Agar real sektorda mahsulot va xizmatlarning aylanma haraka-ti yuz bersa, moliya sektorida shunga muvofiq ravishda pulning ay lanma harakati —oboroti hosil boMadi.
Biz bilamizki, pulning oboroti uning bir iqtisodiy subyekt-dan boshqa iqtisodiy subyektga o'tib turishini bildiradi, ya’ni pul xonadonlar, firmalar va davlat idoralari o‘rtasida aylanib yuradi, ya’ni pulning oldi-berdisi tashkil topadi. Real va moliya sektori-dagi oborotning qandayligini quyidagi chizmadan ko‘rsak bo‘ladi (19.1-rasm).
1 9 . 1-rasm. Real va pul sektorlari
Bunda ham real, ham pul oborotida iqtisodiyot ishtirokchila-rining hammasi qatnashadi. Ular bir-biriga resurslar yoki tovarlar berib, ularning pulini oladi va uni qaytadan oborotga qo‘yadi.
Moliya sektori real sektorga bog‘liq bo‘lgani holda u nisbiy mustaqillikka ega, shu ma’noda u avtonomdir. Moliya sektoridagi pul resurslari talabdan ortiqcha boiib zaxira hosU qilishi va vaq-tincha oborotga kirmay turishi ham mumkin. Pulga qo‘shimcha talab paydo bo'lganda u zaxiradan chiqib oborotga kiradi va real sek torga xizmat qiladi.
Pulga talabning qondirilishi real sektordagi ishlab chiqarishni kengaytiradi, bu yerdagi oborotni tezlashtiradi, chunki qo‘shimcha pul tufayli ishlab chiqarish o‘sadi. Real va moliya sektorlari o‘rtasida nomuvofiqlik bo'lganda inflatsiya, moliya krizisi singari ko'ngUsiz hodisalar yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |