Olmosh so’z turkumi
Download 101.21 Kb.
|
olmoshning xususiyati va turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. So’roq olmoshlari
- 5. Belgilash-jamlash olmoshlari
- 6. Bo’lishsizlik olmoshlari
- 7. Gumon olmoshlari
4. So’roq olmoshlari: kim?, nima?, qanday?, qanaqa?, qachon?, qaysi?, qancha?, necha?, qaer?, nega?, qalay?. So’roq olmoshlari shaxsga (kim?), narsa buyumga (nima?), belgiga (qanday?, qanaqa?, qaysi?), miqdorga (necha?, qancha?), vaqtga (qachon?), maqsad va sababga (nega?, nimaga?), o’ringa (qani?) munosabat bildiradi. Badiiy asarlarda nechuk, ne, na so’roq olmoshlari ishlatiladi.
5. Belgilash-jamlash olmoshlari: har kim, har, har nima, har qanday, har qaysi, har bir; hamma, bari, jami, barcha, butun, yalpi. Belgilash olmoshlari gapda ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi va hol bo’lib keladi.
6. Bo’lishsizlik olmoshlari: hech kim, hech qanday, hech nima, hech qaysi. Bu olmoshlar ot, sifat, son kabi so’z turkumlari anglatgan ma’no haqidagi inkorni bildiradi. Ma’no jihatdan belgilash olmoshlariga zid. Bo’lishsizlik olmoshi ot vazifasida keladi.
7. Gumon olmoshlari: allakim, allaqanday, allaqaysi, kimdir, nimadir, allanima, allaqachon, allaqanaqa. Gumon olmoshlari predmet, belgi yoki hodisa haqidagi noaniq tasavvurni bildirib, ularga umumiy va taxminli ishora qiladi. Gumon olmoshlari ot, sifat xarakterida bo’ladi.
Download 101.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling