«olmazor kichik sanoat zonasi» aksiyadorlik jamiyati divident siyosati to‘G‘risidagi nizomi
II. DIVIDENDLAR MIQDORINI ANIQLASh VA HISOBLASh TARTIBI
Download 20.33 Kb.
|
1.2.8-DIVIDENT-SIYoSATI-TO‘G‘RISIDAGI
II. DIVIDENDLAR MIQDORINI ANIQLASh VA HISOBLASh TARTIBI
10. Jamiyat moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi, to‘qqiz oyi yakunlari bo‘yicha va (yoki) moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha divident berish xaqida qarorlar qabul qilish (e’lon qilish) huquqiga yega, 8-bandda ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno. Moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi va to‘qqiz oyi natijalariga ko‘ra dividendlarni to‘lash (e’lon qilish) to‘g‘risidagi qaror tegishli davr tugaganidan keyin uch oy ichida qabul qilinishi mumkin. Dividendlar Jamiyatning ixtiyorida qolgan sof foydasidan va (yoki) o‘tgan yillardagi taqsimlanmagan daromadidan to‘lanadi. Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar Jamiyatning ushbu maqsad uchun maxsus ajratilgan mablag‘lari hisobidan ham to‘lanishi mumkin. Shu bilan birga, dividendlarni o‘z vaqtida to‘lash va dividendlarni to‘lash uchun muomaladan mablag‘ olib qo‘yilishi sababli Jamiyatning moliyaviy ahvoli yomonlashishining oldini olish maqsadida Jamiyat, foydasi hisobiga qoplanmagan debitorlik qarzlari uchun Jamiyat zaxirasini yaratadi. 11. Jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi har bir toifadagi Aksiyalar bo‘yicha dividendlarni to‘lash (e’lon qilish) to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Jamiyatning Kuzatuv Kengashi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga aksiyalar bo‘yicha dividendlar miqdori va ularni to‘lash tartibi to‘g‘risida tavsiyalar kiritadi. Dividendlar miqdori Kuzatuv Kengashi tomonidan tavsiya etilgan miqdordan oshmasligi kerak. 12. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining dividendlarni to‘lash (e’lon qilish) to‘g‘risidagi qarori bilan aniqlanadi: * dividendlar to‘lanadigan (e’lon qilinadigan) aksiyalar toifasi (turi); * muayyan turdagi bir aksiyaga to‘lanadigan dividend miqdori; * dividendlarni to‘lash muddati, tartibi va vaqtlari. Shu bilan birga, qonunda belgilangan hollarda va oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlarni qonunda belgilangan muddatlarda to‘liq to‘lay olmasligi, Jamiyat tomonidan dividendlarni hisoblash (to‘lash) to‘g‘risida qaror qabul qilishiga haqli yemas. 13. Aksiyadorlar yig‘ilishiga tavsiya etilgan aksiyalar bo‘yicha dividendlar miqdori Kuzatuv Kengashi tomonidan quyidagi omillar asosida belgilanadi: * moliyaviy hisobotga muvofiq sof foyda miqdori, uning ishonchliligi auditor hisoboti bilan tasdiqlanganda; * Jamiyatning keyingi davrlar uchun moliyaviy-iqtisodiy rejalari; * tegishli davr oxiriga Jamiyatning aylanma mablag‘lari tarkibi; * tegishli davr oxirida Jamiyatning qarz yuki. 14. Tavsiya etiladigan dividendlar miqdorini aniqlashda Kuzatuv Kengashi Jamiyatning keyingi davrlar uchun moliyaviy-iqtisodiy rejalarini, Jamiyatning aylanma mablag‘lari va majburiyatlarining joriy va istiqbolli holatini hisobga olishi kerak. Kuzatuv Kengashi tomonidan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishiga tavsiya etilgan dividendlarni to‘lash Jamiyat tomonidan keyingi davrlar uchun tasdiqlangan moliyaviy-iqtisodiy rejada nazarda tutilmagan qo‘shimcha qarzlarni moliyalashtirish yoki boshqa xarajatlarni jalb qilishga olib kelmasligi kerak. Download 20.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling