Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Layoqatsiz bozor — bu mexanizmi yaxshi ish bermay qolgan


Download 1.85 Mb.
bet171/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Layoqatsiz bozor — bu mexanizmi yaxshi ish bermay qolgan

bozor boiadi.

Bu bozor defitsitli bozorni yoki tovar ortiqcha boigan bozomi bildiradi. Iqtisodiyot uchun bozorning har ikkala holati ma’qul boimaydi. Layoqatsizlik ko’pincha tartibsiz bozorlarda uchrab tu-radi. Layoqatsizlik paydo boiganda iqtisodiyotning o‘sishi awal sekinlashadi, so‘ngra to'xtab qolib, tanglrk paydo boiadi. Bozorning layoqatsizligi yana shundan iboratki, uning mexanizmi ayrim muammolarni hal etishga qodir boimaydi.

Masalan, atrof-muhitni himoya qilish, mudofaani ta’minlash.
Bu ishlarni bozorning ojizligi tufayli davlat mexanizmi bajaradi.

Bozorning layoqatliligi tendensiya boisa, layoqatsizligi juz’iydir.


2 3 3


14.3. Talab-taklif mexanizmining islilashi
Bozor mexanizmining mo‘’jizakorligi shimdaki, bu nimani, qancha va qanday usulda ishlab chiqarish zarur degan muammoni hal qilishning eng samarali yodlarini belgilab beradi. Iqtisodiyotning har qanday ishtirokchisi u kim boiishidan qat’iy nazar bozorga moslashishi talab qilinadi, chunki busiz uning ishi yurishmaydi. Moslashuv bozor holatiga qarab ishlashni bildiradi. Buning uchun u bozor signalini qabul qilishi va unga javoban harakat qilishi kerak, Bozordan keladigan iqtisodiy signal vazifasini narx-navo o‘taydi. Bozordan keladigan narx signal! xaridorlar nimani va qancha sotib olishini, ishlab chiqaruvchilarni esa nimani, qancha ishlab chiqa­ rish i kerakligini belgilab beradi. Iste’mol bozoridan kelgan signal tovarlami ishlab chiqarish uchun qanday resurslarni va qanday miqdorda sotib olish zarurligini belgilab beradi. Resurslar bozoridagi talab, iste’mol bozoridagi talabga qarab o'zgaradi. Masalan, bozorda ko'ylak yaxshi sotilib tursa, unga talab elastik hisoblanadi. Shunga ko‘ra ko‘ylakni ko’proq miqdorda tikish uchun bozordan gazlama, ip, tugma, tikuvchilik mashinalarini ko'proq sotib olish kerak bo'ladi. Binobarin, iste’mol bozoridagi talab resurs bozoridagi ta-labni hosil qiladi, uni qondirish uchun esa resurelarni yaratib, ulami bozorga chiqarish kerak bo‘ladi. Bozor orqali resurslar taqsimlanib, ular kerakli tovarlami ishlab chiqarishga yuboriladi. Demak, bozor mexanizmi bu faqat rag‘batlantirish mexanizmi emas, balki re-surslami oqilona taqsimlash mexanizmi ham bo'ladi. Bozor iqti-sodiyoti ham cheklangan resurslarga duch keladi, shu sababh ulami muqobil ishlatish kerak. Qaysi yo'nalishda resurslarni ishlatish talab-ehtiyojni todaroq qondirsa, shu yo’nalish tanlab olinadi. Tanlov uchun narx asos boiadi. Nimaga narx oshsa, unga ta-lab-ehtiyoj kamroq qondirilgan boiadi. Nimaga narx tushsa, u talab-ehtiyojdan ortiq darajada ishlab chiqilgan boiadi. Birinchi holda taklif ko’paytiriladi, ikkinchi holda taklif qisqartiriladi. Narxlar bozor konyunkturasini tavsiflaydi. Narx signal! bozordagi talab-taklif haqidagi axborot boiib, korxonalar va xonadonlardan ularga binoan ish qilish zarurligini bildiradi, chunki ulami bozor narxiga moslashishdan boshqa iloji boimaydi. Firmalar nima qi-lishlari, birinchidan, ular yaratgan tovarning bozor narxiga, ikkin-chidan, resurslarning bozor narxiga bogiiq boiadi. Biz oldin ko’rdikki, firmaning foydasi uning tovarlari narxiga to‘g‘ri muta-nosiblikda, xarajatlarga teskari mutanosiblikda boiadi. Resurslar qimmatlashsa, xarajat ko’payadi, shunga mos holda foyda qisqaradi. Bunga yoi qo‘ymaslik uchun firmalar xarajatni tejovchi unumi

2 3 4


yuqori texnologiyani qo‘llaydilar. Resurslar cheklanganligidan ularning narxi o'sishga moyil bo'ladi. Shuni nazarda tutib mahsulot birligini yaratishga ketgan resurslarni tejash yo‘li izlab topiladi. Neft narxining oshishi munosabati bilan benzinning qimmatlashuvi benziiini tejovchi avtodvigatellarning yaratilishiga olib keldi. Har 100 km hisobidan 10—12 litr yonilg‘i sarflovchi dvigatellar o'rniga 6—8 litr, hatto 3 -4 litr benzin yoquvchi dvigatellar yaratildi, Hozir-da rivojlangan mamlakatlarda mahsulotning energiya sigMmini qisqartiruvchi texnologiyani yaratishga qo‘l urilgan.
Ish kuchi resurs sifatida qimmatlashsa, uni arzoni bilan almash-tiriladi. Masalan, migrantlar (muhojirlar)ning arzon ish kuchi ishlab chiqarishga jalb etiladi.

Bozordagi xaridor tovarlar birligining narxini uning sifatiga taqqoslab baholaydi, ya’ni narx sifatga monand bo‘lishi zarur. Aks holda tovarga talab umuman bo‘lmaydi yoki kam bo'ladi. Bu esa foydani qisqartiradi, natijada firma egasining manfaati yuzaga chiqmay qoladi. Shunday sharoitda firma novatsiya qilishga, ya’ni o‘z ishiga yangilik kiritishga majbur bo‘ladi. Novatsiya natijasida tovarlar diversifikatsiyasi yuz beradi, ya’ni mutlaqo yangi tovarlar yaratiladi, eskilari modernizatsiya qilinadi. Yangi tovarlar ishlab chiqarishga o'tish restnikturizatsiya, deyiladi. Restrukturizatsiya chog'ida yangi tovarlarning bozor talabiga nechog’lik mos kelishi, bu qancha qo‘shimcha sarf talab qilishi va bu o’zini qanchada oqlashi inobatga olinadi. Shu yo‘sinda bozorbop tovarlarning ishlab chiqarilishi ta’minlanadi. Firma uchun bozorbop tovar — bu faqat xaridorgirtovaremas, balki yaxshi foyda keltiradigan tovardir. Tovar birligini sotishdan keladigan foyda xarajatlarning pasayishiga, xarajatlar miqdori esa mehnat unumdorligiga bog‘liq bo'ladi. Bunday aloqadorlik mehnat unumdorligini oshirishga stiinul beradi. Qayerda bozor mexanizmi yaxshi ishJasa, shu yerda mehnat unumdorligi yuqori bo'ladi. Bozor mexanizmi ravon ishlayotgan yuksak rivojlangan mamlakatlarda 2000-yili bir ishlovchi yaratgan mahsulot va xizmatlar 56 ming dollarga teng bo'lganligini aytishning o'zi kifoya. Bozor mexanizmi mehnat unumdorligini oshiruvchi omiliarga kuch berib, ularning iqtisodiyotdagi rolini oshiradi. Bozor mexanizmi shakllanib ulgurmagan yerda unumdorlLkni oshiruvchi stimuUar kuchsiz. Bu mehnat unumdorligining past bo'lishini yuza­ ga keltiradi. Masalan, 2000-yili AQShda bitta ishlovchi 84 ming dollarga teng tovar va xizmatlar yaratgan bo'lsa, Rossiyada 15,6 ming dollarlik yaratildi.


Bozor mexanizmi iqtisodiyotni narx orqali boshqaradi, buni talab elastikligida ko'rish mumldn. Bizga ma’lumki, erkin bozorda

2 3 5


talabning elastikligi shundaki, bu yerda narxning o'zgarishiga ja-voban talab bundan tezroq o‘zgaradi. Shunday sharoitda firma narani tezda o‘zgartirishi kerak. Aks holda u tovarini sota olmaydi. Narxni pasaytirganda ham firma foyda olib turishi uchun xara-jatlarni ham pasaytirishi talab qilinadi. Firmalar taklifning e!as-tikligini ham hisobga oladi. Bu o‘z navbatida narx bilan taklif o'rtasida to'g'ri mutanosiblik borligidan kelib chiqadi. Firma narxning o‘sishiga javoban tovarlarni ko‘plab chiqarishini bildiradi. Biroq qo‘shimcha ishlab chiqarish foyda keltirishi talab qilinadi. Buning uchun xarajat hech bo'lmaganda oshmasligi, imkoni bo‘l-ganda, uning kamayishi talab qilinadi. Binobarin, bozor mexanizmi qo‘shimcha ishlab chiqarishdan qo‘shimcha foyda olish uchun xara-jatlar qisqaitirish zarur bo‘ladi. Bu firmalarni tejamkorlikka undaydi.
Bozorga moslasha bilish g‘oyat muhim. Buning uddasidan chiqqan firmalar rivojlanib ketsa, bu ish qoiidan kelmagan firmalar yopilib ketadi, ular o‘rniga yangilari keladi. Demak, bozor mexa-nizmi uddaburonlarning tanlanishini va iqtisodiyotning ular qo‘liga o‘tishini bildiradi. Ular o‘z kapitalini bozorgir tovarni ishlab chi-qarishga tashlaydi. Natijada, mavjud korxonalardagi ishlab chiqarish kengayadi, yangi korxonalar ochiladi. Talabga binoan taklif ko‘-payib, bozorning to‘yinish darajasi ortadi. Dastlab T|j>Tf holati borisa, keyinchalik Ть=Тг holati, ya’ni rnuvozanatlilik paydo bo*-ladi. Nihoyat taklif ko‘payib ketganidan TbTij holati yuzaga keladi.
Bozorda maijinal naflilik qonuni amai qiiadi. Naflilik pasaygan sari tovarlarning sotilishi qisqaradi, bozor narxiari tushadi. ТЧагх pasaygan sari iqtisodiy foyda qisqarib boradi, nihoyat u noilashadi, chunki naflilik pasayganidan narxiar arzonlashganda ham bozorda tovar o‘tmay qoladi, Biroq iqtisodiy foyda nollashgan holatda ham tovarni ishlab chiqarish to‘xtatilmaydi, tovarni iqtisodiy foyda keltirmaydigan narxda sotishning ham ma’nosi bo'ladi, chunki shunday holatda iqtisodiy foyda olinmasa-da, xarajatlar qoplanadi, ular tarkibidagi me’yorli foydani tadbirkor olib turadi. Narx pasayishda davom etganda, dastlab me’yordagi foyda yo‘q bo‘ladi, so‘ngra o'zgaravchan xarajatlar, nihoyat doimiy xarajatlar qoplan-may qoladi. Xarajatlar qoplanmay zarariga ishlash boshlanganda tovarni chiqarish to‘xtatiladi, Masalan, «А» firma tovarni chiqarib, har birini 10 dollardan sotadi. Shu 10 dollar firmaning daromadi bo‘lib, uning 8 dollari xarajat, 2 dollari iqtisodiy foyda. Aytilgan 8 dollarning 3 dollari doimiy xarajat, 4 dollari o‘zgaravchan xarajat, 1 dollari me’yordagi foyda. Tovarga talab ortib, narx 11, 12, 13, 14 dollarga yetadi. Xarajatlar o'zgamiagan taqdirda iqtisodiy foyda

2 3 6


dastlab 2 dollar bo‘!sa (10—8=2), so'ngra 6 dollarga teng bo‘ladi (14-8=6). Bu maksimumlashgan foyda, chunJd bu narx (R) biian o‘rtacha xarajat (Wo-^) orasidagi farq eng katta bo’lganini bildiradi, Foyda maksimumlashganda bozor to‘yinib bo‘ladi. Shundan e’tibo-ran tovarning nafliligi pasayib narx tusha boshlaydi. U cho‘qqisiga chiqqanda P=14 bo‘lsa, so‘ngra u pasayishda davom etib, o‘zining dastlabki holati P=I0ga keladi, oxir-oqibatda P=3 holatiga kelib, 5 dollar zarar ko‘riladi (8—3=5). Shunda firmalar tovar chiqarishni to‘xtatib, o‘z kapitalini muayyan ishlab chiqarishdan olib ketadi. Natijada, ishlab cliiqarish quvvatlari kamayadi, taklif qisqarib ketadi, talab taklifdan ortib, narxlar, binobariii foyda osha boshlaydi. Shunday vaziyatda ishlab chiqarishga yangi firmalar kirib keia boshlaydi. Natijada, taklif ko‘payib, u talab biian tenglashadi, foydaning maksimumlashishi yana yuz beradi. Biroq tovarlar taklif yana talabdan oshib ketadi, yana ishlab chiqarish qisqara boshlaydi. Xullas, talab-taklif nisbatining o‘zgarishi natijasida ishlab chiqarish harakatga keladi, u doimo yangilanib turadi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling