Oliyvao rtamaxsus ta’lim vazirlich karimjon Rahimqulov


Icpn, Teshiktosh), Toshkent (Sirdaryo bo‘ylari va uning atroflari, 11


Download 3.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/68
Sana18.11.2023
Hajmi3.86 Mb.
#1783697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
Milliy harakatli o\'yinlar. Rahumqulov K

Icpn, Teshiktosh), Toshkent (Sirdaryo bo‘ylari va uning atroflari,
11


Qurama tizma tog‘lari, Chotqol tog‘ etaklari) va boshqa viloyatlarda 
o‘tkazilgan qazilma ishlarida harakatli o‘yinlami tasvirlovchi ashyo- 
lar topilgan. Shuningdek, toshlarga o ‘yib chizilgan shakllar va 
rasmlarda ov qilish, ov qurollari, hayvonlar bilan olishish, parran- 
dalar va hayvonlami qo‘lg ao ‘rgatish kabi holatlar qadimgi ajdod- 
larimiz davridagi harakatli o‘yinlardan dalolat beradi.
Hozirgi davrda xalqimiz orasida mashhur boMgan milliy oLyin- 
lardan kurash, ko‘pkari-uloq, poyga, dorbozlik, qilichbozlik, nayza 
uloqtirish, tosh ko‘tarish kabilar eng qadimgi harakatli (murakkab) 
o ‘yinlar hisoblanadi. Ulaming kelib chiqish va taraqqiy qilish 
jarayonlari haqida manbalar juda ко‘p.
Bundan uch ming yil awal yaratilgan «Avesto» kitobida yoshlar 
va keksalaming salomatligini yaxshilash, uzoq umr ko'rish maqsa- 
dida turli vositalar hamda usullardan foydalanish yo‘llari ifoda 
etilgan. Bunda tozalikka e’tiborberish, to'g'ri ovqatlanish, dam 
olish, uyqu kabi hayotiy ehtiyojlarga alohida e’tibor berilgan. Shuning­
dek, sof havoda sayr qilish, terlab m ehnat qilish, tana (gavda) 
a’zolarini harakatlantiruvchi va chiniqtiruvchi amallar (mashqlar, 
o ‘yinlar)ni muntazam ravishda bajarib borish ko‘rsatilgan.
«Hadislar»da dangasalik, turli kasalliklar va nojo£ya harakat- 
laming oldini olishda har bir mo‘min-musulmon jismoniy mehnat 
qilishi, turli harakatli o ‘yinlami bajarish, a ’zolarni toza tutish 
zarurligi uqtiriladi. Bulami eslatishdan maqsad shuki, turli xil 
harakatli o‘yinlar kiyinish, tozalikka e’tiborberish, o‘yinlarda halol 
qatnashish, so‘ngra yuvinib taranishni talab etadi. Demak, milliy 
harakatli o ‘yinlarning mazmun va maqsadida jismoniy sifatlarni 
o ‘stirish, insoniy fazilatlarga rioya qilish kabi ijobiy xususiyatlar 
mujassamlashgan.
12


«Alpomish» dostonidagi pahlavonlik, jasurlik, merganlik, 
chavondozlik kabi xislatlar Alpomish va Barchinoy timsollarida 
yuqori ko‘tarinki ruhda tasvirlangan.
Alpomishning yoshlik davrlarida bobosidan qolgan yoyni 
(to‘qson botmon) ko‘tarib turishi faqat alplar avlodi ekanligidan 
dalolatgina bo‘lib qolmasdan, balki qir-adirlarda mol boqib, ot 
choptirib, kurashib yurganligining ham mahsulidir.
Ayniqsa, Barchinoy qo‘ygan shartlami (kurash, otda poyga, 
yoydan o ‘q otish, merganlik — ming qadamdan tangani urish) 
bajarishda to ‘qson alpning sardori ko‘kaldoshni yenggani afsona 
bo‘lsa-da, uning negizida qandaydir haqiqatlar yotadi. Ya’ni qadim 
zamonlarda Surxon o ‘lkasida Boboxon tog‘lari orasida yashab, 
pahlavonlikni mashq qilgan yigit-qizlar ko‘p o ‘tgan. Ularning 
avlodlari hozirgi kunda ham kurashda jahon chempionlari unvoniga 
sazovor bo‘lmoqdalar.
Ana shu xususiyatlar e’tiborga olinib, yurtboshimiz va huku- 
matimiz tom onidan xalq milliy o'yinlarini zamonaviy ruhda 
o‘tkazishga keng yo‘l ochib berildi.
Jizzax (1995—1996) va Termizda (1998) xalq milliy o‘yinlariga 
bag‘ishlab ilk bor «Alpomish o ‘yinlari» respublika festivallarining 
o'tkazilib, ularda kurash, ko‘pkari-uloq, poyga kabi murakkab 
harakatli o ‘yinlar hamda «Bo‘ron», «Shuvoq», «To'qqiz tosh», 
«Orqang kuydi», bilak kuchini sinash, arqon tortishish kabi milliy 
harakatli 
o ‘y m la r 
namoyish etildi.
M a’lumki, barcha jabhalarda xotin-qizlar faoliyati diqqat 
rnarkazida turadi. Xalq milliy o‘yini sifatida «To‘maris o ‘yinlari» 
Respublika festivali 1999-yil Jizzaxda katta tantana bilan o‘tkazildi. 
Navbatdagi festivallar Shahrisabz, Guliston, Namangan shahar- 
Inrida tashkil etildi.
13


M uhim tomoni shundaki, mazkur festivallarda o ‘zbek xalqi- 
ning milliy madaniyati, mehnatsevarligi, nehr-oqibati tarannum 
etildi.
Har yili o ‘tkaziladigan Navro‘z, Mustaqillik kuniga bag‘ishlan- 
gan ommaviy-madaniy sport tadbirlarida sport turlari qatorida 
milliy harakatli o‘yinlardan namunalar namoyish qilinmoqda.
Mamlakatda uzluksiz ta ’limning tarkibiy qismi sifatida ko‘p 
bosqichli sport musobaqalari — «Umid nihollari», «Barkamol 
avlod», «Universiada» o'tkazish an’anaga aylandi. Ulaming das- 
turlarida, ayniqsa Universiadaning ochilish va yopilish marosim- 
laridan milliy harakatli o'yinlar ham haqli ravishda o‘rin olmoqda.
0 ‘zbekxalq milliy harakatli o'yinlarining mohiyati, ulaming 
turlari va qo‘llanish usullari haqida anchagina ilmiy maqolalar, 
to ‘plamlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etildi.
1991—2006-уШаг davomida o‘tkazilgan respublika va xalqaro 
ilmiy anjumanlar to ‘plamlarida yangi o‘yinlar yoritildi. Shu bilan 
bir qatorda milliy harakatli o ‘yinlami o ‘quv jarayonlariga ko‘proq 
kiritish masalalariga e’tibor kuchaydi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida ta ’lim olayotgan talabalar 
va o ‘quvchi-yoshlar o ‘quv jarayonlariga milliy harakatli o'yinlami 
chuqurroq singdirish yo ‘lga qo ‘yilmoqda.
Mazkur muammolar bo‘yicha yo‘lboshchilik qilayotgan muta- 
xassis olimlar joylarda yetarlicha ko‘paydi. Bu o ‘rinda, J.T.Tosh- 
polatov, 0 ‘.N.Ibrohimov, Q.Alimov (Termiz DU), A.Q.Atoyev, 
XABotirov (Buxoro DU), H.T.Rafiyev, RAQosimova, J.E.Eshna- 
zarov(SamDU), HAMeliyev, B.Bo‘riboyev, O.Muqimov (JizDPI) 
kabilaming ilmiy-ijodiy va tashkilotchilik faoliyatlari e’tiborga sazo- 
vardir. Shuningdek, R.Abdumalikov, R.Salomov, O.O.Po‘latov
14


(O 'zD JT I), K .M .M ahkam jonov (T D P U ), A .Sh.Q osim ov, 
I .Xo'jayev (Toshkent viloyat malaka oshirish instituti) kabHaming 
ilmiy-ommabop risolalari, maqolalari ham maqsadga qaratilganligi 
bilan e ’tiboiga molik.
Mazkur o ‘quv qo‘llanmaning so‘nggi bobi (amaliy mashg‘u- 
lotlar) iste’dodli mutaxassis olim T.S.Usmonxo‘jayevnmg nashr 
ishlari asosida tayyorlandi.
T.S.Usmonxo‘jayev dastlabki ilmiy-izlanish faoliyatini harakatli 
o‘yinlarga bag‘ishlagan bo‘lib, shu o ‘rinda H.Tojiboyev bilan ham- 
korlikda 1963-yilda «Harakatli o ‘yinlar» to ‘plamini nashrdan chi- 
qarishga muyassar bo‘lgan. Uning keyingi davrlardagi ilmiy-peda- 
gogik faoliyati boshqa muammolarga qaratilgan bo‘lsa-da, u hara­
katli o‘yinlami to‘plashni davom ettirdi. Natijada «1001 o‘yin» (1991), 
«Milliy harakatli o ‘yinlar» to ‘plamlarini tayyorlab, respublikadagi 
ko‘p mingli mutaxassislaming mushkulini osonlashtirdi.
E’tiborli jihati shundaki, «Milliy harakatli o‘yinlar» to ‘plami 
500 ga yaqin o'yinlar haqidagi m a’lumotlarni o‘z ichiga olgan. 
Ularning tarkibida 100 dan ortiq o ‘zbek xalq milliy harakatli 
o'yinlarimng borligi quvonchli hodisadir. Lekin aytish joizki
o'yinlaming aksariyat qismi maktab o £quvchilarigagina qaratilgan. 
Slniningdek, xalq iste’molida bo‘lgan «Poda to ‘p», «Eshak mindi», 
«Quloq cho‘zma», «Piyoda poyga», «Oqsuyak», «Bo‘ta soldi» kabi 
sol'milliy harakatli o ‘yinlar e ’tibordan chetda qolib ketgan. Shu 
sababdan, «Milliy harakatli o ‘yinlar» fanini o'qitish jarayonida 
lalabalarga yangi o ‘yinlarni izlab topish, ulam i qayd qilib olish 
kabi vazifalartopshirilishizarur. Shuningdek, dasturga kiritilmagan 
milliy harakatlami ham izchil o ‘rganish va bo‘lajak mutaxassislaiga 
tauishtirish maqsadga muvofiqdir.
15


Xulosa sifatida aytish mumkinki, o‘zbek xalq milliy harakatli 
o‘yinlari ijtimoiy-tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga egadir. 
Ulam i o ‘quv yurtlarida kengroq o ‘rgatish, aholi turar joylarida 
maxsus o‘yinlar tashkil etish lozim bo‘ladi. «Chillik», «Podato‘p», 
«Oq suyak» kabi o ‘yinlarning mazmun va mohiyati jihatidan o ‘ta 
zarurligi, hamda ba’zi sport turlaridan ustun turishini chuqurroq 
o ‘rganish, ulami sport darajasiga ko‘tarish yo‘llaiini izlash kerak.

Download 3.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling