Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Talab-taklif mexanizmi —bu iqtisodiyotni doimo yangilab


Download 1.85 Mb.
bet172/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Talab-taklif mexanizmi —bu iqtisodiyotni doimo yangilab, za-mon biian hamohang qiluvchi kuch hisoblanadi.

Bozor mexanizmi taklifni talabga moslashtirish biian cheklan-masdan, yangi talabni ham yuzaga keltiradi. Bozorbop tovar ishlab chiqarib foyda topish ishtiyoqi, mutlaqo yangi va ehtiyojni toiaroq qondiradigan tovarlarni yaratib, ularni bozorga taklif etilishiga olib keladi.


Pul bozor mexanizmida qo'llaniladigan o'ta muhim iqtisodiy vosita. Barcha iqtisodiy aloqalar pul yordamida o‘rnatiladi. Pulning kuchi shundaki, usiz hech bir ish bitmaydi, u ehtiyojlarni qondirish vositasiga aylanadi, u kapital sifatida ishlatiladi. Pul farovonlik va boylik timsoli hamda iqtisodiy hokimiyai vositasi bofganidan kishilar tan-u joni biian pul topishga, uni ko‘paytirishga intiladi. Bu intilish esa iqtisodiyotni harakatga keltiradi. Ammo u o‘z-o‘zidan emas, balki iqtisodiy erkinlik va faoliyat turini tanlash imkoni bo’lganidan mo‘’jizakor kuchga aylanadi. Pulning kuchidan kelib chiqadigan boshqa vositalar borki, bular jumlasiga kredit, foiz va iqtisodiy sanksiya (jazolash) kabiJar kiradi. Kredit pulni qarzga olish va burling uchun foiz to'lashni va qarzning o‘z vaqtida qaytarillshlni bildiradi. Bu esa qarzga ko'tarilgan pulni oqilona ishiatishga undaydi. Iqtisodiyot ishtirokchilarining pul to‘lash majburiyatlari ham boMadi. Ular yetkazib bergan resurslari uchun va xarid etgan Iste’mol tovarlari va xizmatlari uchun ularning egasiga pul to‘lash-lari, davlatga esa soliq to'lashlari shart. Bu to'lovlar iqtisodiy mas’uliyatni yuzaga keltiradi. Majburiyatlar bajariimagan chog‘da

2 3 7


iqtisodiy sanksiyalar qodlaniladi. Bunda majburiyatini bajarma-ganlar jarima todashadi, ular bilan aloqalar uziladi, ularning mulki sud hukmi bilan sotib yuboriladi, ular obro'sizlanadi.

Demak, bozor mexanizmida faqat manfaatni emas, balki mas uliyatni ta ’minlovchi vositalar ham borki, bular kishilarni omilkor qiladi, ishning ко ‘zini biUshga chorlaydi, о ‘z ishiga Javobgar bo ‘lishini


ta ’minlaydi. Shunl inobatga olib, 0 ‘zbekistonda «Iqtisodiyotni erkinlashtirish xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘z faoliyati uchun iqtisodiy va moliyaviy mas’uliyatini oshirish d em a k d ir» ,^ ^ degan g‘oyaga amal qilinadi.
Bozor mexanizmi iqtisodiyotga ma’muriy yo‘l bilan aralashib, uning ustidan nazorat o'rnatish bilan sig‘isha olmaydi. Shu sababli davlat bozor mexanizmini ishlab turishiga to‘sqinlik qilmay, unga yo‘l ochib berishi talab qilinadi. Bozor mexanizmi xuddi soat mexa­ nizmi kabi o‘zi ishlab turishi kerak. Davlat bu mexanizm yaxshi ishlamay qolganda, unga yo‘1 ochadi, lekin hech qachon bu mexanizm ishini o‘z zimmasiga olishi mumkin emas.
Bozor mexanizmi obyektiv iqtisodiy qonunlarning hosilasi. Shu sababli, uning o‘zi ham obyektiv. Biroq kishilar bu mexanizmdan oqilona foydalanishga qodir bodadilar, o‘z xatti-harakatlarini shu mexanizm talabiga mos holda uyushtiradilar. Qayerda kishilar bozor mexanizmidan mohirona foydalana olsalar, shu yerda iqtisodiy taraqqiyot tezlashadi, xalq farovon yashaydi.
1 i i. Raqcbat m rag'bat
Raqobat bozor mexanizmining ajralmas qismi. Uni iqtisodiyot subyektlarini faollikka undovchi va shu orqali iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch, deb aytish mumkin. Raqobat ayovsiz kurash bodganidan u hech kimni ayamaydi, iqtisodiyotning barcha ishtirokchilarini sergak tortishga, jon saqlash uchun tinmay harakat qilishga undaydi. Firmalar tovar ishlab chiqaruvchi bodsa, xona-donlar iste’molchilardir. Shu bois ularning maqsadi farqlanadi, shunga binoan ular raqobatda turlicha qatnashadilar. Raqobat sharoitida «Harakatda barakat bor», degan qoida amal qiladi. Ra­ qobat xo‘jalikning hamma sohalarida borganidan unda barcha iqtisodiy feol kishilar individual yoki firma jamoasiga birlashgan tarzda qatnashadilar.
Bozor xo‘jaligidagi raqobat kim bodishidan qatdy nazar yaxshi ishlaganlaming yutib chiqishini bildiradi. Shu jiliatdan u iqtisodiy resurelami tejamli ishlatishga, tovar va xizmatlami ko‘plab va sifatli
^ Karimov LA. 0 ‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: « 0 ‘zbekiston», 1999, 37-bet.

23S


ishlab chiqarishga undaydi. lining rag‘bat kuchi faqat ishlab chiqa-rishning o‘zini o‘sishga undash emas, baLki iqtisodiy munosabatlarni ham takomillashuvga moyi] etishdir. U xo‘jalik yuritishning eng samara!i usulJarini yuzaga keltiradi, iqtisodiy aloqalarning eng ma’qulini topishga majbur qiladi.

Iqtisodiy o‘sish bilan raqobat doirasi kengayadi. Raqobat fir-malami ilmiy-texnikaviy yangiliklarni izlab topish va joriy etishga rag‘batlantiradi, chunki shu yo‘l bilan kurashda g‘olib chiqish mum-kin. U yangi tovarlami yaratish, bor tovarlar sifatini oshirish, ishlab chiqarish va tijorat xarajatiarini kamaytirishni talab qiladi. Albatta, bular yangi texnologiyani topib, joriy etish orqali yuz beradi. Raqo-batda yutqazmaslikning sharti yangilik uchun pulni ayamaslik hisob-lanadi, shu bois firmalar xarajatida fan-texnika yangiliklarini joriy etish sarflari salmoqli o‘rin tutgan sharoitda ularg‘alabaga ishonishlari mumkin. Yirik firmalar raqobatni nazarda tutib ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlari bilan doimo shug‘ullanadilar. Shu sababli AQSh korporatsiyalari bu ishga 200 mlrd dollar sarflashi (2012-yil) bejiz emas.


Raqobat bo‘lganda firmalar bozorga o‘z raqibinikidan yaxshiroq va arzonroq tovarlami taklif etishi zarur. Buning uchun firmalar xaridorlarga ma’qul boMadigan yangi tovar namunalarini o‘zlari yaratadilar yoki o‘zgalar yaratgan tovar namunalarini ishlab chi­ qarish huquqini sotib oladilar, xarajatni pasaytiradilar. Monopo-liyalar narx bilan emas, balki ko‘pincha sifat bilan raqobatlashadilar, buning uchun fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etadilar. Masalan, avtomobil kompaniyalari xalqaro avtosalonlarda (ko‘rgazmalarda) avtomobilning super yangi modellarini namoyish etadilar. Ular x :omobil modelini yaratish chogrida yangi texnikaviy g‘oyalarni mod. 1konstruksiyasida amalga oshiradilar. Bu shundan darak beradiki, sifat bilan raqobatlashuv fan-texnika taraqqiyotining omiliga aylanadi.
Raqobatda qoii baland kelishning yana bir sharti ilg‘or tex-nologiyadan samarali foydalanishga qodir bo‘lgan malakali ishchilar va mutaxassislarni firmaga jalb etish hisoblanadi. Buning uchun firmalar mehnat bozorida xaridor sifatida raqobat qilish bilan cheklanmay o‘z qoiida xodimlar malakasini oshirishga, ularni yangi kasbga o‘rgatishga ham katta mablag‘ saiflaydilar. Bunda inson kapitaliga qilingan sarf pulni eng qulay joylashtirish, deb qaraladi. Hozir raqobatlashuvda inson omiliga birlamchi ahamiyat berish ommaviy tus olgan, ayniqsa, buni Yaponiya misolida ko'rish mumkin. Yaponiyada firma xodimlarining ish sifatini oshirish to‘-garaklari uyushtirilganki, ular raqobatbop tovarlar ishlab chiqarishni

239


mo'IjaUaydi. Bu yerda firma xodimlari o‘rtasidagi hamjihatilikka katta e’tibor berilib, ijtimoiy nizoiarga yo‘l berilmaydi, «Mening firmam — ikkinchi uyim, mening ikkinchi oilam» qabilida ish ko‘riladi. Yaponiya firmaiari hamma choralar bilan ish kuchining qo‘nimli bo‘lishiga erishadilar. Inson omilini to‘la ishga sol ish tufayli ular xalqaro bozordagi raqobatda ham yutib chiqadilar.
Raqobat xonadon ahlining faolligini ham yuzaga chiqaradi. Xonadondagi har bir ishlovchi yaxshi ish joyini iziab topish, unga joylashgach uni yo‘qotmaslikka intiladi. Yaxshi ish joyi bu muqim ish bilan ta’minlangan va yaxshi ish haqi olinadigan joydir. Shunday joy uchun kurash doimiy tus oladi. Bu kurashda o‘z maqsadiga erishish uchun ishchi va xizmatchilar mehnat intizomiga qat’iy rioya etishlari, yalqovlikka y o i qo‘ymasliklari, tashabbus bilan ishlashlari, mehnat unumdorligini oshirishlari va nihoyat tovar sifatini ta’-minlashlari talab qilinadi. Ish o‘rni uchun kurash ularni bilim darajasi va kasbiy mahoratini doimo oshirib borishiga, o‘z sog‘lig‘ini avaylashiga olib keladi. Raqobat oilani bolalarni yaxshi o‘qitishga, ularga yaxshi tarbiya berishga qaratilgan xarajatlarini oshirishlariga olib keladi. Masalan, Koreya Respublikasida bolalarga eng zamo-naviy bilim berish va yaxshi tarbiyalash uchun o‘ziga to‘q xona-donlar yiliga 30 ming nafar yosh bolalarni chet elga o‘qishga yuborib, buning pulini toiaydilar. Xullas, mehnat bozoridagi ra­ qobat ish kuchi sifatini oshiradi va shu orqali iqtisodiyotning o‘si-shini rag'batlantiradi.
Raqobatda bozor xo'Jaligiga xos iqtisodiy saralanish tamoyili amal qiladi. Bu yerda bellashuvchilardan biri yutib chiqsa, boshqasi yutqazadi. Shu sababdan raqobat iqtisodiyot subyektlarini qat’iyan tabaqalashuviga olib keladi. Bu eng avval foyda miqdori, kapital miqdori, qarzni to‘lash qobiliyati va nihoyat, ish haqining har xil bo‘lishida ko‘rinadi. Raqobatda yutib chiqqanlar iqtisodiy Jihatdan kuchayib ketsalar, yutqazganlar zaiflashadi, hatto xonavayron bo‘lib bankrot holiga tushadilar. Biz bUamizki, bankrot boiish bu o‘zining majburiyatlari va to‘lovlarini bajarishga qodir bo‘lmaslikdir. Bankrot bo‘lgan firmalar yo‘qo!adi. Iqtisodiy saralanishning ikki ziddiyatli oqibati bor. Birinchidan, o‘z ishini uddalay olmagan firmalarning sin ish i, eng ishbilarmonlami tanlab olib, iqtisodni ularning ishonch-li qo'liga berish bo‘lsa; ikkinchidan, bu zo‘rlari yanada zo‘rayib ketishi va monopollashuv tendensiyasini yuzaga keltiradiki, natijada erkin raqobat cheklanib qoladi. Shu boisdan, davlat o‘zining antimonopol tadbirlari bilan singan firmalar o ‘rniga yangilarini paydo bo‘lishiga ko'maklashadi, chunk! korxonalar ko‘p joyda raqobat qizg‘in boradi. Binobarin, raqobat samara berishi uchun

240


raqobatchilar o‘rtasida muvozanatni ta’minlash zararki, bii mono-poilashuvning oldini olishi kerak boiadi.
Raqobatning kuchi doimo ortib boradi. Qayerda raqobat mu-nosib o'rin egallasa, shu yerda isMab chlqarish tez rivojlanadi va jamiyat a’zolarining turmush darajasi yuqori bo'iadi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling