Oltin o‘rdadagi madaniy va adabiy hayot. Reja: Oltin o‘rdadagi madaniy hayot
Atoyi hayoti va ijodining manbalari, o‘rganilishi
Download 0.93 Mb.
|
1-15 ONA TILI BOYSUN
Atoyi hayoti va ijodining manbalari, o‘rganilishi.
Reja: Atoyi hayoti va ijodi Atoyi hayoti va ijodining manbalari Atoiyning tug'ilgan yili hali hamon noma'lumligicha qoldi. Atoiy (15-asr, Balx) – turkiy shoir. Yassaviy avlodidan. Samarqand, Buxoro va Balxda yashagan. Turkiy, fors va arab adabiyotlarini chuqur oʻrgangan. Turkiy va fors tillarida ijod qilgan. Navoiy "Majolis un-nafois" asarida A. hayoti va ijodi haqida toʻxtalib: "Mavlono Atoiy Balxda boʻlur erdi. Ismoil ota farzandlaridindur, darveshvash va xushxulq, munbasit (ochiq chehrali) kishi erdi. Oʻz zamonida she’ri atrok (turkiy tilda soʻzlovchilar) orasida koʻp shuhrat tutti. Bu matla’ aningdurkim: Ul sanamkim suv yaqosinda paritek oʻlturur, Gʻoyati nozuklukindin suv bila yutsa boʻlur... Mavlono koʻp turkona (sodda, ravon) aytur erdi...", - deydi. Navoiy "Nasoyim ul-mahabbat min shamoyim ul-futuvvat" ("Muhabbat shabadalari") asarida Ismoil ota Ahmad Yassaviyning inisi Ibrohim otaning oʻgʻli ekanini aytadi. A. devonining muqovasida va qoʻlyozmaning oxirida "Devoni Shayxzoda Atoyi" deb qayd etilishi ham A.ni shayxlar oilasidan kelib chiqqan deyishga asos beradi. Navoiyning xabar berishicha, A. Ulugʻbek saroyi shoirlari orasida ham boʻlgan. A. gʻazalnavis – lirik shoirdir. Uning gʻazallarida muhabbat mavzusi bilan bir qatorda may ham kuylanadi. Mayda hayot zavqi, uning barcha goʻzalliklari va lazzatlari vasf etiladi. May A.da Umar Xayyom ruboiylari va Hofiz gʻazallaridagi kabi hayot timsolidir. A. lirikasida xalq iboralari, ta’birlar, maqol va matallar, ertak mavzulariga oid soʻzlar koʻp. Gʻazallarini, asosan, aruzning ramal bahrida yozgan; vazni yengil, misralari qisqa, soʻzlari oddiy, uslubi sodda va ravon. Shuning uchun ham uning she’rlari xalq qoʻshiqlariga aylanib ketgan. A. tajohuli orifona, laf va nashr kabi tasvir vosita va usullari ham yaratgan. Shoir ijodi bizgacha toʻla yetib kelmagan. Devonining taxminan 16-asrda koʻchirilgan, 260 gʻazalni oʻz ichiga olgan qoʻlyozma nusxasi Sankt-Peterburgda saqlanadi. Navoiyning bu ma’lumotidan aniqlanadiki, Atoiy naslu nasab jihatidan bir-ikki avlod orqali Ahmad Yassaviyga yaqin turgan. Mashhur shayxlar-otalar avlodidan boʻlgani uchun oʻziga «Atoiy» taxallusini tanlagan. Ma’lumotlarga koʻra, Atoiy Balx, shuningdek, Hirot va Samarqandda uch temuriy shahzodalar-Mirzo Shohruhning oʻgʻli Muhammad Joʻqiy, Ulugʻbekning oʻgʻli Abdullatif, Boysunqur Mirzoning oʻgʻli Alouddavlalar davrida yashagan. Umuman, Atoiy ning, tarjimai holi xususida quyidagilarni xulosa tarzida bayon etish mumkin: Atoiy qaerda va qachon tugʻilganligi, asl ismi noma’lum. Uning nasl-nasabi mashhur shayxlar-Ismoil ota, Ibrohim ota, Ahmad Yassaviylarga borib taqaladi. Atoiy ning Samarqand, Toshkent, Turkiston shaharlarida yashaganligi, yashagan boʻlsa qancha muddat turganligi aniq emas. Atoiy ning taxallusi hozirda Atoiy , Atoiy, Otoyi, Otoiy tarzida har xil yozib kelinmoqda. Bularning qaysi toʻgʻri ekanligi matbuotda jiddiy munozaralarga olib keldi. Koʻplab bahslar, munozaralarga bu soʻzning oʻzagi, qoʻshimchalari haqida fikr yuritildi. Olimlarimiz Atoiy shaklida tadbiq etish va atash haqiqatga muvofiq deb hisoblamoqdalar. Atoiy gʻazallari devonda tartib bilan joylashtirilgan. Shoir lirik merosining umumiy hajmi 1718 bayt-3436 misrani tashkil etadi. 5 baytli gʻazallar -58 ta, olti baytli gʻazallar -6 ta, yetti baytli gʻazallar -187 ta, 9 baytli gʻazallar -8 ta, 11 baytli gʻazallar -1 ta. Atoiy gʻazallarining 109 tasi ramali musammani maqsur vaznida yozilgan. XV asr birinchi yarmida koʻplab shoirlar qatori Atoiy ham turkiy gʻazalchilikning rivojlanishiga munosib ulush qoʻshdi. Bu davrda ham gʻazal janri yetakchilik qildi. Shoir gʻazallari mavzu jihatdan rang-barang. Ularni quyidagicha tasniflash mumkin: Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling