Olmosh so'z turkumi


Download 17.61 Kb.
Sana04.05.2023
Hajmi17.61 Kb.
#1424128
Bog'liq
Olmosh so\'z turkumi va uning tasnifi


OLMOSH SO'Z TURKUMI
〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰
📚 OLMOSH so'z turkumi.
🔎 Olmosh boshqa so'zlar, shuningdek so'z birikmasi va gap o'rnida ishlatilib, ularga ishora qiluvchi yoki so'roq bildiruvchi so'zlardir. Olmoshlar ot , sifat, son ba'zan fe'l va yordamchi so'zlar o'rnida almashtirib qo'llaniladi.
📍Olmoshlarning atash ma'nosi bo'lmaydi. Shuning uchun ular " ichi bo'sh so'zlar " deyiladi.
📘 Olmoshlarning morfologik usul ( so'z yasovchi qo'shimchalar qo'shib so'z yasash ) orqali boshqa turkumlardan yasalmaydi.
Olmoshlar boshqa so'zlarning yasalishiga asos bo'lib xizmat qilishi mumkin. M: 
O'zboshimcha, o'zbilarmon, manman - sifat;
O'zidan ketmoq, o'ziga kelmoq - ibora;
Sizlamoq, sensiramoq - fe'l.

〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰
Olmoshlar quyidagi turlarga bo'linadi :
1⃣ Ko'rsatish olmoshlari.
2⃣ Kishilik olmoshlari.
3⃣ O'zlik olmoshi.
4⃣ So'roq olmoshi.
5⃣ Belgilash olmoshi.
6⃣ Gumon olmoshi.
7⃣ Bo'lishsizlik olmoshi.

〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰
🔎 Ko'rsatish olmoshi - oldindagi gap, gapdagi biron-bir so'z , so'z birikmasi o'rnida qo'llanilib, unga ishora qiluvchi yoki biror so'zni aniqlab keluvchi olmoshlar. So'z ma'nosini aniqlab keluvchi olmoshlar o'zi aniqlayotgan so'zdan oldin qo'llaniladi. Ko'rsatish olmoshlariga quyidagilar kiradi : bu , shu , o'sha, u, ana , mana...
🔎 Yozuvda mana bu, mana shu , ana u, ana shu olmoshlari ajiratib yoziladi. Ba'zan bu olmoshlar og'zaki nutqda manavi, anavi tarzida talaffuz qilinishi va shunday yozilishi mumkin.
🔎 Egalik, kelishik hamda -day, -dek,- qa , - cha qo'shimchalari qo'shilganda asosda fonetik o'zgarish ( n tovushi orttirilishi )ga guvoh bo'lamiz. M:
Shu + day = shunday ;
U + ga = unga;
Bu + cha = buncha;
Bu + im = bunim;
O'sha + aqa = o'shanaqa...

🔎 Ko'rsatish olmoshlari tuzilishiga ko'ra 4 xil bo'ladi :


1) Sodda ko'rsatish olmoshi : shu , bu , o'sha, ana ....
2) Qo'shma ko'rsatish olmoshi : mana bu , ana u, ana shu ....
3) Juft ko'rsatish olmoshlari : ul-bul, u-bu...
4) Takror ko'rsatish olmoshlari : shu-shu, o'sha-o'sha.

📍ESLATMA:


Shu onda, shu tobda, u yoqqa , u yerda, bu yoqqa, bu yerda kabi so'zlar qo'shma ravishlardir. Ularning tarkibidagi olmoshlar ko'rsatish ma'nosida qaralmaydi.
〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰

U eshikdan kirishi bilan, Saidiy o'rnidan irg'ib turdi, bu xonadonga Ulfatdan o'zga kishining qadam bosmaganiga ancha vaqt bo'ldi. Mana shu sababdan Saidiy Ulfatni o'zgacha bir xursandchilik bilan kutib oldi, lekin o'sha pul voqeasi uni xayolini bir zum tinch quymasdi. 


Ushnu gapdagi ko'rsatish olmoshlarining soni, gapdagi vazifasi va qay usulda hosil qilinganini tushintiring? 

Javob: ushbu gapdagi ko'rsatish olmoshlarining soni 3 ta. 


Gapdagi vazifalari: bu(xonadon)-sifalovchi aniqlovchi, mana shu(sabab)-sifatlovchi aniqlovchi, o'sha(pul voqeasi)-sifalovchi aniqlovchi. Demak uchala ko'rsatish olmoshi ham gapda bir xil sintaktik vazifa bajargan. 
Hosil qilinishi: "bu" va "o'sha" olmoshlari sodda usulda, "mana shu" olmoshi qo'shma usulda hosil qilingan.
Download 17.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling