Oltin bitiglar 2019 pdf


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/91
Sana04.10.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1691746
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   91
Bog'liq
sh.amonov oltin bitigl 2020 1 2

34
Shermuhammad AMANOV


adabiy an’analarni davom ettirish odatiy holga aylangan. Ma’lumki, 
o‘tgan asr boshlarida yurtimizda va, ayniqsa, Xorazmda Mir Alisher 
Navoiy asarlarining qayta-qayta chop etilishi, madaniy hayot rivojida 
katta ta’sir ko‘rsatgan, adabiy jarayonni sifat jihatidan boyitgan. Bu 
hol hazrat Navoiy ijodidan ta’sirlanishning birinchi sababi bo‘lsa 
ajab emas. Ammo Tabibiy ijodda Navoiy kabi badiiy mukammal 
asarlar yaratishga muntazam harakat qilgan. Shuningdek, shoir o‘z 
asarlarini hazrat Navoiy asarlarida ilgari surilgan haqiqat va adolat, 
xalqparvarlik, insonparvarlik g‘oyalari bilan hamohang yaratdi. 
Ehtimol shundandir, boshqa ijodkorlar kabi Tabibiy ham ijodda 
hazrat Navoiyga ergashdi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, Tabibiy umrining so‘nggi yillarida 
besh devon tartib bergan. Bu devonlarning ayrimlari toshbosmada 
chop etilgan. Shoir devonlarining to‘liq matniy tadqiqi amalga 
oshirilmagan esa-da, Tabibiy lirik asarlarining aksariyati shaklan 
va mazmunan hazrat Mir Alisher Navoiy asarlariga o‘xshatmalar 
tarzida yozilganini kuzatish mumkin. Shuning barobarida, shoirning 
Sa’diy, Jomiy, Zebunniso va Mirzo G‘olib she’rlariga fors-tojik tilida 
muxammaslar bog‘lagani ma’lum. Shoir ijodini kuzatar ekanmiz, 
uning ijodida ishq-muhabbat, haqiqat va adolat, sadoqat yetakchilik 
qiladi. Biroq uning ilm-ma’rifatni ulug‘lovchi ijod namunalari ham 
borki, bu turkum asarlar Muqimiy, Furqat asarlariga mazmunan juda 
yaqin turadi [Tabibiy 1978, 46-47]. 
Tabibiyning dostonnavislik faoliyati
Tabibiy o‘zining “Vomiq va Azro”, “Yetti ravza”, “Nozir va 
Manzur” asarlari bilan o‘zbek dostonchiligi rivojiga hissa qo‘shdi. 
Shoirning bu asarlarida ham sevgi-muhabbat, Vatanga, yorga, 
do‘stga sadoqat, o‘zaro ishonch, davlat va jamiyatda adolatlilik
ilm-ma’rifat, odob-axloq, tarbiya, sabr-qanoat, xalqlar do‘stligi 
kabi yuksak insoniy fazilatlar tarannum etiladi. Tabibiy dostonlari 
matni bilan tanishish beixtiyor Alisher Navoiyning “Lisonu-t-
tayr”, “Mahbubu-l-qulub” asarlarini yodga tushiradi. Ayniqsa, shoir 
dostonlari Navoiy “Xamsa”si tarkibidagi dostonlarning mantiqiy 
davomi sifatida tasavvur uyg‘otadi. Negaki, ushbu dostonlar matnida 
Navoiy “Xamsa”sidan aynan misollar keltirilgan o‘rinlarni uchratish 
mumkin. 
Jumladan, shoir Navoiyning ilmga bo‘lgan munosabatini 
o‘zining “Yetti ravza” dostonida mantiqiy davom ettiradi. Asar (“Yetti 
ravza”)ning ikkinchi bobi ilm-ma’rifat masalalariga bag‘ishlanib, 
bunda shoir inson doimo ilm-ma’rifat egallashga jid-du jahd qilishi 
35
Ahmad Tabibiy ijodi va uning “Munisu-l-ushshoq” devoni nusxalari


kerakligi, ilmli kishi izzat-ikrom topishi haqida qarashlarini bayon 
etadi. Bob yakunida Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi ilm-ma’rifat 
tarannum etilgan “Imom Faxr Roziy bila Sulton Muhammad 
Xorazmshoh” haqidagi hikoyat aynan keltiriladi. Asarning uchinchi 
ravzasida shoir ta’magirlikning insonga keltiradigan zarari va 
qanoatning foydasi haqida fikr yuritib, bob yakunida Alisher Navoiy 
“Xamsa”sidagi ta’magir va qanoatli kishi haqidagi hikoyatni aynan 
keltirgan [Tabibiy 1978, 53]. 
Ahmad Tabibiyning “Vomiq va Azro” dostoni beixtiyor 
Navoiy “Xamsa”si tarkibidagi “Layli va Majnun”, “Farhod va 
Shirin” dostonlarini yodga soladi. Dostonda Tabibiy keltirgan 
Mehinbonu obrazi dono, oqila va maslahatgo‘yligi bilan Navoiyning 
Mehinbonusiga aynan o‘xshab ketadi. Shuningdek, dostonning ifoda 
uslubi ham “Farhod va Shirin” dostoni uslubi bilan deyarli bir xil. 

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling