Oltin o‘rdadagi madaniy va adabiy hayot
Lutfiy lirikasida badiiy san’atlar
Download 64.44 Kb.
|
1-15 ONA TILI BOYSUN
Lutfiy lirikasida badiiy san’atlarLutfiy hayoti va ijodini o‘rganish manbalari.Mavlono Lutfiyning tarjimai holiga doir ma`lumotlar oz. Uning hijriy hisobda 99 yosh yashagani, taxallusi Lutfiy ekani, Hirotdagi Dehikanorda vafot etgani Alisher Navoiy asarlaridan ma`lum. Ammo nomi, otasining ismi, shoirning tug’ilgan va vafot yillari aniq emas. Shuning uchun shoirning tug’ilgan va vafot etgan yillari, tug’ilgan joyi haqida har xil mulohazalar bor. O’quv adabiyotlarida Lutfiyning 1366-1465 yillarda yashaganligi, Dehi kanorda tug’ilganligi qayd etiladi. Ammo Alisher Navoiy "99 yosh yashadi" deganda hijriy hisobni nazarda tutgan. Binobarin, bu yillar to’g’ri bo’lishi mumkin emas. Akademik B.Valixo’jaev Alisher Navoiy asarlaridagi mavlono Lutfiy bilan bog’liq fikr va ma’lumotlarga tayangan holda shoirning tug’ilgan yilini hijriy 787- melodiy 1385 - 1386 yil, vafotini esa hijriy 886-melodiy 1482 - 1483 yil deb ko’rsatadilar. Biroq shoir shaxsiyati haqida ma’lumot beruvchi yangi manbalar aniqlanmaguncha bu ham taxmin bo’lib qolaveradi. Shayx Ahmad Taroziyning 1437-yilda yozilgan "Funun ul-balog’a" asari topilgach, Mavlono Lutfiyning tug’ilgan joyi haqida ham yangi fikrlar aytilmoqda. Zero unda Lutfiy Shoshiy (Toshkentlik) nisbasi bilan tilga olinadi. Shayx Ahmad Taroziyning 1437-yilda yozilgan "Funun ul-balog’a" asari topilgach, Mavlono Lutfiyning tug’ilgan joyi haqida ham yangi fikrlar aytilmoqda. Zero unda Lutfiy Shoshiy (Toshkentlik) nisbasi bilan tilga olinadi. Shunday qilib, Mavlono Lutfiy Sohibqiron Amir Temur davrida dunyoga kelib, avval maktabda savod chiqargach, madrasada tahsil olgan. So’ng esa Hirotda Shahobiddin Xiyoboniydan so’fiya tariqatidan saboq olgan. Shoirlik sohasidagi faoliyatini ham davom ettirib, XV asrning 20-yillarida ancha shuhrat qozonganidan Ulug’bek mirzo, Boysung’ur mirzolar uni hurmat qilganlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling