Bozor iqtisodiyotining siklii boiishi uning bir koiarilib, bir pasayib turish orqali rlvojlanib borishi, ya’ni uning o‘sishining toi-
qinsimon shaklda boiishidir.
Buni biz amaliyotda kuzatamiz, falon mamlakat iqtisodiyoti shuncha foizga o‘sdi, falon mamlakatniki esa shuncha foizga ka-maydi, degan xabarni eshitamiz. Yoki boimasa falon mamlakatda krizis holati yuz berdi, lekin iqtlsodiyotda jonlanish kuzatilmoqda, degan gapni axborot vositalari bizga yetkazib turadi.
Iqtisodiyotdagi harakat suvdagi toiqinning bir koiarilib, bir pasayib turishiga qiyoslanadi. Darhaqiqat iqtisodiyot o‘sadi, lekin bu ko'tarilish, pasayish, so'ngra yana ko'tarilish shaklida boiadi. Buni chizmada kuzatsak ham boiadi (16,4-rasm).
Chizmadan shuni ko‘rish mumkinki, iqtisodiyot o‘sib boradi. Biroq u to‘lqinlanib turadi. A; A2, A3, A4 nuqtalarida iqtisodiyot ko'tarilgan. Bi, B2, B3, B4 nuqtalarida u pasaygan.
Demak, ma’lum davr mobaynida iqtisodiyotdagi tebranma harakat kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |