Oliyvao rtamaxsus ta’lim vazirlich karimjon Rahimqulov
Download 3.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy harakatli o\'yinlar. Rahumqulov K
«Qo‘riqchi»
0 ‘yin uchun diametri sakkiz qadam keladigan doira chiziladi. Latta yoki jundan dumaloq shaklda qo‘lga sig‘adigan qilib kichik koptokcha tikiladi. Uncha katta bo‘lmagan sakkizta yassi tosh tanlanadi, tosh boMmasa keglidan foydalansa ham bo‘ladi. Yassi toshlar doira o'rtasiga (to‘rttadan) tashlab qo‘yiladi. 0 ‘yinda ishti- rok etuvchi qizlar doira ichida ashula aytib aylanib yuradilar. Qo‘riqchi shunday deydi: Omon yor aylasangchi-yo, omon yor, Belingni boylasangchi-yo, omon yor, Dadang ishdan kelsachi-yo, omon yor, Ko‘k choyni damlasangchi-yo, omon yor. Ashula tugashi bilan doira ichidagilar chiqib ketishlari kerak. Ikki o'quvchi tezlik bilan toshlarni terib ikki yerga tikishga harakat qiladilar. Toshni birinchi tikkan o'quvchi tezlik bilan doiradan chiqib ketadi. Doira ichida qolgan o‘yinchi qolgan toshlarni tikib, ulami himoya qilishga qoladi. Doira tashqarisida qolgan o'yinchilar toshni kichik koptokcha bilan urib yiqitishga harakat qiladilar. Ular buni tez bajarsalar, yutgan hisoblanadilar. Yutqazgan o'yinchi ashula aytib yoki o‘yinga tushib beradi. Doira ichidagi toshlaming hammasi urib yiqitilgach, o'yin yana yangidan boshlanadi. «Podachi» Bu o‘yin uchun diametri to'rt qadam keladigan doira chiziladi. Doirada uchta o'yinchi qo‘lida chim xokkeyi tayog'iga o'xshab yaasalgan tayoqlar bilan turadilar. Doira tashqarisida hujumchilar 133 ham uch joyda turadilar. Doiraning o‘rtasida yog‘ochdan yasalgan, balandligi 5—6 sm keladigan nishonlar doiraning markaziga o'ralig'i 10—15 sm qilib turg'azib qo‘yiladi. Doiradan 1 metr tashqarida hujumchilar to £pni bir-birlariga tez oshira turib, doira ichidagi himoyachilami chalg‘itib, qulay fursatni topib doira o‘rtasidagi nishonlarni birin-ketin urib yiqitishga kirishadilar. Himoyachilar doiradan chiqib ketmasliklari kerak. Himoyadagi o‘yinchilarning tayog£i hujumchilar tayog'iga tegib ketsa, himoya- chi doira chizig£idan tashqariga chiqib ketsa jarima belgilanadi. Hujumdagi o ‘yinchilaming tayog'i yuqori ko£tarilishi bilan o‘yin boshlandi deb hisoblanadi. Himoyachilar doira chizig£iga koptokni qo£yib zarb bilan uni tashqariga uzoqroqqa urib chiqa- radilar. Ko‘p marta xavfli harakat qilgan o'yinchi o£yindan chiqib turadi. 0 ‘yinda komandalarning qaysi biri nishonlarni tez vaqt ichida koptok bilan urib yiqitsa, shu komanda g‘olib deb hisob lanadi. 0 ‘yinchilaming roziligi bilan o ‘rinlar almashtirilib, o'yinni davom ettirish mumkin. Download 3.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling