Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
Mehnat Kapital Arfwrot
sirimi sig'im ^g‘im 1 5 .5 -ra sm . Y alM xarajat sigHrni Mehnat sigimi YalM birligini yaratish uchun sarflangan ish haqi va mukofotlar sarfini, moddiy-ashyoviy sig‘im xomashyo, yoqilgh, materiallar sarfini, kapital sig‘im mashina-uskunalar va bino-inshootlar sarfini va nihoyat informatsion sig'im informa-tsiyani topish va ishlatish sarflarini bildiradi. Bu sarflar qancha-lik kam bo‘lsa, shunchalik YalM xarajatlar sighmi past bo‘ladi, binobarin samaradorlik ham yuqori boladi. Samaradorlikni aniq-lashda, demak, sarflar va natijalar taqqoslanadi. Bu qanday sarf evaziga qanday natija olinganligini anglatadi. Muayyan paytda saif-lar samaradorlikka har xil yo‘nalishda ta’sir etishi mumkin. Ular-dan biri samaradorlikni oshirsa, boshqasi uni o‘zgartirmaydi, yana boshqasi hatto uni pasaytirishi ham mumkin. Demak, sarflar nati-jasi farqlanadi. Biroq nima bo‘lganda ham natija jami sarfdan ortiq bolishi kerak aks holda iqtisodiyot rivojlanmaydi. Samaradorlikni oshirish uchun mehnat, moddiy-ashyoviy, kapital va informatsiya sigimini pasaytirish taiab qilinadi. Bunga ishlab chiqarish omil-laridan to'laroq foydalanish orqali erishiladi. 15.7. Samaradorlikning ijtimoiy ahamiyati Samaradorlik iqtisodiy farovonlikni oshirishga xizmat qiladi. Bu uning ijtimoiyligidir. Iqtisodiyotda shunday qoida borki, unga ko‘ra kishilarning iqtisodiy farovoniigiiii, ular tovar va xizmatlarni naqadar darajada yarata olishi belgilab beradi. Kishilar o‘z mehnati bilan yaratgan ne’matlarni iste’mol qila-dilar. Agar bundan ortiq iste’mol qilinsa, to‘plangan milliy boy-lik yeb yuboriladi yoki mamlakat tashqi qarzga botib qoladi. Ayni paytda iqtisodiyotni kelajakda rivojlantirish uchun investitsiya 263
yetishmay qoladi, chunki iste’mol ko‘pligidan jamg‘arma hosil boMmaydi. Shu bois, turmush farovonJigi iqtisodiyotning samaradorligiga bogMiqdir. Agar jamiyat qanchalik kam sarflagan holda ko‘p ishlab chiqarsa, shunchalik kishilar farovon yashaydilar. Hozir dunyodagi mamlakatlarda farovonlikning jiddiy farqlanishmi iqtisodiyot sa-maradorligining turlicha bo'lishi yuzaga keltiradi. Boy mamlakat larda samaradorlik yuqori bodganidan turmush farovonligi yuksak. Kambag‘al mamlakatlarda aksincha, samaradorlik past boMganidan turmush darajasi ham past. Aholining farovonligini oshirib rivojlangan mamlakatlardagidek farovon hayotga erishish uchun samaradorlikni muttasil ko'tarish zarur. 15.8. Yalpi icliki mahsuiotning ishlatilishi Jamiyatning mehnati bilan yaratilgan YalM, birinchidan, aholi iste’molini qondirishga, ikkinchidan, kelajakda iqtisodiyotni rivoj-lantirish uchun sarflanadi. U taqsimlanganda turli qismlarga ajratiladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling