Oltin pul va qog’oz pul o’rtasidagi umumiylik va farqlarni ko’rsatib bering


Download 18.8 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi18.8 Kb.
#1261673
Bog'liq
oltin va qogoz pullar


XALQARO NORDIK UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI
Iqtisodiyotga kirish fanidan

TOPSHIRIQ


Bajardi: Mamasharipov Eldor
Guruh: 1-MEK-22

Toshkent 2023


26-variant
Oltin pul va qog’oz pul o’rtasidagi umumiylik va farqlarni ko’rsatib bering.
Qimmatbaho metallar umumekvivalent sifatida muomalaga kiritilishining dastlabki davrida pul har xil quyma shakldan (sim, plastinka, yumaloq va boshqa shakllar) iborat edi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi va mehnat taqsimotining taboro takomillashib borishi metall pullardan ma’lum shakl va miqdorga ega bo‘lgan tangalarni zarb qilish zaruriyatini keltirib chiqardi. Tarixiy manbalarga ko‘ra, dastlabki metall tangalar eramizdan avvalgi VII asrda Xitoy va Lidiya (Malaya Aziya) davlatlarida zarb etilgan.
Metall pullarning nominal qiymati haqiqatdagi qiymatiga teng bo‘lib, noyob qimmatbaho metalldan tayyorlanadi va pulning barcha funksiyalarini bajaradi.
E’tiborli jihati shundaki, muomalada haqiqiy pullar ayirboshlash vositasi vazifasini bajargan davrda iqtisodiyotda pul muomalasi avtomatik ravishda tartibga solinadi. Natijada, iqtisodiyotda pulning qadrsizlanishi, baholarning o‘sishi va inflyasiya holati kuzatilmaydi. Chunki qimmatbaho metallarning muomalada ortiqchalik holatining vujudga kelishi, ularni jamg‘arma va boylik sifatida saqlashga yo‘naltirilishi orqali bartaraf etiladi. Agar, muomalaga qo‘shimcha ayirboshlash qiymati zarur bo‘lsa, ular qiymat o‘lchovi, muomala va to‘lov vositasi sifatida qaytadan muomalaga chiqariladi.
Oltinning muomalada amal qilishi XX asrning 30 – 70 yillarida bekor qilindi, ya’ni oltin demonitizatsiyasi yuz berdi. Oltin ayirboshlash vositasi sifatida muomaladan chiqarilishining dastlabki davrida avval muomala va to‘lov vositasi funksiyasini, 1975 yildan so‘ng esa jahon puli funksiyasini to‘xtatdi. Ushbu vazifalarni ichki va jahon bozoriga oltinning o‘rniga kirib kelgan qog‘oz va kredit pullar egalladi.
Qiymatning qog‘oz – pul shakli. Dastlabki qog‘oz pullarni muomalaga chiqarilishi taxminan X asrning oxiri XI asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. SHu davrdan boshlab, muomaladagi oltin va kumush pullar o‘rnini qog‘oz pullar egallay boshladi. Muomalada oltin va kumush amal qilgan sharoitda ular bilan parallel ravishda to‘lov vositasi sifatida qog‘oz pullarni kirib kelishining sabablari sifatida quyidagilarni ta’kidlash lozim:

  • qimmatbaho metallarni olib yurish, saqlash va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan muammoli holatlarning vujudga kelishi;

  • oltin va kumush muomalada qo‘ldan qo‘lga o‘tishi natijasida edirilib, o‘zining dastlabki hajmi va xossasini yo‘qotishi;

  • qimmatbaho metallar zebu ziynat va boylik timsolida muomaladan chiqib ketishi;

  • iqtisodiy taraqqayotning yuqori darajada rivojlanishi natijasida tovar va xizmatlar massasining qimmatbaho metallar (oltin, kumush) massasiga nisbatan shiddat bilan ortib borishi.

Dastlab muomalaga chiqarilgan qog‘oz pullarning asosi oltin bilan ta’minlangan bo‘lib, ushbu pullar bilan birgalikda oltin tangalar ham muomalada ishtirok etgan.
Qog‘oz pullar mustaqil qiymatga ega bo‘lmasdan, ular davlatning qonuniy hujjatlari asosida mamlakatda to‘lov va muomala vositasi rolini bajaradi. SHuning uchun qog‘oz pullarning qiymati o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, u mamlakat ichki bozorida chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklif, milliy iqtisodiyotning barqarorligi hamda ijtimoiy – iqtisodiy holatlar ta’sirida o‘zgarib turadi. Bu uning sotib olish qobiliyatining mustahkamligi, inflyasiya darajasi va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarda namoyon bo‘ladi.


Qog’oz va kredit pullarning qadr qiymati va barqarorligi nima bilan belgilanadi ?


Qog‘oz – kredit pullar tizimi. Qog‘oz – kredit pullar tizimining evolyutsion
rivojlanishi, iqtisodiyotning globallashuvi va xalqaro mehnat taqsimotining
chuqurlashuvi sharoitida pul oborotini vaqtdan va moliyaviy jihatdan yanada
tejamliroq bo‘lishini, shuningdek, uni samaraliroq ishlashini ta’minlamoqda.
Agar dastlabki qog‘oz pullar taxminan X asrning oxiri XI asrning boshlarida
muomalaga chiqarila boshlangan bo‘lsa, 1930 yillarning oxiriga kelib ular
qatorida kredit pullari to‘lov hisob – kitob va pul aylanmalarini amalga
oshirishda ishtirok eta boshladi. Bu o‘z navbatida iqtisodiyotda pul – kredit
siyosatini amalga oshirish va pul muomalasini tashkil etishga ijobiy ta’sir
ko‘rsata boshladi.
Iqtisodiyotning rivojlangan hozirgi davrida pulning asosiy turlari banklarning
kredit biletlari (banknotlar), tangalar, pul cheklari, elektron–plastik
kartochkalar, hisob raqamlarda yozuvda aks ettirilgan pullar hisoblanadi.
Muomalaga pullarni emissiya qilish Markaziy bankka yuklatilgan. Markaziy
bank «banklarning banki» sifatida kredit resurslarini shakllantirish va ushbu
resurslarni naqd va naqd pulsiz ko‘rinishida muomalaga chiqarishi mumkin.
Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd pullar uning
majburiyati bo‘lib, tijorat banklari ushbu pullarni muomalada aylanishini
ta’minlaydi. Tijorat banklari qog‘oz – kredit pullarni Markaziy bankdagi
vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lari doirasida ishlatishi mumkin.
Download 18.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling