Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Korxonada muqobil tanlov ko‘rsatkichlari
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metall sarfining muqobil tanlovi
- 3.1. Ishlab cliiqarlsli omillari
- Shaxsiy-insoniy omil - bu ish kuchi, uning amal qilish natijasi boigan mehnatdir. Ish kuchi —bu insonning mehnat qilishga qaratilgan jismoniy va aqliy qobiliyatidir.
- Ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omili —bu uning uchun zarur bo‘lgan barcha mehnat vositalari va moddiy shakidagi ashyolardir.
Korxonada muqobil tanlov ko‘rsatkichlari
Г
Jadvalga nazar tashlasak, motosikl chiqarishdan velosiped chi-qarishga o‘tish jarayonida korxona motosikldan keladigan foydani yo‘qota borgan, ammo buning evaziga unga velosipeddan keladigan foyda ortib borgan. Pirovard natijada motosikl ishlab chiqarishni to‘xtatish korxonani 10 min so‘m foydadan qoldirgan. Biroq velo siped ishlab chiqarishning tanlanishi 12 min so‘m foyda bergan. Bu yerdayutuq bilan yo‘qotish o'rtasidagi farq 2 min so‘m (12—10=2)ni tashkil etgan. Demak, velosiped ishlab chiqarishga o‘tish korxonaga naf keltirgani uchun u tanlab olingan. 29
Tanlov yuz berganda bir narsadan tamomila voz kechilib, uning o‘rniga boshqasi to‘laligicha tanlab olinadi, deb o‘ylash mumkin emas. Muqobil tanlov chog‘ida turli ishlarni saqlagan holda ular nisbatini o‘zgartirish ham bo'lib turadi. Masalan, xonadon top-gan pul bir oyda 100 ming so‘m, shundan 90 ming so‘m tovar va xizmatlarga saiflanadi, qolgan 100 ming so‘m jamg‘ariladi, Bunda iste’mol sarfi 900 ming so‘m, jamg'arish sarfi 100 ming so‘m, ular nisbati 9:1. Xonadon hamma pulini jamg‘armaga aylantira olmaydi, chunk! u shunday qilsa och qoladi. U hamma pulini iste’molga ham yubo-ra olmaydi, chunk! unga pul zaxirasi ham kerak. Demak, xonadon har ikki xarajatni saqlagan holda uning nisbatini o‘zgartiradi. Uning tanlovi shu yoidan boradi. Muqobil tanlov sharoitida resurs ma’qul ko'rilmagan sohadan olinib, afzal ko‘rilgan sohaga tashlanadi. Shunga binoan resurs ket-gan sohada ehtiyoj kamroq qondiriladi, resurs borgan sohada u to‘laroq qondiriladi. Misol uchun, hammasi bo'lib 10 tonna metall bor, deb faraz qilamiz. Bu metall 10 dona traktor yoxud 10 dona avtomashinani chiqarish uchun etadi. Ehtiyoj 4 dona traktor va 6 dona mashinadan iborat. Buni qondirish uchun resurs (metall) te-gishlicha taqsimlanadi (2.4-rasm). 2.4-rasm. Metall sarfining muqobil tanlovi Rasmga nazar tashlasak, 6 ta traktor chiqarishga ketadigan re surs avtomobil chiqarishga yuborilgan. Shuningdek, 4 ta mashinaga yetadigan resurs traktor ishlab chiqarishga qo‘yilgan. Natijada trak tor va mashina islab chiqarish 1:1,5 nisbatida bo‘lgan. Resurslar 30
ham shunday taqsimlangani uchun ehtiyoj qondirilgan. Shu bois o‘ng tomondagi 4 ta bo‘sh katakka so‘l tomondagi 6 ta bo‘sh katak to‘g‘ri kelgan va aksincha, so‘l tomondagi 6 ta bo‘sh katakka o‘ng tomondagi 6 ta chizmali katak to‘g‘ri keladi. Keltirilgan tasvirlar shundan dalolat beradiki, resurslar yetishmagan sharoitda ularning boriga tayanib, ehtiyojiar eng maqbul darajada qondirilishi kerak bo'ladi. Tanlov qoidasi abadiy, undan hech bir kishi qochib qutila olmaydi, chunki buni obyektiv sharoit — resurslarning kamyobligi yuzaga keltiradi, lekin kishilar ulardan samarali foydalana biladilar. Iqtisodiy haqiqat mana shunday. Xulosalar Iqtisodiyot ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi, ehtiyoj esa kishilarning yashashi va inson sifatida kamol topishi uchun zarur bo'lgan noz-ne’matlar majmuasidir. Ehtiyojiar miqdoran o‘sadi va tarkiban yangilanadi. Iqtisodiy faoliyat mahsulot va xizmatlarai yaratish, ayir-boshlash, taqsimlash va iste’mol qilinishini bildiradi. Ishlab chi-qarish iqtisodiyotning asosi, u moddiy va nomoddiy ishlab chiqa-rishdan iborat. Ayirboshlash barter va oldi-sotdi shakliga ega bo‘-ladi. Yaratilgan ne’matlar taqsimlash orqali iste’molga keladi. Iste’mol iqtisodiyotni yakunlaydi, bu natural va tovar iste’moli, xususiy va ishlab chiqarish, individual va birgalikdagi iste’mol shakliga ega. Iqtisodiy resurslar moddiy, insoniy va informatsion resurs-lardan iborat. Ehtiyojlaming cheksizligi va resurslarning yetish-masligi oVasida nomuvofiqlik bor, bu esa muqobil iqtisodiy tanlov vositasida ^artaraf etiladi. Tanlov chogMda kishilar cheklangan resurslarni eng foydali faoliyatga yoilaydilar, ya’ni resurslarni tejash hisobidan ehtiyojni to‘laroq qondiradilar. Iqtisodiy tanlovda bir ishni qilish uchun boshqasidan voz kechiladi. Voz kechish bergan yo‘qotishlarga nisbatan tanlab afzal ko‘rilgan ishlar ko‘proq naf keltiradi. Shu sababli iqtisodiyotda muqobil tanlovga q o i uriladi. Tayanch tushunchalar Ehtiyojiar; ehtiyojlaming yuksalish qonuni; ishlab chiqarish; iqtisodiy ne ’matlar; barter; tovar ayirboshlash; taqsimlash; iste ’mol; iste ’mol shakllari va turlari; iqtisodiy resurslar; resurslar kamyobligi; iqtisodiy tanlov; resurslarning taqsimlanishi. 31
Ill bob. ISHLAB CIIIQARISH - IQTISODIYOTNING BOSH BO‘G‘INI 3.1. Ishlab cliiqarlsli omillari Ishlab chiqarish har qanday iqtisodiyotning asosini tashkil eta-di, chunk! bu yerda tirikchilik ne’matlari yaratiladi, buning uchun esa ishlab chiqarish omillari harakatga kelishi shart. Nimaiki isli-lab chiqarishga xizmat qilsa, shu uning omili boiadi, bii resurslar-dan iborat, albatta. Ishlab chiqarish amaiyotida qoilanayotgan barcha resurslar ishlab chiqarlsli omillari, deb aytiladi. Hayotiy ne’matlar yaratishda ishtirok etmay bekor yotgan resurslar ishlab chiqarish omillari bo‘la olmaydi, albatta. Masalan, ishlatilmay zang bosib yotgan stanok, chirib borayotgan xomashyo, ekinni sug‘ormay botqoqlik hosil qilayotgan suv, ishlamayotgan kishining mehnat qobiliyati kabilar resurs hisobiansa-da, ishlab chiqarish omili boia olmaydi, chunk! bular noz-ne’matlarni yara-tishda ishtirok ctmaydi. Demak, resurslar ishlab chiqarishga kirib kelgach va harakatda bo‘lgach, omillarni hosil qiladi. Hozirgi ishlab chiqarishda 5 ta omil ishtirok etlshi qayd eti-ladiki, bular tabiat, mehnat, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va ni-hoyat axborot (informatsiya)dir (3.1-rasm). Ishlab chiqarish omillari noz-ne’matlarni yaratishda har xil darajada ishtirok etadilar. Shunga qarab ular 3 ta guruhga ajratiladi: shaxsiy-insoniy omil, moddiy omil, axborot-informatsion omil. 32
Shaxsiy-insoniy omil - bu ish kuchi, uning amal qilish natijasi boigan mehnatdir. Ish kuchi —bu insonning mehnat qilishga qaratilgan jismoniy va aqliy qobiliyatidir. Bu qobiliyat sohibi bar bir mehnatga layoqatli kishidir. Mazkur qobiliyat amaJda ishlatilganda mehnat yuz be rad i. Ish kuchini faqat jismoniy kuch bilan cheklab bo‘lmaydi. Ish kuchi sohiblari bilim, malaka. mahorat va ish tajribasining ham sohiblari bo'ladilar. Shundagina ular ishlab chiqarishdagi mahsulot yaratuvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi kuch boia oladilar. Ish kuchining miqdoriy va sifat oichami bor. Miqdoran olganda —bu ish lay oladigan kishi-larning soni. Sifat jihatidan —bu ishlovchilarning malaka mahorati, bilimi-tajribasidir. Jamiyatning qancha noz-ne’matlami yarata olishi mana shu ikki Jihatga bog'liqdir. Ish kuchi shundayki, uni insondan ajratib bolmaydi, u moddiy shaklga ham ega emas, u insonningjismida mujassamlashgan qobiliyat. Shu sababli uni ishlab chiqarishdagi inson kapitali, deb ham atashadi. Ish kuchi ishlab chiqarishning birlamchi omili hisoblanadi, chunki inson meh-natisiz, uning ijodisiz eng mukammal mashinalar bodganda ham tirikchilik ne’matlarini yaratlb bolmaydi. Inson Jamiyatning oliy ishlab chiqaruvchisidir. Insoniy omilni ishchi, xizmatchi yoki dehqonning ish qobiliyati bilan cheklab boMmaydi. Bunga albatta tadbirkorlik qobiliyati ham kiritiladi, lekin bu alohida omil hisoblanadi. Bu o‘ziga xos noyob qobiliyat bo‘lib. mahsulot va xizmatlarni yaratishda tashkiliy boshqarish faoliyati bilan qatnashadi. Ishlab chiqarish yuz berganda tabiat in’om etgan ashyo-ma-teriallar mehnat yordamida qayta ishlanishi kerak va buning uchun mehnat vositalari talab qilinadi. Shu sababli ishlab chiqarishda moddiy omillar ham qatnashadi. Ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omili —bu uning uchun zarur bo‘lgan barcha mehnat vositalari va moddiy shakidagi ashyolardir. Bu omilni tabiat in’om etgan boyliklar va kishilar yaratgan mehnat vositalari tashkil etadi. Ishlab chiqarish bar doim tabiatga tayangan. Yer, suv, yerosti boyliklari, o‘rmonlar va boshqalar unga tabiiy materiallar yetkazib be rad i, uning uchun moddiy sharoit vazifasini o'taydi. Tabiat in’omi boMgan narsalar qayta ishlanib, ulardan kerakli mahsulot olinadi. Tabiatda uchraydigan materiallar undirib olingach va dastlabki ishlovdan o'tgach, xomashyoga ayla-nadi. Tabiiy xossalaridan foydalangan holda ular mahsulotga aylantiriladi. Tabiiy resurslar qishloq xo'Jaligi, undirma sanoat 33
uchun o‘ta ahamiyatli. Yersiz dehqonchilikni tasawur etib bo‘l-maydi, o‘rmonsiz yog‘och sanoatini, suvsiz baliqchilik bolishi mumkin emas. Qurg‘oqchilik mintaqalarida, masalan, Markaziy Osiyoda, SUV yer kabi dehqonchilik uchun asosiy vosita rolini o‘taydi. Tabiat qanchalik boy bo‘lmasin, baribir, bu boylikni mehnatsiz ishlab chiqarishga jalb etib boimaydi. Tabiatning ahamiyati u beradigan boylik bilan cheklanmaydi. Tabiat — ishlab chiqarishning umumiy shart-sharoitidir. Undagi o‘zgarishlar ishlab chiqarishga jiddiy ta’sir etadi. Masalan, yerdagi harorat, ko‘kdagi havo oqimining o‘zgarishi, kosmik nurlanish, magnit boTonlari —bularning hammasi ishlab chiqarish sharoitiga va kishilaming ishlash qobiliyatiga ta’sir etadi. Ishlab chiqarish ma’lum sohalarda, masalan, ziroat, chor-vachilik baliqchilik va mikrobiologiya sanoatida muayyan paytda o‘simlik va hayvonlarning biologik rivoji shaklini oladi, bioximiya jarayoni sifatida yuz beradi. Mehnat bilan tabiatning boylik manbayi sifatidagi ahamiyati bir xil emas. Bir mamlakat ishlab chiqarishi u yerdagi tabiiy boylikka tayansa, boshqasiniki asosan mehnatga tayanadi. Masalan, Norve-giya, Quvayt, Saudiya Arabistonining iqtisodiy gullab-yashnashiga asosiy hissa qo‘shgan omil ular tabiatining neftga boy bo‘lishidir. Aksincha, tabiiy resurslar kamyob bo‘lgan Yaponiya, Koreya Res-publikasi iqtisodiy rivojining asosiy omili mehnat, aniqrog‘i intel-lektual mehnat, ya’ni shaxsiy-insoniy omil bo‘ldi. Tabiiy resurs-larning turli mamlakatlar uchun ahamiyati ularning oz yoki ko‘p bo‘lishidadir. Bundan qat’iy nazar, ularning ishlatilishi mehnat vositalariga, ularni qo'llash usulining mukammalligiga bogiiqdir. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling