Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Iste’mol va jamg‘arish muvozanati


Download 1.85 Mb.
bet196/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Iste’mol va jamg‘arish muvozanati. Jamiyatning iste’moli u qancha ishlab chiqarganligi bilan belgilanadi. Biroq YalMning hammasi iste’mol qilinishi mumkin emas, albatta uning bir qis-mi jamg’arilishi kerak, aks holda iqtisodiyot rivojlanmaydi. Biz bi-

2 7 0


lamizki, iqtisodiy o‘sishning muhim omili bu investitsiyadir, uning asosiy manbayi esa jamg'arishdir. Iste’mol va jamg‘arish muvoza-nati ularning miqdoran tengligi emas, balk] ularning optimal nis-batda bo‘lishini bildiradi.

YalM

1 6 . 3 - r a s m . YalM ishlatilishidagi muvozanat
Buyerdagioptimallikshundaniboratki, ubirvaqtning o'zida iqti­ sodiy o‘sish va farovonlikni la’minlashi zarur. Gap shundaki, YalM miqdori muayyan bolganidan iste’molning ko‘payishi jamg‘arishni qisqartiradi va aksincha jamg‘arishning ortishi iste’moini qisqarti-radi. Faraz qilaylik, YalM 400 mlrd dollarga teng. Agar iste’molga undan 350 mlrd ketsa, jamg'arishga 50 mlrd dollar qoladi. Bordi-yij jamg'arishga 70 mlrd ketsa, iste’molga 330 mlrd dollar q o -’ladi. YalM miqdori chegaralanganligidan iste’mol va jamg‘arish opti­ mal nisbatda boiishi kerakki, bu iqtisodiyotning o‘sishiga qarab xalq farovonligi oshib borishining ta’minlanishi deganidir. Bu nis-bat ham d i n a m ' y a ’ni o‘zgaruvchan bo‘ladi. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda . CX asr o‘rtalarida YalMning 75 %i iste’mol qililsa, 25 foizi jamg‘arilgan. XXI asr boshiga kelib YalM ning 15—20 foizi jamg'arilsa, uning 80—85 foizi iste’molga yuboriladi. Iqtisodiyot qanchalik rivojlangan bo‘lsa, shunchalik YalMda iste’mol hissasi katta bo'lgani holda, Jamg‘arish hissasi kichik bo‘ladi, chunki iqti­ sodiy salohiyat qudratli bo‘lganidan YalMning nisbatan kam qis-mi Jamg‘arilgani bilan uning miqdori katta bo‘ladi, bu holda iqti­ sodiyot bir maromda o‘sa oladi. Iqtisodiyot zaif Joyda YalM ning o‘sishi jamg‘arishni ko‘p talab qiladi. Biroq xorij investitsiyalari ko‘p kiritilsa, mamlakatning o‘zida Jamg‘arish qisqarib, iste’mol ko‘payishi mumkin. Shu sababli, hozir iqtisodiy salohiyati turlicha mamlakatlarda iste’mol va jamg’arish nisbati farqlanadi.

2 7 !


Tovar va pul muvozanati. Iqtisodiyotda jami tovarlar narxining miqdori va pul miqdori o'rtasida muvofiqlik boiganda tovar-pul muvozanati hosil boiadi. Bu muvozanat ishlab chiqarish darajasiga mos ravishdagi pul muomalada boiishini bildiradi. Iqiisodiyot pul bilan to‘yingan bo‘lishi zarurki, bu pulning keragicha boiishini, uni kam yoki ortiqcha bo‘imasligiiii bildiradi. Pul ko'payib ketsa, u qadrsizlanadi, pul kamayib ketsa, oldi-sotdi ishiari o^z vaqtida amalga oshmay qoladi, Tovar-pul muvozanati shuni bildiradiki, muomaladagi pul miqdorini (Mr) pulning aylanish tezligiga (V) ko‘-paytmasi har bir tovar narxining (P) uning miqdoriga (Q) ko‘-paytmasiga teng bodishi talab qiiinadi. Bu iqtisodiyotda Mr*V=P*Q zarurligini bildiradi. Shunday boiganda pul qadrining barqarorligi ta’minlanadi, pulga ishonch saqlanib, uni ishlab topishga intilish mavjud boiadi. Buning natijasida iqtisodiy faollik yuzaga keladi. Aytilgan muvozanat buzilib pul ko‘payib ketsa, ya’ni Mr*V>P*Q holati kelib chiqsa inflatsiya yuz be rad i va bu iqtisodiyotga putur yetkazadi. Muvozanatning buzilishi pul yetishmay qolganda, ya’ni Mr*V
16.2. Iqtisodiyotning siklli o‘sishi
Muvozanatlar iqtisodiy rivojlanishning shart-sharoiti hi-soblansa-da ular har doim ham mavjud bolavermaydi. Ular buzilib va tiklanib turadi. Ular buzilgan paylda iqtisodiy beqarorlik paydo bo1sa, ular tiklangan chog‘da iqtisodiyot barqaror o'sadi. Iqtisodiy beqarorlikning iqtisodiy krizis — inqiroz, moliyaviy tanglik, ishsiz-likni me’yoridan oitib ketishi, aholi turmush darajasining pasayib ketishi, uning noroziligining ortishi kabi alomatlari mavjud. Muvozanatlarning saqlanib turishini iqtisodiyotga xos tendensiya, ya’ni moyillik, deb aylish mumkin, chunki ular abadiy saqianmaydi, vaqti-vaqti bilan buzilib ham turadi. Muvozanatlarning buzilib va tiklanib turishiday holat bozor iqtisodiyoti uchun xos boiadi, chunki bu uning ichki tabiatidan kelib chiqadi. Biz bilamizki, xususiy mulkchilik iqtisodiyot ishtirokchilarini bir-biridan ajratadi, bozor esa ularni bir-biriga boglab turadi.
Ajralish tarqoqliknd, tarqoqlik esa noaniqlikni yuzaga keltiradi. Bizga ma’lumki, bozordan asimmetrik axborot kelganda u bozor-dagi haqiqiy holatni aks ettirmaydi, lekin unga binoan ishlash yuz

272


berganda muvozanatlar buziladi. Bozor tizimida ma’lum darajada iqtisodiy noaniqlik, binobarin tartibsizlik mavjudligidan bar doim ham muvozanatlar saqlanib turavermaydi. Ularning vaqti-vaqti bi­ lan buzilib turishi bozor mexanizmida nosozlik paydo bo‘lib, u layoqatsizlik bo‘lib turishi natijasidir.
Jami talab va taklif muvozanati yetakchi bodganidan uning bu-zilishi boshqa umumiqtisodiy muvozanatlarni ham izidan chiqara-di. Bozor iqtisodiyoti katta afzallikJarga ega, biroq u ideal tarzdagi mukammal iqtisodiyot emas, uning o‘z nuqsonlari ham bor. BuJar jumlasiga yuqorida aytgan tarqoqlik, noaniqlik va muvozanatlar” ning buzilib turishi, iqtisodiy tanglikning vaqti”Vaqti bilan paydo boiishi kiradi. Shu sababli bozor iqdisodiyoti tabiatan sikJli iqti-sodiyotdir.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling