham iste’moichi yutug‘i, u katta bo'lmasada, saqlanib qoladi. Xullas, hatto monopoliyalar bozor mexanizmi belgilagan chiziqdan tamomila chiqib keta olmaydilar. Bu bozor mexanizmi-ning qudratli kuch bo‘lishidan dalolat beradi. Bu kuchga yo‘l berish uchun davlat monopoliyalar faoliyatini cheklab, raqobatga yo‘l ochib turadi. Bozor mexanizmi samaradorligi uning naqadar yaxshi ish berishiga bog‘liq boisa, uni tashkil etuvchi iqtisodiy vositalar-ning mukammalligini ta’minlaydi. Bu vositalar yaxshi ishlab turishi uchun ular bozor munosabatlarining rivojlanishiga mos kelishi talab qilinadi. Biz bilamizki, bozor mexanizmi barcha subyektlami jon-sarak qilib, yashovchanlik baxsh etadi, uning unsurlari zaiflashib, sustkashlik qilganda, islohotlar orqali takomillashadi. Mazkur me-xanizmda nosozlik paydo bo‘lib turgani uchun hatto bozor iqtisodi yuksak darajadagi mamlakatlarda ham islohotlar o'tkaziladi. Shu sababli 2008—2010-yil krizis saboqlaridan kelib chiqqan holda bozor kuchlarini chegaralab, ulami tartibli yo‘lga soluvchi islohotlar o‘t-kazildiki, bundan maqsad bozor mexanizmi samaradorligini oshirish bo‘ldi.

Xulosalar




  1. Bozor mexanizmi — bu iqtisodiy faollikni ta’minlovchi barcha vositalar majmuasi bo‘lib, bular iqtisodiyot ishtirokchilari-ning yaxshi ishlashini rag‘batlantiradi va hatto ularni bunga iqtisodiy jihatdan majburlaydi. Bu mexanizm asosida mehnat motivatsiyasi, iqtisodiy manfaatlarni yuzaga chiqarish yotadi. Uni iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi ichki kuch, deb aytish mumkin.




  1. Bozor mexanizmining asosiy vositasi narx bo‘lib, u bozordan kelgan signal vazifasini o‘taydi, narxning o‘zgarishiga qarab nima ish qilish zarurligi aniqlanadi, shunga binoan resurslar taqsimlanib, ishlab chiqarish yuz beradi. Narx vositasida talab va taklif tenglashib, bozor muvozanati hosil bo‘ladi, bunda tovarlar sotilib xarajatlar qoplanadi, foyda ko'riladi, iste’molchilartalabiqondiriladi. Bu bilan ishlab chiqarish uchun qulay sharoit yaratiladi. Bozor mexanizmi ish bergan joyda bozor layoqatli boiadi, ya’ni ishlab chiqarishning o‘sishiga stimul beriladi. U layoqatsiz holatga ham tushib turadi.




  1. Bozor mexanizmida foydaga intilish, degan narsa bor. Yaxshi foyda ko‘rish uchun sifatli tovarlarni ko'plab ishlab chi-

2 4 5


qargan holda ularning xarajatlarini kamaytirish zarur bo'ladi. Foydaga intilish mehnat unumdorligini oshiradi, chunk] shu yo‘l bilan iqtisodiy samaradorlikka erishUadi.


  1. Raqobat bozor mexanizminmg yetakchi vositasi sifatida iqtisodiyot ishtirokchilarini faollikka undaydi, chunk! faqat shu yo‘l bilan kurashda yutib chiqish mumkin. Narx bilan raqobatlashuv xarajatlarni kamaytirishga, sifat bilan raqobatlashuv yangi, nafliligi yuqori tovarlarni chiqarishga olib keladi. Ish joyi uchun raqobat kishilami o‘z bilimi, malaka va ish mahoratini doimo os hi rib borishga undaydi, ishlab turgan joyini qadrlash, bu yerdagi ish sifati va mehnat unumdorligini oshirib borishiga rag‘bat beradi. Raqobat iqtisodiy tanlovga kuch berib, uquvsiz va ishyoqmaslarni bankrot holiga tushirib biznesdan siqib chiqaradi, biznesni haqiqiy ishbi-larmon, yangilikka moyil bo‘lganlar qo‘liga beradi.




  1. Bozor mexanizmining kuchi uning iqtisodiy samaradorlikni ta’minlay olishidadir. Bu mexanizm boshqa mexanizmlardan afzal bo‘lganidan jadal iqtisodiy o'sishni ta’minlaydi. Bunga erishilgan yutuqlarni ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasida oqilona taqsimlaydi. Mukammal raqobat bo‘lganda bu yutuq ikki tomon o‘rtasida teng taqsimlanadi, nomukammal (monopol) ra-qobatda esa bu yutuqning bir qismi ishlab chiqaruvchilar foydasiga taqsimlanadi.

Tayanch tushunchalar


Bozor mexanizmi; bozor muvozanati; layoqatli va layoqatsiz bozor; iqtisodiy signal; resurslaming taqsimlanishi; restruklurizatsiya; iqtisodiy saralash; iste ’molchi yutugl; ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) yutug'i.

2 4 6


XV bob. IQTISODIY 0 ‘SISH
15.1. Milliy iqtisodiyol
Iqtisodiy faoliyat muayyan mamlakatlar miqyosida ikki darajada yuz beradi. Birinchisi mikrodaraja, ya'nl furmalar (korxonalar) va xonadonlar darajasidagi iqtisodiyot bo‘lib, bu mikroiqtisodiyotni tashkil etadi. Buning qanday j^z berishini oldingi boblarda ko‘rib chiqdik. Ikkinchisi jamiyat miqyosida, ya’ni mamlakatlaming milliy doirasida yuz beradigan iqtisodiy faoliyat bo‘lib, bu makroiqtisodi-yotni hosil qiladi.
Milliy iqtisodiyot muayyan mamlakatning ichida yuz beradigan iqtisodiy faoliyat bo'lib, bunda firmalar, xonadonlar va davlat ish-tirok etadi.
Yer yuzida qancha mustaqil mamlakatlar bo‘Isa shuncha milliy iqtisodiyot bor, deb aytish mumkin. Hozir dunyoda 200 dan ziyod milJiy iqtisodiyot mavjud.

Milliy iqtisodiyot mamlakat mustaqilligining tayanchi hisob-lanadi. Chunki u mustaqillikni moddiy jihatdan ta’mjnlaydi. Milliy iqtisodiyot muayyan mamlakatda yaratilgan tovar va xizmatlar, to‘plangan moddiy va nomoddiy boylik shu mamlakatga qarasMi bo'lishini, ya’ni milliy mulkchilik mavjudligini bildiradi. Milliy mustaqillik mamlakatdagi iqtisodiy faoliyat, hatto xorijliklarga qarashli sektorning faoliyati ham milliy manfaatlarga zid emas, balki bunga mos bo'lishini bildiradi. Milliy mulkning iqtisodiyotdagi ustuvorligi xorij mulkidan yuz o'girishini bildirmaydi. Milliy iqtisodiyotda xorij mulki boigan kapital, tovarlar, xorijliklarning mehnati ham qatnashadi, biroq bular nazorat ostiga ohnib, ular milliy manfaatlarga putur yetkazishiga yoi berilmaydi.


Iqtisodi/otning milliyligi uni boshqalar uchun yopiqligini bildir-maydi, aksincha u ochiq bo'ladi, tashqi dunyo bilan o'zaro manfaatli aloqaga tayanadi. Biroq milliy iqtisodiyot asosan o'zining resurslariga tayanadi, milliy an’analar, odatlar va ko'nikmalarni o'zida mujassamlashtiradi. Наг bir milliy iqtisodiyot o'zining tarkibiy tuzilishi (strukturasi) va darajasi jihatidan boshqalardan farqlanadi. Bir yerda milliy iqtisodda eksport va importning roli katta bo'lsa, boshqa yerda buning roli kichiJc bo'ladi. Milliy iqtisodiyot industrial, agrar va agrar-industrial xarakterda bo'Iadi hamda sanoat va qishloq xo'jaligining iqtisodiyotdagi o'rni bilan tavsiflanadi. Masalan, AQSh, Angliya yoki Germaniya iqtisodiyoti industrial bo‘Isa, ya’ni sanoatga tayansa, 0 ‘rta Osiyo mamlakatlari

2 4 7


iqtisodiyoti ham qishloq xo‘jaligi, ham sanoatga tayanadi. Shunday milliy iqtisodiyot ham boiadiki, u na sanoatga, na qishloq xo‘ja-ligiga asoslanadi, u xizmat ko'rsatish (servis)ga tayanadi. Masalan, Gonkong va Singapur iqtisodi rivojlangan mamlakat hisoblanadi, lekin u moliyaviy xizmat va dengiz suv kemalari va porti bilan xizmat ko‘rsatishga asoslanadi.
MilJiy iqtisodiyotlar darajasi ham farqlanadi. Shu jihatdan milliy iqtisodiyotlar yuksak rivojlangan, o‘rtacha, o‘rtachadan pastroq darajadagi, kam rivojlangan va o‘ta qoloq iqtisodiyotlarga ajratiladi.
Milliy iqtisodiyotlar qanchalik farqlanmasin, baribir ular hamma uchun umumiy boMgan bozor qonunlariga binoan rivojianadi va bu yaratilgan tovar va xizmatlaming ko‘payib borishida ifoda etiladi. Makroiqtisodiyot milliy iqtisodiyot bodar ekan, bu iqtisodiyotning yaxlitligini bildiradi, barcha firmalar, xonadon xo'jaliklari va barcha bozorlar faoliyatinlng pirovard natijasi bo‘ladi. Makroiqtisodiyot Jamiyatning umumiqtisodiy faoliyati boiganidan bu yerdagi o‘zgarishlar qaytadan firmalar va xonadonlar iqtisodiyotiga ta’sir etadi. Demak, mikro va makroiqtisodiyot uzviy bogliqlikda boladi. Iqti-sodiyolning asosiy ishtirokchilari firmalar va xonadon xo‘jaliklari makroiqtisodiy oborotda ishtirok etadilar. Ular bir-biriga resurslar va iste’mol tovarlarini yetkazib beradilar. Xonadonlar ishlab chiqarish omillari bozoriga mehnat, yer va kapital kabi resurslami yetkazib beradUar va ulami sotishdan pul daromadiga ega bo‘!adi!ar. Bu resurslami firmalar bozordan sotib olish uchun pul shaklida xarajat qiladilar. Ular resurslami ishlab chiqarish omiliga aylantirib tovar va xizmatlami yaratadilar, ulami iste’molchilar bozoriga chiqarib xonadonlarga sotadilar. Resurslar sotilgan paytda xonadonlar daro-mad olsa, iste’mol buyumlarini firmalardan xarid qilganlarida xarajat qiladilar. Shu taxlitda firmalar resurs olganda xarajat qilsalar, o‘z tovar va xizmatlarini sotishganda daromad oladOar. Firmalar va xonadonlar makroiqtisodiy oborotning asosiy ishtirokchilari bolsalarda, bu ishda davlat ham qatnashadi. Davlat firmalar va xonadonlaiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatadi va ulardan uning Iraqi sifatida soliqiami oladi. Xullas, iqtisodiy oborot yuz berganda firmalar, xonadonlar va davlat o‘itasida iqtisodiy aloqalar o‘matiladi. Buni quyidagi chizmadan ko‘rishimiz mumkin (15.1-rasm).
Chizmadagi strelka shaklidagi yaxlit to‘g‘ri chiziq tovar va xizmatlar harakatini, strelka shaklidagi uzilgan chiziq pul harakatini bildiradi. Chizmaga ko‘ra, tovar va xizmatlar oqimiga qara-ma-qarshi ravishda pul oqimi yuz beradi, chunk! tovarlar va xizmat­ lar pulga sotib olinadi.

2 4 8




Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling