Layoqatli bozor — bu iqtisodiy mexanizmi ravon ishlab, To-varlarni keragicha ishlab chiqarishni ta’minlovchi, ham iste’mol-chilar, ham ishlab chiqaruvchilar manfaatini yuzaga chiqara oluvchi bozordir.
Agar xaridorlar tovarlarni o‘z vaqtida xarid etib ehtiyojlarini qondirsalar, ya’ni bu bilan o‘z manfaatlariga yetsalar, ishlab chi qaruvchilar bu bilan foyda topishdek manfaatlarini yuzaga chiqaradilar. Har ikkala tomon manfaatlarini yuzaga chiqara olganda bozor layoqatli hisoblanadi, ya’ni ehtiyojni qondirishga qodir bo‘ladi. Buning uddasidan chiqilmaganda bozor layoqatsiz, deb topiladi, chunki xaridorning yoki sotuvchining manfaati amalga oshmay qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |