O`lkashunoslik turlari Tarixiy o`lkashunoslikning rivojlanishi
O`lkashunoslikning asosiy manbalari
Download 106 Kb.
|
Tarixiy o’lkashunoslikning
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
6. O`lkashunoslikning asosiy manbalari
O`lkashunoslik besh asosiy manbaga: arxeologiya, etnografiya, toponimika va arxiv hujjatlari xamda muzey materiallariga tayanib ish tutadi. Qishloq, rayon, shahar yoki viloyat hududining tarixini o`rganishda shu manbalardan birontasi ham diqqat-e`tibordan chetda qolmasligi lozim, busiz o`lka tarixini mukammal o`rganib bo`lmaydi. O`sha besh manbadan biri bo`lgan arxeologiya to`g`risida gap borganda, avvalo maktab tarixi kursining qaysi qismida, qaysi sinfda va qanday qilib, qachon arxeologiyaga oid materiallardan foydalanish mumkin degan savolga javob berish kerak bo`ladi. CHunonchi, V sinf tarixi kursida O`zbekiston xalqlarining eng qadimgi ibtidoiy jamoa davri: odamlar to`da holda yashagan davr, ona urug`i (patriarxat) davri, ona urug`ining rivojlanishi, kaltaminorliklar chaylasi, ota urug`i (patriarxat) davri, temirning tarqalishi, sug`orishning kelib chiqishi davridan boshlab, quldorlik jamiyati, feodalizm davri, nihoyat XVIII asrning ikkinchi yarmida feodalizmning emirilishi va kapitalistik munosabatlarning rivojlanishigacha bo`lgan juda katta tarixiy davr o`z ifodasini topgan. Demak, bu kursda ayrim mavhum tarixiy tushunchalar haqida o`quvchilar ma`lum tasavvur hosil qilishida, tarixiy faktlarni ishonarli qilib tushuntirishda arxeologiyaga oid materiallardan o`rinli foydalanish juda muhimdir. O`quv qo`llanmada «Ibtidoiy jamoa davri» qisqa berilganligi tufayli so`nggi yillarda yaratilgan ba`zi asarlar hamda turli ilmiy adabiyotlardagi xulosalar asosida O`zbekistonda ibtidoiy jamoa davrini quyidagi mayda davrlarga bo`lib o`rganish mumkin: 1. Ibtidoiy to`da davri. 2. Ona urug`i (matriarxat) davri. 3. Ona urug`ining rivojlanishi. 4. Kaltaminorliklar chaylasi. 5. Ota urug`i (patriarxat) davri, temirning topilishi va xo`jalikda iiglatila boshlanishi davri. 6. Sun`iy sug`orishning kelib chiqishi hamda quldorlik jamiyati va nihoyat, feodalizm davri O`zbekiston misolida besh manba — avval arxeologiya, etnografiya, toponimika, arxiv hujjatlari, so`ng muzey eksponatlari orqali tartibli ravishda bayon qilinadi. Foydalanilgan adabiyotlar: Karimov I.A. Vatan sajdagox kabi muqaddasdir. Toshkent «O`zbekiston 1996 yil.» Artsixovskiy A B.«Arxeololgiya asoslari» Toshkent «O`qituvchi» 1970yil. Nabiev A. «Tarixiy o`lkashunoslik» Toshkent «O`qituvchi» !996 yil. Sa`diev A. «XIX asrda Turkistonda tarix fani» Toshkent 1960 yil G`ulomov YA.G. «O`zbekistonda arxeologiya» Toshkent 1956 yil. Download 106 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling